O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bitiruv malakaviy ishni bajardi



Yüklə 200,29 Kb.
tarix31.07.2023
ölçüsü200,29 Kb.
#138105
BMI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Bitiruv malakaviy ishni bajardi: Darvishev Аnvarjon Olimjonovich
Bitiruv malakaviy ishi rahbari: A.Axunjonov
Kafedra mudiri: ___________________ p.f.d. (DSc) F.G‘affarov
Elektron malaka ishini topshirishga tavsiya etaman: BMI rahbari: A.Axunjonov
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIM BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
“Innovatsion ta`lim texnologiyalari” kafedrasi
“Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi mavjud muammo va kamchiliklar” mavzusidagi ELEKTRON MALAKA ISHI TAQDIMOTI
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi berilgan sana: ________ 2023-yil Bitiruv malakaviy ishi himoyasi belgilangan sana: _________ 2023 yil

Toshkent-2023
Talabalar amaliyoti ta`lim muassasalarining davlat va aksiyadorlik korxonalari, muassasa, tashkilot, firma, qo`shma korxonalar va boshqalar bilan tuzgan shartnomalari asosida tashkil etiladi. Yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida o`qiydigan talabalar amaliyot o`tish uchun tegishli amaliyot ob`ektlariga yuboriladi. Amaliyotni tashkil qilish va o`tkazish uchun javobgarlik oliy o`quv yurtining rektori zimmasiga yuklanadi. Amaliyot joylari, talabalarning katta guruhlari o`tishini hisobga olib, oliy ta`lim muassasasi yaqinida joylashgan amaliyot ob`ektlaridan tanlanadi. Mazkur tayanch joyda talabalar amaliyot o`tadigan korxona yo`q bo`lsa, amaliyot ob`ektlari sifatida oliy ta`lim muassasasiga yaqin joylashgan korxonalardan foydalaniladi. Ikki tomonlama bitimlar asosida amaliyotni xorijiy davlatlar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida o`tish mumkin.
Ta`lim muassasasi:
-har yili, 1 dekabrdan kechiqmagan holda, navbatdagi kalendar yili uchun amaliyot ob`ektlari bilan shartnomalar tuzadi. Amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin talabalar amaliyotini o`tkazish dasturi va kalendar jadvalini amaliyot ob`ektlari bilan kelishib oladi;
-amaliyot rahbari tajribali professor, dosent va o`qituvchilardan tayinlanadi;
-fan-texnika va madiniyatning eng yangi yutuqlari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, uni ilmiy tashkil etish, boshqarish va unga o`xshash masalalar bo`yicha amaliyot ob`ektlari ma`muriyati ibaln birgalikda mutaxasislarning ma`ruzalarini tashkil etadi;
-talabalar va amaliyot ob`ektlarini amaliyot dasturlari bilan ta`minlaydi;
-ob`ektlardagi talabalar amaliyotining tashkil etish tartibi va o`tkazilishini hamda amaliyot muddati va mazmuniga rioya qilinishini nazorat etadi.
Ta`1im muassasasidan tayinlangan amaliyot raxbari esa:
-talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish bilan ob`ektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi;
-talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar(amkaliyot o`tkazish tartibi, xavfsizlik texnikasi qoidalari ko`rsatmalari berish va x.k.)ni o`tkazishni ta`minlaydi;
-talabalarning kafedra topshiriqlarida ko`zda tutilgan ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;
-amaliyot ob`ektlari talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari me`yordagidek ta`inlanganligini nazorat qiladi;
-talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi;
-amaliyot yakunlari bo`yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishida va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi;
-talabalar amaliyot bo`yicha hisobotini ko`rib chiqadi, ularning ishi haqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o`taganligi, ularning amaliy tayyorgarligidagi kamchiliklar ko`rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida taqliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi;
Talaba amaliyot o`tashda:
-amaliyot dasturida ko`zda tutilgan topshiriqlarni to`liq bajarishi;
-amaliyot ob`ektining ichki mehnat tartib-qoidalariga bo`ysunishi;
-mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o`rganishi va qat`iy rioya qilishi;
-bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona ishchilari qatori javobgarlik olishi;
-kundalik daftar yuritishi, chizmalar, tasvirlar va boshqalarni bajarishi;
-amaliyot rahbariga barcha topshiriqlar bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot berishi va amaliyot bo`yicha sinov topshirishi shart.
Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni bevosita amaliyot ob`ektidan tayinlangan rahbar imzolagan kundalik daftar bilan birga oliy ta`lim muassasasidan tayinlangan rahbarga topshiradi. Hisobot talabaning amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari to`ғrisidagi ma`lumotlar amaliyot ob`ekti bo`limlarining qisqacha izohi (sex, bo`lim, laboratoriya va boshqa), ular faoliyatining tashkil qilinishi, hayot faoliyatining havfsizligi to`g`risidagi masalalar, amaliyot natijalari bo`yicha xulosa va taqliflarni o`z ichiga olishi lozim.
Amaliyot yakunida talaba o`z hisobotini oliy ta`lim muassasasi tomonidan tayinlangan komissiya oldida himoya qiladi. Komissiya tarkibiga o`tilayotgan amaliyot fanini olib boruvchi o`qituvchi, oliy muassasasi tomonidan biriktirilgan rahbar va imkoni bo`lsa, amaliyot ob`ektidan tayinlangan rahbar ham kiritiladi. Amaliyot natijasi bahosi talabaning kursdan kursga o`tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi. Amaliyot yakuni ta`lim muassasasining ilmiy-uslubiy anjumani va amaliyot ob`ektining ishlab chiqarish kengashida muhokama qilinadi.
  • O’quv amaliyotlarini yaxshilash maqsadida korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikni sonini ko’paytirish.
  • Amaliy jihozlarni ko’zdan kechitib sentabrga tayorlash.
  • Ishlab chiqarish amaliyotini ikkiga bo’lib chiqarishni rejasini tuzish.
  • Avgust oyida xom-ashyoga talabnoma berib sentabrga tayorlash.


Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan takliflar
E`tiboringiz uchun
raxmat!!!
Yüklə 200,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin