Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/101
tarix24.10.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#160746
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101
tarbiya 9 www.sadikov.uz

E’tiborli bo‘ling:
– so‘zlayotgan odamga qarang;
– chalg‘ituvchi fikrlardan o‘zingizni xalos qiling;
– suhbatdoshingizning gavda harakatlarini uqishga harakat qiling;
– tushunish uchun savol bering.
Tinglayotganingizni namoyon qiling:
– boshingiz bilan tasdiq ishorasini qiling;
– jilmaying yoki boshqa yuz ishoralarini qiling;
– sizning gavda holatingiz muhimligini yodda tuting.
Munosabat bildiring:
– sizning tinglovchi sifatidagi vazifangiz fikrni tushunishdir;
– suhbatdoshingizning fikrini vaqti-vaqti bilan umumlashtiring;
– «Siz aytmoqchisizki, ...», «Agar to‘g‘ri tushungan bo‘lsam ...» kabi
iboralar orqali aniqlik kiriting;
– qarshi fikrlar bildirib, suhbatdoshingizni to‘xtatmang.
Munosib javob bering:
– yaxshi tinglovchi sifatida suhbatdoshingizni hurmat qiling va tushunishga
intiling;
– samimiy va ochiq, to‘g‘riso‘zlik bilan javob qaytaring;
– fikringizni hurmat bilan bayon qiling;
– suhbatdoshingizni qanday muomala kutayotgan bo‘lsa, unga munosib
javob qaytarishga harakat qiling.
Mulohaza uchun
Bilasizmi?


95
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Jamoaviy mashg‘ulot
Bilasizmi?
Jamoaviy mashg‘ulot
oodd
xx iim
m
ll
ii
ii
YY
Sinfdoshingiz bilan quyida
gi mavzulardan birida 5 daqiqa suhbat- 
lashing. Suhbat chog‘ida yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
1-suhbat:
Birinchi o‘quvchi: – Menimcha, hayotda iqtidordan ko‘ra qattiq mehnat
qilishning ahamiyati balandroq.
Ikkinchi o‘quvchi: – Nega bunday deb o‘ylaysiz? Menimcha …
2-suhbat:
Birinchi o‘quvchi: – Muammolarni hal qilishga sizdagi qaysi xususiyat
ko‘proq yordam beradi?
Ikkinchi o‘quvchi: – Men, odatda, muammolarga duch kelsam …
3-suhbat:
Birinchi o‘quvchi: – Men hozirdan kelajakda yaxshi daromad topish
mumkin bo‘lgan kasbni egallash haqida o‘ylayapman.
Ikkinchi o‘quvchi: – Mening fikrimcha, kasb masalasida avval pulni
o‘ylash – xato. Birinchi galda kasbni yaxshi ko‘rish kerak, chunki …
Tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi ish beruvchilar sinov davrida
yangi ishga kirgan xodimda 5 ta asosiy layoqat-
larning bor-yo‘qligini shakllanganligigi e’tibor 
beradilar. Bular:
– tinglay olish va samarali muloqot qilish;
– tanqidiy fikrlash va muammoga yechim topish;
– jamoada ishlash;
raqamli savodxonlik;
– vaqtni to‘g‘ri taqsimlash.
Quyidagi mavzulardan birini jamoangiz bilan muhokama qiling:
Nega ish beruvchi, birinchi navbatda, xodimning tinglash va samarali
muloqot qilish layoqatiga e’tibor beradi?
Sizningcha, vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olish qobiliyati xodimga nega kerak?
Quyidagi fikrlarni izohlang:
Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi – fikrni chiroyli va tushunarli
qilib ifodalamoqdir. Nutqi tushunarli kishining atrofida uni tushunadiganlar
ham ko‘p bo‘ladi.
Kaykovus
Fikrni
ifodalash
sirlari



Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin