Baxtga intilish bo‘lmagan joyda umuman intilish ham yo‘q


V. I. LENIN Og‘ir xato ko‘pincha jinoiy ahamiyat kasb etadi



Yüklə 170 Kb.
səhifə5/18
tarix14.12.2023
ölçüsü170 Kb.
#178326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2010 4- noyabr

V. I. LENIN


Og‘ir xato ko‘pincha jinoiy ahamiyat kasb etadi.
SENEKA


Har kim xato qilishi mumkin, faqat nodongina o‘z xatosini tan olmaydi.
SITSERON


Bizning har qanday nuqsonimiz shu nuqsoini yashirmoqchi bo‘lib qilgan nayranglarimizdan ko‘ra kechirarlidir.
F. LAROSHFUKO


Uyatchanlik o‘z xatolaringni tan olishdan boshqa barcha hollarda o‘runlidir.
G. LESSING


Sernuqsonlik, shubhasiz, yomon, ammo undan ham yomonrog‘i, o‘zingda ularni tan olmaslik istagi, bunda mazkur nuqsonlarga o‘z-o‘zini aldash ham qo‘shiladi.
PASKAL


O’zini-o‘zi aldash dahshat, chunki bunda aldovchi hamisha aldanuvchida mujassam bo‘ladi.
AFLOTUN


O’zgalarni aldash ishni chigallashtiradi va bir qarorga kelishni qiyinlashtiradi, lekin haqiqat deb ro‘kach qilin-gan inson ko‘nglidagi yolg‘on esa odamni umrbod nobud etadi.
L. N. TOLSTOY


O’z illatlaringni so‘z bilan niqoblashga emas, aksincha, oshkora davolashga urin.
PIFAGOR


O’z nuqsonini bartaraf etishda o‘zi to‘grisidagi yomon gapdan foydalana bilgan kishigina baxtiyordir.
V. SHEKSPIR


O’z ustingizdan kulishdan cho‘chimang, o‘z-o‘zini tanqid ham xuddi yuvinish kabi zarurdir.
M. GORKIY


Tom ma’nodagi o‘z-o‘zini tanqid — vijdonning ovozi.
V. A. SUXOMLINSKIY


O’z ayblaringni yashirish bilan yaxshi odam bo‘lib qolmaysan; bu nuqsonlarni sidqidildan tan olsak obro‘yimiz qaytaga ortadi.
LIXTENBERG


O’z nohaqligingizni tushunishingiz, avvalgidan ko‘ra aqlliroq bo‘lishingiz demakdir.
P. BUAST


O’z ojizligini tan olish bilan inson yanada baquvvatlashadi.

Yüklə 170 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin