Tarbiya, 9-sinf @edurtm_uz
IJODIY FIKRLASH – KASBIY YUKSALISH UCHUN ZARUR KO‘NIKMA Ijodiy fikrlash – jamiyatni rivojlantiruvchi va daromad olib keluvchi
noyob ko‘nikma. U orqali muammolarga yangicha yechim topish mumkin.
Bilimga asoslangan jamiyatning har bir sohasida ijodkorlik muhim o‘rin
tutadi.
Texnika taraqqiy etib, robot yoki ulkan mashinalar paydo bo‘lgan bo‘lsa
ham, fabrika yoki ofisda ularning hech biri inson o‘rnini bosa olmaydi.
Odamlardagi noyob ko‘nikmalar hanuz taraqqiyotning asosiy omili bo‘lib
qolmoqda.
Ko‘pchilik ijodni badiiy jarayon – rasm chizish yoki ijro etish, asar yozish
deb biladi. Aslida esa tasavvurni ishga solish, muloqot qilish qobiliyati,
muammoni hal qilish, matematikadan murakkab misol ishlash, ilmiy fikrlash
va ma’lumotni sharhlash ham ijodiy jarayonni anglatadi. Tanlash, taqqoslash,
yangi g‘oyalarni jalb qilish va mavjud muammolarga yangicha yechim
topish ijodiy fikrlashning muhim tarkibiy qismidir. Ixtirolar, asarlar, ilg‘or
g‘oyalar, qulay turmush tarzi – barchasi ijodiy fikrlash mevasidir.
IXTIROCHI KABI FIKRLASH UCHUN ZARUR KO‘NIKMALAR Ehtiyojni aniqlang Yon-atrof, odamlar hayotiga nazar tashlang. Ularning hayotlarini
yengillashtirish uchun qanday ixtirolarga ehtiyoj bor?
Ulardan birini tanlang Mavjud ehtiyojlardan qaysi biriga yechim topish uchun zarur ixtironi
yaratishga ko‘zingiz yetadi? Ulardan birini tanlang.
G‘oyani pishiting O‘zaro fikr almashib, o‘zingiz yaratmoqchi bo‘lgan ixtiro g‘oyasini
muhokama qiling va boyiting.
G‘oya taqdimotini o‘tkazing Jamoangiz bilan birga o‘ylagan ixtiroingiz to‘g‘risida taqdimot tayyorlang.
Quyidagi ta’riflarni tinglang va savollarga javob bering. 1-ta’rif: U doimo yangi g‘oyalar bilan to‘lib-toshib yuradi; biror muam-
moni aytsangiz, qo‘llab-quvvatlaydi va bir necha yechimlarini topib beradi.
Bir qarasangiz tadbirlarda qatnashadi, bir qarasangiz qo‘shiq kuylaydi yoki
she’rlar yozadi. U ko‘p qirrali ijodkor inson.
2-ta’rif: Unga biror fikr aytsangiz, hafsalasiz javob beradi yoki o‘z
muammosini aytadi; hech narsaga qiziqmaydi; kamgap va qiziqishlarini
hech kim bilan o‘rtoqlashmaydi. Unda na iqtidor va na muomala bor, u bilan
tez zerikib qolasiz.