Gorizontal shtrixlar – zaiflik, xayolni ta'kidlash.
Noaniq,
turli-tuman, o'zgaruvchan shtrix - himoyasizlik, qa'tiyyatsizlik.
Vertikal shtrix – o'jarlik, qat'iylik, giperaktivlik.
O'ngdan chapga shtrixovka – introversiya, izolyasiya.
CHapdan o'ngga shtrix – motivasiya mavjud.
Odamning o'zidan ketuvchi shtrix – agressiya, ekstraversiya.
O'chirish – tashvishlanish.
Tez-tez o'chirish - qat'iyyatsizlik, o'zidan qoniqmaslik.
qayta chizish uchun
o'chirish – yaxshi belgi.
O'chirish natijasida rasm buzilsa – kuchli emosional reaksiya (chizilayotgan
obe'ktga nisbatan).
Katta rasm – mag'rurlik, o'zini katta tutishga moyillik.
Kichkina figuralar – tashvish, emosional bog'liqlik, diskomfort hissi.
Ingichka konturli juda kichik figura - o'zining to'laqonli emasligi hissi.
Simmetriya yetishmasligi – himoyasizlik.
Rasm varaqning eng chetida bo'lsa – bog'liqlik, o'ziga ishonmaslik.
Detallar
Bu yerda tadqiqotchi sub'ekt shu narsalarga qanchalik qiziqadi, ularni qanday
idrok qiladi, ularning ahamiyati sub'ekt uchun qandaylgini bilish juda zarur.
Muhim detallar.
Subekt chizgan rasmda hozir yoki yaqin o'tmishda yuksak intellekt bilan
xarakterlanuvchi muhim detallarning mavjud emasligi.
Ortiqcha detallar. o'zini
cheklay olmaslik, atrof-muhit to'g'risida
kuchli
qayg'urish, vaziyatni to'g'rilash ehtiyoji.
Detallarnig ortiqcha takrorlanishi – sub'ekt odatda odamlar bilan to'g'ri aloqa
o'rnata olmaydi.
Detallarning yetishmasligi – odamovilik.
Binoda orientasiya
qilish
Rasmda tanqid qilish so'ralsa, uni tanqidiy baholay olish qobiliyati – voqelik
bilan aloqa yo'qotmaslik ko'rsatkichi.
Topshiriqni qarshiliksiz qabul qilish –
ishini yaxshi boshlab turib, so'ng
charchab qolish va rasm chizishni to'xtatish.
Rasm tufayli uzr surash - o'ziga ishonchning yetishmasligi.
Rasm chizish davomida tezlik va mahsuldorlikning pasayishi –tez jonga
tegishlik.
Rasmning nomi – ekstraversiya. qo'llab-quvvatlanish
ehtiyoji, mayda
gaplik.
Rasm chap qismini alohida qayd qilinishi – ayol jinsi bilan identifikasiyalash.
qiyinchiliklarga qaramay, tirishib rasm chizsa – g'ayratlilik,
Rasm chizishga qarshilik qilsa va undan bosh tortsa – o'zini ko'rsatishni
xohlamaslik, o'z muammolarini yashirish.
Daraxt
K.Kox interpretasiyasi (tavsifi) K.YUngning qarashlari (daraxt – tik turgan
odam timsoli) dan kelib chiqadi.
Ildiz – jamoatchilik, ongizlik.
Poya (tana) – instikt, impuls.
SHox – passivlik yoki hayotga qarshi turish.
Daraxt rasmining tavsifi doimo yadro (ildiz, poya, shox) va bezak elementlari
(barg, meva, peyzaj) ni o'z ichiga oladi.
Ildiz
Ildiz poyadan kichik bo'lsa – yashirin narsani ko'rish istagi.
Ildiz poya bilan teng – kuchli qiziquvchanlik.
Ildiz poyadan katta – tashvish keltirish mumkin bo'lgan kuchli qiziquvchanlik.
Ildiz chiziq orqali tasvirlansa – sir tutilayotgan narsaga nisbatan bolalarcha
munosabat.
Ikkita chiziq tarzidagi ildiz – real narsani baholashda mulohazalilik.
Simmetriya – o'zini tashqi dunyo bilan kelishgandek qilib ko'rsatishga
intilish. Agressivlikni to'xtatishga bo'lgan intilish ifodasi.
Ahloqiy
muommalarning tormozlanganligi.
Dostları ilə paylaş: