II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
66
@edurtm_uz
QR-kod orqali animatsiyani tomosha qiling va savollarga javob bering.
LAMANING IRODASI
Lama maqsadiga erishish uchun qanday qiyinchiliklarni boshdan
kechirdi?
Lama nima sababdan maqsadiga erishish uchun qat’iyat bilan bordi?
Sizningcha, mevaga yetishish uchun olg‘a
borayotganda lama nimalarni
his qildi?
Maqsad sari olg‘a borganda mashaqqatlarga duch kelsangiz, nimalar
haqida o‘ylash sizga yordam beradi?
Muvaffaqiyatga erishish uchun qat’iy bo‘lishda o‘zingizga nimalar deya
olasiz?
Quyidagi fikrlarni guruh bilan birgalikda takrorlang. Ularni tez-tez
o‘zingizga eslatib turing.
«Mening maqsadim – ezgulik!», «Men buni qila olaman!»
«Bu
oson emas, ammo harakat qilsam bunga erishaman!»
«Muvaffaqiyatga erishish uchun menda imkoniyat bor!»
«Men maqsadimga olib boradigan rejani tuza olaman!»
SOHIBQIRON AMIR TEMUR – BUYUK YETAKCHI TIMSOLI
Dunyoning qariyb yarmini zabt etgan Amir Te-
mur shaxsiyati fazilatlarga nihoyatda boy bo‘lgan.
Ajdodimiz insoniyat tarixidagi eng qat’iyatli shaxs-
lardan biri bo‘lgan.
Uning muvaffaqiyatlari zamirida, avvalo, chin e’ti-
qod yotadi. Sohibqiron og‘ir
damda ham Yaratgan-
dan madad tilar, sarsonlikdan qutqarishini so‘rar edi.
Ixlos bilan qilingan iltijolar ijobat bo‘lib, Sohibqiron
zafarli kurashlar olib bordi va mo‘g‘ullarni yengib,
buyuk saltanat barpo etdi.
Mehribonlik, xokisorlik, ochiq yuzlilik, qat’iyat,
haqiqatgo‘ylik kabi fazilatlar
Amir Temur yutuqlari-
ning kaliti bo‘lgan. Sohibqiron mardlik, jasurlik bilan
davlat tashkil etib, jabr-zulmdan uzoqroq bo‘lishga
intildi.
Amir Temur sadoqat, adolatparvarlik kabi fazilatlarni ulug‘lab,
ikkiyuzlamachi, munofiqlarga nafrat ko‘zi bilan qaragan.
U boshiga
kulfat tushganida ham haq so‘zni aytishdan qo‘rqmagan.
Dostları ilə paylaş: