III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat
94
@edurtm_uz
24-MAVZU:
MULOQOT VA IJTIMOIY
KO‘NIKMALAR
1. Siz yaxshi suhbatdoshmisiz?
2. Suhbatdoshni tinglay olish hayotda nega muhim deb o‘ylaysiz?
3. Muloqot qila olish qobiliyati daromadga ta’sir qilishi mumkinmi?
* * *
Bahodirning do‘sti Aziz u bilan ko‘proq suhbatda bo‘lishni istaydi.
Chunki Azizning fikricha, Bahodir uni yaxshi tushunadi.
Bahodir esa aslida yaxshi tinglovchi. U tinglash orqali Aziz nimani
xohlayotganini tushunadi. U do‘stini diqqat bilan tinglab turib, zarur savolni
beradi. Shu asnosida u Azizga to‘g‘ri yo‘lni topishiga ko‘maklashadi.
Odamlarni diqqat bilan tinglashning yana qanday ijobiy tomonlari bor?
Mohiraning dugonalari gap boshlashsa, doimo ularni shoshirib,
oxirigacha eshitmaydi. U, ko‘pincha, suhbatdoshidan ayb izlaydi. Natijada
suhbat bahs-munozaraga aylanib ketadi.
Odamlarni mensimaslikning boshqa salbiy oqibatlarini sanang.
Yaxshi suhbatdoshga xos xususiyatlar.
Dostları ilə paylaş: