Baxtiyor. Uz o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/27
tarix16.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#79384
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Maktab-amaliyotchi-psixologi-uchun-sorovnomalar-toplami

Javob varaqasi
F.I.SH.___________________________________________ 
guruh ___________________ sana_______________

“HA”
“YO'Q”

“HA”
“YO'Q”


9.“Uy-daraxt-odam”
Ushbu metodika kattalar bilan bir qatorda bolalarni ham o'rganish uchun
mo'ljallangan bo'lib, uni individual va guruhiy tarzda o'tkazish mumkin.
Metodikaning mohiyati quyidagicha: tekshiriluvchiga uy, daraxt va inson rasmini
chizish taklif qilinadi. So'ng ishlab chiqilgan reja bo'yicha suhbat o'tkaziladi. 
R.Berks ushbu testni qo'llashda bir rasmda daraxt, uy va insonni tasvirlashni
taklif qiladi. Bunda uy, daraxt va insonning o'zaro ta'siri ko'rish obrazini tashkil
qiladi, deb hisoblanadi. Agar rasmni xarakatga keltirsak, u haqiqatan ham bizning
hayotimizda sodir bo'layotganligini sezish mumkin.
Uy, daraxt va inson rasmining chizilish tartibi testni tavsiflash usuli sifatida
qaraladi. Agar daraxt rasmi birinchi bo'lib chizilgan bo'lsa, bunda inson uchun
asosiy bo'lgan narsa - hayotiy energiya (quvvat), agar uy birinchi navbatda chizilgan
bo'lsa, birinchi o'rinda inson uchun xavfsizlik, muvaffaqiyat yoki bu
tushunchalarning rad etilishi turadi. 
Eski, qulab tushayotgan uy – ba'zida sub'ekt o'ziga bo'lgan munosabatni shu
tarzda ifodalashi mumkin.
Uzoqdagi uy – rad qilinish tuyg'usi.
YAqindagi uy – ochiqlik, iliqlik va mehmondo'stlik hissi. Uyning o'rniga
uning plani rasmi chizilgan bo'lsa – jiddiy nizo. Turli qurilmalar – uyning haqiqiy
sohibiga nisbatan agressiyaning mavjudligi. Devorga ko'tarilayotgan zina (eshiksiz)
– voqelikni to'g'ri baholashga zarar yetkazuvchi nizoli vaziyatning aks ettirilishi.
Devorlar 
Orqa devorning odatdagidek bo'lmagan tarzda tasvirlanishi o'z-
o'zininazorat qilishga ongli ravishda harakat qilish, kelishuvlarga moslashish,
shu bilan birga kuchli dushmanchilikka moyillik.
Boshqa detallarga nisbatan orqa devor konturlarining sezilarlitarzda
qalinroq, yorqinroq chizilishi-sub'ekt voqelik bilanaloqani saqlab qolishga
intiladi. 
Devor va uning asosi mavjud emasligi voqelik bilan aloqaning zaifligi.
yevor asosi konturlarining bo'rttirib ko'rsatilishi - sub'ekttashvish, qiyinchilikni
his qiladi va nizolarni bartaraf qilishga intiladi.
Gorizontal o'lchovlari bo'rttirilgan devor – vaqtni noto'g'ri orientirovka
qilish (yo o'tmishning, yo kelajakning ustunligi), subektning bosimga juda


sezuvchanligi. Devorning yon konturlari juda ingichka va adekvat emasligi – falokat
xavfini his qilish; chizik konturlari juda bo'rttirilgan, devorning faqat bir tomoni
tasvirlansa va agar bu devor yon tarafi bo'lsa, kelishmovchilik va ajralib qolish kabi
jiddiy moyillik mavjud. 
Devor aniq - ravshan tasvirlansa – imkon boricha vaziyatga ta'sir qilish,
extiyoji anglanmagan mayllar.
Vertikal o'lchamlari bo'rtillagan devor – subektning voqelik bilan aloqalari
unchalik ko'p emas, hayolan huzurlanishga intiladi.
Eshiklar 
Eshik mavjud bo'lmasa – sub'ekt boshqalar oldida o'zini namoyon qilishga
qiynaladi (ayniqsa oila davrasida). yon tarafdagi yoki orqadagi eshik – chetlashish,
qochish.
Bayramona (tantanavor) eshik – samimiylik, ochiqlikning birinchi belgisi.
Ochiq eshik. Agar turar joy bo'lsa – bu tashqaridan bo'ladigan iliqlikka
kuchli ehtiyoj yoki ochiqlikka namoyishkoronaintilish.
YOn tarafdagi eshik – voqelikni qabul qilmaslik, ajralib qolishlik.
Eshiklar juda katta bo'lsa – boshqalarga haddan tashqari bog'liqlik yoki
o'zining muloqatchanligi bilan boshqalarni hayratga solishga intilish.
Eshiklar juda kichkina bo'lsa - o'zining “Men”iga boshqalarni kiritmaslik
xoxishi, ijtimoiy vaziyatlarga mos kelmaslik, noadekvatlik hissi. Katta qulfli
eshik – dushmanchilik, vahimachilik, pinhoniylik, himoyalanish tendensiyasi.
qalin tutun – sezilarli darajadagi ichki zo'riqish.
qalin bo'lmagan tutun oqimi – uyda emosionallik yetishmasligi hissi.
Deraza
Deraza – birinchi qavat oxirida chizilgan bo'lsa, bu shaxslararo
munosabatlardan nafratlanish va voqelikdan ajralib qolishga intilishni bildiradi.
Deraza oxirigacha ochilgan va ko'p bo'lsa aloqa o'rnatishga tayyorlik, pardalarning
bo'lmasligi o'z hissiyotlarini namoyish qilishga intilishning mavjud emasligi.
Deraza qattiq yopiq bo'lsa muhit bilan o'zaro ta'sir o'rnatishdan tashvishlanish.
Oynasi yo'q deraza dushmanchilik, ajralib qolishlik, pastki qavatda oyna
yo'q, lekin yuqori qavatda mavjud bo'lsa, haqiqiy hayot bilan hayoliy hayot
o'rtasidagi oraliq.
Tom
Tom – hayol sohasi hisoblanadi. Tom va mo'rini shamol uchirib yuborgan
qilib tasvirlansa, sub'ektning hissiyotlarini ifodalaydi. (o'zining iroda
kuchiga qaramay, ustun turuvchi hissiyotlar).
CHizilgan rasmga umuman mos tushmagan qalin chizilgan tom odatda
tashvishlanish, shu bilan birga keladigan lazzatlanish manbai sifatida chiqadigan
fantaziya. CHekkalari ingichka chiziqli tom – fantaziyani nazorat qilishning


kuchsizligi.
CHekkalari qalin chiziqli tom-fantaziyani jilovlash, o'zini nazorat qilishga
haddan tashqari urinish.
Xona
Assosiasiyalar: xonada yashovchi odam va xonadagi interpersonal
munosabatlar tufayli hosil bo'lishi hamda (pozitiv) ijobiy yoki (negativ) salbiy
emosional tusga ega bo'lishi mumkin.
Varaqqa sig'magan holda tasvirlangan xona- sub'ektning xonadagi
noxush assosiasiyalar yoki unda yashovchilar bilan yaxshi munosabatlar yo'qligi
sababli muayyan xonalar rasmini tasvirlashni istamasligi. Sub'ektning yaqin
xonani tanlashi – badgumonlik.
Vannaxona 
Vannaxona sanitarlik vazifasini bajaradi. Agar vannaxona katta tasvirlangan
bo'lsa bu vazifalarni buzilishi to'g'risida gapirish mumkin.
Quvur
Quvurning mavjud emasligi-sub'ekt uyda psixologik iliqlikning
yetishmasligini xis qiladi. quvur deyarli ko'rinmasa, emosional ta'sirotlarni
istamaslik.
Tomga nisbatan quvur qiyshiq chizilgan bo'lsa, bola uchun norma;
kattalarda kuzatilsa bu kuchli agressiya, suv oqadigan quvur kuchli himoya va
odatda badgumonlik.
Vodoprovod quvuri – kuchli himoyalanish ustanovkasi va odatda yuqori
darajadagi badgumonlik.
Qo'shimchalar 
Tiniq “oynali” eshik hammani o'ziga qaratishni bildiradi. o'zini namoyish
qilish istagi, biroq vizual aloqa vositasi bilan cheklangan holda.
Daraxtlar 
Ko'pincha turli xil kishilarni anglatadi. Agar ular go'yoki uyni “bekitib”
turgan bo'lsa, ota-onalar ustun bo'lganda, kuchli bog'liqlik ehtiyoji mavjudligidan
dalolat beradi.
Butalar
Ba'zida odamlarni anglatadi. Agar ular uyni qalin o'rab turgan bo'lsalar,
o'zini himoya to'siqlari bilan kuchli o'rab olish istagi mavjud bo'lishi mumkin.
Butalar yo'lning ikkala yoqasida tartibsiz joylashgan bo'lsa-voqelik
chegarasida biroz tashvishlanish va uni ongli ravishda nazorat qilishga intilish
mavjudligini ko'rsatadi.
Yo'lka proporsiyalari yaxshi, yengil chizilgan bo'lsa, individ boshqalar bilan
aloqada o'z-o'zini e'tirof etilishiga va o'z-o'zini nazorat qilishga egaligini ko'rsatadi.
Uzun yo'lka - ancha adekvat ijtimoiylashuv ehtiyoji bilan birga keladigan kuchsiz


ochiqlik.
Juda keng boshlanib, uyga yetgach, torayib boruvchi yo'lka - yolg'izlikka
bo'lgan xohishni niqoblashga intilish.
Quyosh hurmatga ega bo'lgan timsol bo'lib ko'pincha iliqlik va kuch manbai
sifatida idrok qilinadi.
Ob-havo - (qanday ob-havo tasvirlanganligi) sub'ektning muhit bilan
bog'lik kechinmalarini aks ettiradi. qanchalik ob-havo yaxshi tasvirlangan bo'lsa,
sub'ekt shunchalik muhitni dushmanchilik sifatida idrok etadi. 
Rang. 
YAshil rang – tom uchun, jigarrang - devor uchun, sariq-agar uy ichidagi
yorug'likni aks ettirish uchun qo'llansa, tun yoki uning yaqinlashayotganligi aks
ettirilsa, su'ektning quyidagi hissiyotlarini ifodalaydi:
muhitning unga nisbatan agressiv dushmanligi;
uning harakatlarining yashiringan hamda bo'lishi.
Qo'llanilgan ranglarning miqdori. YAxshi moslashgan, biroq tortinchoq,
emosional sub'ekt odatda ikkitadan kam yoki beshtadan ko'p rang ishlatmaydi.
Uyni 7-8 rangga bo'yovchi sub'ekt juda labil hisoblanadi. Faqat bitta rang
qo'llanilsa, bu sub'ektning emosional qo'zg'alishdan qo'rqishini bildiradi.
Rangni tanlash – Sub'ekt rangni qanchalik uzoq, ishonchsizlik va qiyinlik
bilan tanlasa, shaxsdagi buzilishlar ehtimoli shunchalik ko'p bo'ladi.
Qora rang – tortinchoqlik, cho'chishlik.
YAshil rang – xavsizlik hissiga ehtiyoj, o'zini xavfdan asrash. Bunda daraxt
barglari va uy tomi yashil rangda bo'lishi unchalik ahamiyatga ega emas.
Qo'ng'ir rang – sezuvchanlik va dushmanlik kombinasiyasi.
SHaffof rang – hokimiyatga kuchli intilish ehtiyoji.
Qizil rang – kuchli sezuvchanlik. Atrofdagilardan iliqlik sezish extiyoji.
Sariq rang – kuchli dushmanchilikning belgisi. 
Umumiy ko'rinish
Rasm varaqning chetiga joylashgan bo'lsa – xavfsirash, ishonchsizlik hissi.
Ko'pincha bunday joylashish muayyan vaqtni bildiradi:
a) o'ng tomon- kelajak, chap-o'tmish;
b) xona yoki uda doimiy yashovchilarni oldindan belgilab qo'yilishi bilan
bog'liq.
v) kechinmalar mohiyatini ko'rsatadi: chap tomon-emosional, o'ng tomon-
intellektual.
Manzara
Pastdan yuqoriga nazar tashlash - sub'ektning chetga chiqib qolganligi, uyda
tan olinmaganlik, rad etilganlik hissi.
Manzara, rasm uzoqdan aks ettirilgan bo'lsa-konvensional jamiyatdan chetga


chiqish istagi, ajralib qolish, rad etilish hissi.
Agar individ uyning bir uchini to'g'ri chizib, boshqa tarafida tom va
devorning vertikal chiziqlarini aks ettirsa, kelajakdan cho'chish (o'ng taraf) yoki
o'tmishni unutish istagi (chap tomon)ni bildiradi.
Uch yoqlama manzara (sub'ekt 4 ta alohida devor rasmini chizsa) – bu
atrofdagilarning o'zi haqidagi fikrlari to'g'risida haddan ortiq qayg'urishni bildiradi.
Rasmning joylashishi 
Rasm varaqning markazidan tepada joylashgan bo'lsa va u markazga nisbatan
katta bo'lsa, u holda:
- sub'ekt o'z maqsadiga erishishda qiyinchilik his qiladi;
- sub'ekt hayolida qoniqish hosil qilishni yoqtiradi; (ichki zo'riqish);
- sub'ekt chetda turishga moyil.
Rasmning varaq o'rtasida joylashishi – rigidlik va himoyasizlik hamda psixik
muvozanatni saqlash uchun nazorat qilish ehtiyoji.
Rasmning varaq markazidan pastda joylashishi. Varaq markaziga nisbatan
rasm qanchalik pastda joylashgan bo'lsa, shunchalik:
- sub'ekt o'zini noqulay va himoyasiz his qiladi, bu esa unda depressiv
kayfiyatni tug'diradi;
- sub'ekt o'zini cheklangandek his qiladi. 
Rasm varaqning chap tomonida joylashsa, o'tmishga urg'u berish,
impulsivlik.
Rasm varaqning chap burchagida joylashsa – yangi kechinmalardan
qochishga moyillik. o'tmishga qochish yoki xayolotga berilish xohishi.
Rasm varaqning o'ng tarafida joylashsa – sub'ekt intellektual sohada
huzurlanishga moyil. Xulq-atvor nazorat qilib turiladi. Kelajakka urg'u berish
kuzatiladi.
Rasm varaqning chap chekka qismidan tashqariga chiqsa -o'tmishni
mustahkamlash va kelajakdan cho'chish. Erkin, ochiq emosional kechinmalar
haqida haddan ziyod qayg'urish.
Rasm varaqning o'ng chetidan tashqarida joylashsa, o'tmishdan uzoqlashish
uchun kelajakka “qochish” xohishi, ochiq, erkin kechinmalardan qo'rqish. qattiq
nazoratni saqlashga intilish. 
Varaqning tepa chekka qismidan tashqariga chiqish – sub'ekt haqiqiy hayotda
boshdan kechirmaydigan, huzurlanish manbai sifatida chiqadigan fantaziya va
tafakkurga yo'nalgan. 
“Uy” testi rasmlarini qayta ishlash sxemasi
Ajratib ko'rsatilgan belgi


Sxematik tasvir
Detallashtirilgan tasvir
Metaforli tasvir
SHahardagi uy
Qishloqdagi uy
Adabiy yoki ertak syujetidan olingan uy
Derazalarning mavjudligi va ular soni
Eshiklarning mavjudligi
Tutun chiqayotgan mo'ri
Derazalar 
Derazalar o'lchami
Uyning umumiy o'lchami
Uy oldida bog'chaning mavjudligi
Uyda va uy oldida odamlarning mavjudligi
Qanotning mavjudligi
Derazalarda pardaning mavjudligi
O'simliklarning mavjudligi (soni)
Hayvonlarning mavjudligi
Peyzajli tasvirning mavjudligi (bulut, quyosh, tog'lar va hokazo)
1,2,3 intensivlik shkalasi bo'yicha shtrixovkaning mavjudligi
1,2,3 intensivlik shkalasi bo'yicha chiziqlar qalinligi
Ochiq eshik
YOpiq eshik
“INSON”
Bosh – aql (nazorat), xayol sohasi.


Katta bosh – inson faoliyatida tafakkurning ahamiyatiga ongsiz ravishda
ishonishni ta'kidlash.
Kichik bosh – aqliy noadekvatlikni boshdan kechirish.
Noaniq chizilgan bosh – tortinchoqlik, uyalish.
Bosh eng oxirida tasvirlansa – shaxslararo nizo.
Boshqa jinsli figuradagi katta bosh – qarama-qarshi boshqa jinsning sohta
ustunligi va uning yuksak ijtimoii avtoriteti.
Bo'yin – nazorat (bosh) va mayl sohasi (tana) o'rtasidagi aloqaning
timsoli.
Bo'yin ta'kidlansa – himoyaviy, aqliy nazoratga bo'lgan ehtiyoj.
Bo'yin haddan ziyod katta bo'lsa – tana impulslarini anglash, ularni nazorat
qilishga intilish.
Uzun, ingichka bo'yin – tormozlanish, regressiya. 
Kalta, qalin bo'yin – o'zining zaifligi va istaklariga yon bosish. 
Elka, uning o'lchami – ilohiy kuch belgisi yoki hokimiyatga bo'lgan intilish. 
Elka haddan tashqari katta chizilsa – katta kuchni his qilish yoki kuch va
hokimiyat to'g'risida juda kam qayg'urish. 
Kichkina yelka – o'zining arzimas, ahamiyatsiz ekanligini his qilish. 
Elka juda ham qiyshiq bo'lsa - haddan ziyod ehtiyotkorlik, himoya belgisi.
Keng yelka – kuchli tana impulslari. 
Gavda – Qiyshiq yoki kvadrat gavda mardlikni ifodalaydi. 
Gavda juda ham katta bo'lsa – sub'ektning qondirilmagan, kuchli
anglanadigan ehtiyojlarining mavjudligi. 
Normal bo'lmagan kichik gavda – kam ahamiyatlilik, kamsitilish hissi. 
YUz.
YUz tuzilishi o'z ichiga burun, og'iz, quloq, ko'zni oladi. Bular tashqi stimul
reseptorlari – voqelik bilan sensor aloqa qilish. 
YUz ajratib ko'rsatilsa – o'zining tashqi qiyofasi, boshqalar bilan
munosabatlari to'g'risida kuchli qayg'urish. 
Baqbaqa (iyak) juda ham ajratib ko'satilsa – ustunlik qilish ehtiyoji. 
Baqbaqa juda katta tasvirlancha – his qilinadigan ojizlik va qat'iyatsizlikni
kompensasiya qilish.
Quloqlar juda ham ajratib ko'rsatilsa – eshitish gallyusina-siyalari. Bu
tanqidga nisbatan sezgir kishilarda uchraydi. 
Kichkina quloqlar – tanqidni qabul qilmaslikka intilish.
Ko'zlar yumilgan yoki shlyapa ostiga yashiringan – noxush vizual
(ko'rish) ta'surotdan qochishga intilish. 
Qavariq ko'zlar – qo'pollik, dag'allik Kichkina ko'zlar – og'irlikni o'ziga olish.
Uzun kipriklar – o'zini namoyish qilish, boshqalarning havasini keltirishga


moyillik.
Masxaraboz labi-noadekvat hissiyotlar, majburiy ochiq ko'ngillik.
Keng burun – jirkanch ustanovkalar, istehzoli ijtimoiy stereotiplar asosida
fikrlash.
Tishlar aniq chizilsa – agressivlik. 
Noaniq, xira yuz – tortinchoqlik, qo'rqoqlik.
Niqobga o'xshash yuz – ehtiyotkorlik, pinxoniylik.
Siyrak kalta qosh – nafrat, jirkanish. 
Soch – mardlik, kuch, yetuklik va ularga intilish belgisi. 
Qo'llar – atrof muhitga, asosan shaxslararo munosabatlarga moslashish
qurolidir.
Keng quloch yoygan qo'llar – harakatlanishga jadal intilish.
Elka yoki kaft qism keng tasvirlansa – impulsivlik, harakatlarni yetarlicha
nazorat qilmaslik.
Gavdaga qo'shilmagan, o'zi alohida ikki tarafga qaratib chizilgan qo'l –
sub'ekt o'zini nazoratidan chiqib ketgan xatti - harakatlari va hulq - atvorini ba'zida
ko'ra olish.
Qo'llar ko'krak ustiga qo'yilgan bo'lsa – dushmanlik, badgumonlik
ustanovkasi. qo'llar orqada – kelishuvga (kompromissga) bormaslik, yon bosishni
istamaslik (hatto do'stlari bilan ham) hamda tajovvuzkor, dushmanchilik mayllari
namoyon bo'lishini nazorat qilishga moyillik.
Uzun va muskulli qo'llar – sub'ekt jismoniy kuch, mardlik epchilikka
muhtoj.
Qo'llar haddan ziyod uzun bo'lsa - haddan tashqari ambision intilishlar.
qo'llar kuchsiz va egiluvchan – shaxslararo munosa-batlarga yaxshi moslasha
olish. Qo'llar tanaga birlashib ketgan – rigidlik.
Qo'llar juda qisqa tasvirlansa – intilish bilan birga noadekvatlik
hissinimavjud emasligi.
Qo'llar haddan tashqari katta bo'lsa – ijtimoiy munosabatlarga yaxshiroq
moslashishga bo'lgan kuchli ehtiyoj.
Qo'llar mavjud bo'lmasa – intellekt yuqori bo'lishi bilan bir vaqtda
noadekvatlik hissi.
Qo'l yoki oyoq chap tarafga og'sa – ijtimoiy rolli nizo.
Erkaklardagi qo'l va oyoqlarning kattaligi - qo'pollik, dag'allik.
Uzun qo'llar – nimagadir erishish hohishi.
Uzun va nimjon qo'llar – bog'lig'lik, g'amxo'rlik, vasiylikka ehtiyoj.
Ikki tarafga yoyilgan, nimadir olayotgan qo'l tasvirlansa – bog'liqlik,
muhabbat istagi.
YOn tarafga cho'zilgan qo'l – ijtimoiy aloqalardagi qiyinchiliklar.


Nimjon, kuchsiz qo'llar – erishilgan natijadan qoniqmaslikhissi.
Boksyor qo'lqopiga o'xshash qo'l – siqib chiqarilgan tajavvuzkorlik.
Qo'llar orqada yoki cho'ntakda tasvirlansa – aybdorlik hissi, o'ziga
ishonmaslik.
Qo'llar noaniq tasvirlansa – faoliyatda va ijtimoiy munosabatlarda o'ziga
ishonchning yetishmasligi.
Katta qo'llar – his qilinadigan zaiflik va aybdorlikning konpensasiyalanishi.
Ayol tasviridagi qo'lning mavjud emasligi – ona obrazi xuddi yaxshi
ko'rmaydigan, qo'llab quvvatlanmaydigan, rad qilinadigandek idrok qilinadi.
Barmoqlar uzilib qolsa – siqib chiqarilgan tajavuzkorlik, odamovilik.
Katta barmoqlar - qo'pollik, dag'allik, tajavvuzkorlik.
Beshtadan ortiq barmoqlar – tajavvuzkorlik, ambisiya.
Kaftsiz barmoq - qo'pollik, dag'allik, tajavvuzkorlik.
Beshtadan kam barmoqlar – bog'liklik, zaiflik.
Uzun barmoqlar ochiq agressiya.
Mushtga yig'ilgan barmoqlar - qo'zg'alonchilik, norozilik, qarshilik.
Yo'g'on, mixga o'xshash barmoqlar – dushmanchilik.
Uzun oyoqlar – mustaqillikka kuchli ehtiyoj va unga intilish.
Juda katta oyoq - jismoniy yoki psixologik bo'shashganlik.
Rasm oyoq va tovondan boshlansa – qo'rqoqlik.
Tovon aks ettirilmasa – odamovilik, cho'chish.
Oyoqlar keng ochilgan bo'lsa – bo'ysunmaslik, himoyasizlik.
Oyoqlar har xil o'lchamda - mustaqillikka intilishdagi ambivalentlik.
Oyoqlar mavjud emas – odamovilik, cho'chish.
Oyoqlar bo'rttirib ko'rsatilsa - qo'pollik, dag'allik.
Tovon - harakatchanlik belgisi (shaxslararo munosabatlar). Tovon
noproporsional uzun bo'lsa xavfsizlik ehtiyoji. Mardlikni namoyon qilish ehtiyoji.
Tovon noproporsional kichik bo'lsa – bog'liqlik.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin