Tuzatib bo‘lmaydigan mayda xatolardan yirik illatlarga o‘tish oson. SENEKA
Inson o‘zini boshqacha qilib bo‘yab ko‘rsatmagan bo‘lsagina o‘z kuchiga ishonadi. P. A. PAVLENKO
Faqat kuchli odamgina o‘z aybiga iqror bo‘ladi. Faqat kuchli odam kamtar, faqat kuchli odam kechiradi... hatto yozilib kulgan ham kuchli odam, aksariyat uning‘ kulgisi ko‘z yoshlaridir. A. I. GERTSEN
Kim o‘z kamchiliklarini tan olishdan uyalsa, bora-bora u orsizlarcha katta gunoh bo‘lgan o‘z qabihliklarini ham oqlay boshlaydi. G. S. SKOVORODA
Fanda darslarni yodda tutish uchun ularii takrorlab turish kerak; axloqda esa xatolarni qaytarmaslik uchun ularni yodda tutish kerak. V. O. KLUCHEVSKIY
Ko‘plar xato qilmaslikka intilishdan ko‘ra xatodan pushaymon bo‘lishni yaxshi fazilat deb hisoblaydilar. G. LIXTENBERG
Agar kishi aynan bir xatoni ikki marta takrorlasa, u qo‘lini ko‘tarib yo tuturuqsizligini, yoki qaysarligini tai olishi kerak. J. LORIMER
Shuni yodda tutki, fikringni o‘zgartirib, xatoingni tuzatadigan yo‘lga yurishing o‘z xatoingga yopishib olganingga qaraganda ko‘proq senga erkinlik beradi. MARK AVRELIY
Barcha odamlar yanglishadilar, lekin buyuk kishilargina o‘z xatolarini tan oladilar. B. FONTENEL
Ishni tuzatib bo‘lmaydigan darajaga olib borgandan ko‘ra xatoni tan olnsh ancha olijanobroqdir. L. N. TOLSTOY
...Agar xatoda turib olinsa, agar uni chuqur asoslab bera boshlansa, agar uni «oxirigacha yetkazilsa», arzimagan xatodan ham har vaqt haddan tashqari katta xato keltirib chiqarish mumkin.