57
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Ota-onam boshqa million lab insonlar kabi,
topgan-tut ganlarini, umrlarini farzand larining
ta’limi uchun sarf qilganlar. Shu tufayli hozirgi
darajaga yetishdim.
Sundar Pichai
«Google»ning bo‘lajak rahbari yoshligidanoq ilmga chanqoqligi bilan
tengdoshlaridan ajralib turgan. U maktabda kamgap, ammo so‘zlari
ma’noga to‘la, uyatchan o‘quvchi bo‘lgan. Elektronika mahsulotlarini
«titkilash» uning uchun eng sevimli mashg‘ulot edi.
2004-yilda «Google» kompaniyasidagi faoliyatini oddiy menejerlik
lavozi midan boshlagan Pichai 2015-yilda kompaniyaning rahbariga aylandi.
Pichai «Google Chrome», «Chrome OS», shuningdek, «Google Drive»
kabi dasturiy mahsulot va loyihalarning menejmenti bo‘yicha mas’ul
lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. U kompaniyaning «Gmail» hamda «Google
Maps» loyihalarining rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Innovatsion mahsulotlarni yaratishda Sundar Pichaining sa’y-harakatlari
yuqori.
Sundar juda kamsuqum va kamtarin inson. U bilan suhbatlashayotgan
inson uning xalqaro ahamiyatga ega kompaniyaning rahbari ekanini
his qilmaydi.
Innovatsion g‘oyalarni vujudga kelishi uchun qanday sharoitlar bo‘lishi
kerak?
Sundar Pichai muvaffaqiyatining siri bo‘lgan o‘ziga xos fazilatlarni
sanang va ularni infografika shaklida tasvirlang.
1. Internet va axborot texnologiyalarining rivoji insoniyat hayotini qay
darajada o‘zgartirdi?
2. Ular sizning hayotingizga qanday ta’sir qilyapti?
3. Internet va ijtimoiy tarmoqlardan shaxsiy rijovlanish uchun qanday
foydalanish kerak?
Dostları ilə paylaş: