Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/101
tarix24.10.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#160746
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   101
tarbiya 9 www.sadikov.uz

III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat
96
@edurtm_uz
Amaliy faoliyat
Mustaqil faoliyat
Savol va topshiriqlar
So‘zlash – bilimli kishining odati. Tinglash – dono kishining fazilati.
Sharq hikmati
Dono kishi tinglab nima topadi?

Insonning eng katta ehtiyoji – tushunish va tushunarli bo‘lishdir. Buning
uchun tinglay bilish kerak.
Konfutsiy
Qanday

qilib «tushunarli bo‘lish» mumkin?
Tinglang va chizing.
O‘qituvchingiz o‘qiyotgan hikoyani diqqat bilan tinglang. Tinglash
jarayonida hikoyadagi biror detalni yoki syujetni tasvirlashga harakat
qiling.
Quyidagi matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Inson fe’l-atvorining muvozanati
«Aytinglar-chi, jahli chiqqan odamlarning aksariyati nega baqiroq bo‘lib
qoladi?» – so‘radi ustoz o‘quvchilaridan. Savol yuzasidan ko‘plab javoblar
yangradi: «Jahl chiqsa, aql ketadi», «O‘zimizni nazorat qilolmaymiz», «Bizni
yaxshi eshitishlari uchun».
«Lekin yonimizdagi odamga baqirishning nima hojati bor?» – yana
o‘quvchilarga yuzlandi ustoz. Hamma o‘yga toldi.
Sinf sukutga cho‘mgan, o‘quvchilarning diqqati ustozda edi.
«Xo‘sh, aytinglar-chi, yaqin do‘stlar baqirib gaplashadilarmi? Yo‘q!»
«Siz ota-onangiz, yaqin insonlaringiz bilan past tovushda suhbatlash-
sangiz ham, bir-biringizni yaxshi eshitasiz va tushunasiz. Qalbi yaqin
odamlar bir-birlarini nigohlaridan tushunadilar. Insonlarning qalblari
uzoqlashib ketmasligi uchun mehr-oqibatga muhtoj. Mehr – inson fe’l-
atvorining muvozanatidir», – xulosa yasadi o‘qituvchi.
1. Odamlar bir-birlariga muloyim muomalada bo‘lishlari uchun nima 
zarur?
2. Insonlarning qalblari bir-biridan uzoqlashib ketishiga nima sabab
bo‘ladi?
3. Sizga kimdir baqirib gapirsa, qanday yo‘l tutishingiz kerak?

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin