Baxtiyor. Uz o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!


№ Ayzenk testi bo'yicha natija



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/27
tarix16.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#79384
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Maktab-amaliyotchi-psixologi-uchun-sorovnomalar-toplami


Ayzenk testi bo'yicha natija
«E» ballari
«N» ballari
1
0-4
0-4
2
20-24
0-4
3
20-24
20-24
4
0-4
20-24
5
0-4
4-8
6
0-4
16-20
7
0-4
8-16
8
4-8
0-4
9
8-16
0-4
10
16-20
0-4
11
20-24
4-8


12
20-24
8-16
13
20-24
16-20
14
16-20
20-24
15
8-16
20-24
16
4-8
20-24
17
16-20
4-8
18
4-8
16-20
19
4-8
4-8
20
16-20
16-20
21
12-16
8-12
22
8-12
8-12
23
16-20
8-12
24
12-16
4-8
25
8-12
4-8
26
4-8
8-12
27
4-8
12-16
28
8-12
16-20
29
12-16
16-20
30
16-20
12-16
31
8-12
12-16
32
12-1
12-16


№ 1 tip
E: 0-4N: 0-4
Xususiyatlarning namoyon bo'lishi (X.N.B). Osoyishta, tinchliksevar, og'ir,
vazmin. Guruhda kamsuqum. Agar unga do'st bo'lish taklif qilinsa qabul ham
qilolmaydi, lekin rad ham etmaydi. O'zini haq ekanligini his etsa o'jarlikka moyillik
kuzatiladi. Kulgiga moyil emas. Nutqi osoyishta. Sabr-toqatli. Sovuqqon.
Korreksiya qilish yo'llari: (Q.Q.Y.) Ular o'qituvchilarni kam bezovta qiladi.
Demak e'tiborsizlikdan qiynaladi. U bilan munosabatda muhimi guruhning unga
diqqat e'tiborini va o'z-o'ziga bahosini oshirish zarur. U kishiga ishlash tempini
tanlash imkoniyatini ham yaratish maqsadga muvofiq bo'lardi.
Sovuqqonlik, kamtarlik (kamsuqumlik) sifatlarini qimmatini ta'kidlab turish
ham mumkin.


№ 2 tip.
E: 20-24; N: 0 – 4
X.N.B. Quvnoq, muloqotga kirishuvchan ko'p gapiradi. Ko'zga yaqin
bo'lishni yoqtiradi. Optimist. Muvaffaqiyatga ishonadi, yuzaki xafalikni tez
kechiradi, kelishmovchiliklarni xazilga aylantiradi. Ta'sirlanuvchan, yangilikni
yaxshi ko'radi. Barchaga bo'lgan muhabbatdan foydalanadi. Lekni yuzaki va
beparvo. Talabchan. Artist. Natijalarga erishishni bilmaydi. (qiziquvchan, lekin tez
soviydi)
K.Q.Y.: mehnatsevarlikni rag'batlantirish, tabiiy artistlik va yangilikka
moyilligidan foydalanish kerak.
Asta-sekin intizom va tashkilotchilikda barqarorlikni o'rgatish zarur. Vaqtni
tashkillashga yordam berish tavsiya etiladi. 
№3 tip
E: 20-24;
N: 20-24
X.N.B. Faol, yaxshi taraqqiy etgan jangovor sifatlarga ega. Kulgiga moyil
emas. Barcha bilan «teng» munosabatda bo'lishga intiladi. Juda ham haqiqatgo'y.
Biror holat bilan kelisha olmagan hollarda faol qarshi kurash holatini egallaydi.
O'ziga nisabatan befarqlikni ko'tara olmaydi. 
Q.Q.Y. Asosiy ta'sir ko'rsatish usuli – bo'rtirilgan, alohida e'tibor berilgan,
hurmat, o'zaro munosabatni ishonch, osoyishta, samimiy xolda muloqot orqali
o'rnatgan maoqul. 
Affektiv holatda istoxzo, kesatiq zaharxanda, kinoya orqali reaksiya bildirishi
mumkin. Kelishmovchilik holatda «munosabatlarni aniqlashtirib olishi» mumknn
emas. 
Buning uchun diqqat e'tiborini muammoga va uni emosional zo'riqishsiz
yechish mumkin bo'lgan imkoniyatlarga qaratish mumkin. Bu tengdosh o'smirga
tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etishga va energiya potensialini sarflash uchun
imkon yaratish lozim.
№ 4 tip.
E: 0-4; N: 20-24
X.N.B. Bu notinch tip. Hushyor, bezovta, o'ziga ishonchi yo'q. O'ziga panoh
qidiradi. Muloqotga kirishuvchan emas, shuning uchun aralash baholash va o'z-
o'zini baholashga ega. 
Sira gap ko'tarolmaydi. Moslashish jarayoni uzoq, shuning uchun ta'sir
ko'rsatish sekin yuzaga keladi. Faol hayotni yoqtirmaydi. Hayolga beriluvchan. Ko'p
hollarda falsfaga moyil. Vaziyatni tez drammalashtiradi.
K.Q.Y. Qo'llab-quvvatlashga intilishi kerak. Kulgili holatlardagi saqlamoq


zarur. Ijobiy tomonlarini alohida taokidlamoq . Faol muloqot va qat'iy vaqt
reglamentni talab etmaydigan faoliyatni tanlash , hamda qat'iy bo'ysunishi tizimi
bilan bog'lanmasligi kerak. Tevarak atrofga qiziqishini faollashtirish. Asta-sekin
samimiy, g'ayratli kishilar davrasiga qo'shib borish kerak.
№ 5 tip.
E: 0-4; N: 4-8
X.N.B. Xayolga beriluvchan (o'z fikr-xayollariga cho'mgan). Sokin. Real
hayotga qiziqishi past darajada, demak, muvaffaqiyatga erishishi past. Ichki
o'ychanlik va qarama-qarshi qarashlarga yo'naltirilgan. Gap so'zga kirib itoat bilan
quloq soluvchi – beparvo .
K.Q.Y. O'ziga yuqori baho berishni oshirishga ham muhtoj. Bu beparvolikni
yo'qotib intilish darajasini oshiradi. Biror ish bilan shug'ullanishi uchun kuchli
tomonlarini topish mumkin. 
№6 tip.
E: 0-4 N: 16-20
X.N.B.: O'zini tuta biladi, og'ir, vazmin, bosiq, juroatsiz, tortinchoq, notanish
vaziyatda uyaladi. Ishonsiz, orzular og'ushida yashaydi. Falsafiy fikrlashni
yoqtiradi. Ko'p odamlar davrasini yoqtirmaydi. SHubhalanishga moyillik mavjud.
O'z kuchiga kam yashonadli.
Muvozanatlashgan. Vaziyatni drammalashtirish va vahimachilikka moyil
emas. Bezovta Tez-tez juroatsizlik bo'lib turadi. Faktorga moyil.
K.Q.Y. Guruh oldida ijobiy sifatlarini qo'llab-quvvatlar, alohida ko'rsatib
o'tish, g'amho'rlik qilishga harakat qilish kerak. Qandaydir g'alvalar bilan band etish
zarurki, bu o'z-o'ziga bahoni oshirishga, hayotda optimistlikni sezishga olib keladi.
№ 7 tip.
E: 0-4; N: 8-16
X.N.B. Kamsuqum, faol, biror ishga yo'nalgan. Haqiqatgo'y, sadoqatli do'st,
juda yaxshi mohir yordamchi, lekin yomon tashkilotchi. Uyatchan. Soyada qolishni
afzal ko'radi. Davrada hamroh bo'la olmaydi. Ikki kishi bo'libgina do'st bo'la oladi.
O'zaro munosabatlarga katta ahamiyat beradi.. Baozan zerikarli-nasihatgo'y.
K.Q.Y. Hayot faoliyati jarayonida imkoniyatiga qarab erkin tartib yaratish va
rag'batlantirib turish kerakka, bu uning tashabbuskorlikni faollashtiradi. Uni ozod
qilishga harakat qilish kerak, bunda u birovlar buyrug'i bilan emas, mustaqil
harakat qiladi. Ochiqchasiga tanqiddan qochish kerak. O'z kuchi va huquqiga ta'sir
ko'rsatib ishonch hosil qilish kerak. Kimningdir obro'yiga ko'r-ko'rona ishonishga
yo'l qo'ymaslik zarur.


№ 8 tip.
E: 4-8; N: 0-4
X.N.B. Hotirjam (bamaylixotir, tinch) odam. Davralarda muloqotga moyil.
Estetik qobiliyatli. Faollikdan ko'ra hayoliy o'y fikrlarga beriluvchan.
Muvozanatlashgan. Muvoffaqiyatlarga befarq. «Hamma qatori» yashashni yoqtiradi.
Kelishmovchilardan oson qochadi. 
O'zaro munosabatlarda bir tekkisda bo'ladi, lekin chuqur qayg'urish,
tashvishlanishni bilmaydi. 
K.Q.Y. Asosiy vazifa – faoliyatga bo'lgan ehtiyojini faollashtirish. Qiziqarli
bo'lishi mumkin bo'lgan mashg'ulotni topish. Muvaffaqiyatlarni topish.
Muvoffaqiyatlarni rag'batlantirish. O'smir bilan tez-tez muloqotda bo'lib turish.
Bunda uning ijtimoiy intelektini taraqqiyotiga e'tiborni qaratish lozim.
№ 9 tip
E: 8-16 N: 0-4
X.N.B. Faol. Hayotdan zavqlanib yashaydi. Muloqotga kirishuvchan.
Muloqotda yaxshi yolg'onini farq qilmaydi. Ijtimoiy bo'lmagan, buzg'unchi
guruhlrga tez berilib qoladi. YAngilikka hamma narsani bilishga moyilligi bor.
Ijtimoiy intelekti zaif rivojlangan. Baholash va o'z-o'zini to'g'ri baholash o'quvi yo'q.
Tez-tez qatpiy ustanovkalar bo'lmayd.. G'ayratli, ishonuvchan.
K.Q.Y. tartib qattiq, bolani biror ishga jalb (safarbar) etilgan bo'lishi.
Samimiy munosabat o'rnatilgan bo'lishi kerak, lekin bola uni kuzatayotganliklarini
his qilishi kerak.
Kuch-g'ayratini foydali ishga yo'naltirish zarur. Bunday holda birgalikda
qo'yilgan ishni bajarish rejasini tuzish vaqtini va hajmini aniqlash va bajarilishini
qattiq nazorat qilish. Bunday o'smirlarni ijobiy ustanovkalarga ega, kuchli
peshqadam guruh tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq bo'lardi.
№ 10 tip.
E: 16-20; N: 0-4
X.N.B. Artistlik xususiyatiga ega. Vaqtichog'lik qilishni yoqtiradi. Qunt,
tirishqoqlik yetishmaydi. Muloqotga kirishuvchan. Muvozanatlashgan kaltabin.
K.Q.Y. Qiziqarli maqsadlarga erishish yo'naltirishni oshirish. Artistlik
xususiyatini rag'batlantirish, lekin masqarabozlikka yo'l qo'ymaslik. 
№ 11 tip.
E: 20-24; N: 4-8
N.B.H. Faol. Muloqotga kirishuvchan. Oliyjanob, izzattalab. Hatarli


ko'ngilocharlarga tez rozi bo'ladi. Muvoffaqiyatga erishishda barchasida do'stlarni
har doim ham sinchkov emas. Minnatdor. Baozan hudbin (egoist). yoqimtoy,
tashkilotchilik layoqatiga ega.
K.Q.Y. tashkilotchilik layoqatini rag'batlantirish va rivojlantirish. Peshqadam
bo'lishi mumkin, lekin nazorat qilib tuish kerak. Dimog'dorlik, gerdayishdan tiyib
turish kerak. Jamoada peshqadam holati dangasalik, ezmalikni oson bartaraf etadi.
«Otliq» bo'lishini yoqtiradi. Zarur bo'lgan vaqtda jamoada tanqidga yo'l qo'yish
mumkin.
№ 12 tip.
E: 20-24; N: 8-16;
N.B.X. Intizomga oson bo'ysunadi. Tashkilotchi. O'z qadr-qimmatiga ega.
San'at va sportga moyil. Faol. Sevuvchan. Kishilar va hodisalarga ishqivoz,
osongina qiziqib ketadi. Ta'sirlanuvchan.
K.Q.Y. Fe'l – atvori ishchanlik rejasiga va emosionalligiga peshqadamlikka
xosdir. Peshqadamlik xususiyatini qo'llab-quvvatlash, yordam berish va xizmat,
shaxsiy rejaga ko'ra yo'naltirish kerak.
№ 13 tip.
E: 20-24; N: 16-20;
X.N.B. Murakkab tip. SHuhratparast. O'ziga bino qo'ygan. G'ayratli.
Xushchaqchaq. YUqori darajadagi maonaviy yo'nalishga ega emas. Kundalik
shodxurramlik bilan band. Xayotning bosh burchagiga maishiy ehtiyojlarni qo'yadi.
Obro'-e'tibor oldida taozim qiladi. 
Bor kuchi bilan yutuq, muvaffaqiyat va foydaga erishish uchun intiladi. Ishi
yurishmaydigan kishilardan jirkanad, nazar-pisand qilmaydi. Muloqotga
kirishuvchan. Namoyishkarona tip. O'z talablarini qattiq turib ilgari suradi.
K.Q.Y. Kattalarning maqsadi- atrofdagilarni o'ziga bo'ysundirishi,
dimog'dorlikka moyilligini hisobga olganda o'smirni «ramka ichida» ushlab
turishdan iborat. Sokin va qatpiy tarzda ta'sir ko'rsatish, boshqalarda mavjud ijobiy
sifatlarni alohida taokidlab turish. 
Tashkilotchi rolini taklif etish mumkin. Bunda o'z burchini bajarishni talab
etish kerak. Estetik tarbiyalash ham maqsadga muvofiq.
№ 14 tip.
E: 16-20; N: 20-24;
X.N.B. Xukmron. Gumansiraydigan, xafsiraydigan tip. Sinchkov,
rasmiyatchi, doim birinchilikka intiladi. Pastkash, o'zining har qanday ustunligidan
huzurlanadi. Zaharxanda, serzarda. Kuchsizlarni ustidan kulishga moyil. Qasoskor.


Mensimas. Zolim. Xorg'in. 
K.Q.Y. Beparvo bo'lmaslik kerak. Do'stona munosabatda bo'lish ham
mumkin, kinoyali munosabatda bo'lish ham mumkin. Peshqadamlik holatini
egallash uchun imkon berish mumkin, lekin buning uchun kishilar bilan emas,
qog'ozlarga bog'lash. 
E'tiborni ko'proq qaratadigan postni tanlash lozim. Iroda va qatpiylikni
rag'batlantirish kerak. Bu orqali o'smirni o'ziga va boshqalarga ijobiy emosional
munosabatlarini va ijobiy usttanovkalarni tarbiyalash lozim.
№ 15 tip.
E: 8-16; N: 20-24;
X.N.B. Doim norozi, vaysaqi, asossiz ayblash, «tirnoqdan kir qidirish»ga
moyil. Pastkash-talabchan. Zaharxandalikka moyil emas. Arzimagan narsalarga ham
tez hafa bo'ladi. Tez-tez xo'mraygan, jizzaki hasadgo'y. Biror ishda dadil emas.
Munosabatlarda bo'ysunuvchi qiyinchiliklar oldida chekinadi. Guruhda bir tomonda
turadi. Kekchi Do'stlari yo'q. Tengdoshlariga bo'yruq beradi. Ovozi past, keskin.
K.Q.Y. Hech bo'lmaganda ozgina bo'lsa ham o'zaro munosabatlarni o'rnatish.
Buni uning xavfsirash xususiyatiga asoslanish osonlashtiradi. 
Qandaydir tashkiliy ijtimoiy ishlarni yuklatish kerakki bu o'zaro munosabatlar
uning uchun tayanch hisoblanadi. 
Bunda kanselariya ishlarini tanlash mumkin. (bolada mavjud rasmiyatchilik
xususiyati bu ishni yaxshiroq bajarish imkonini beradi). Tengdoshlari bilan o'zaro
munosabatlarni yo'lga qo'yish uchun jamoa oldida uning ijro etuvchilik faoliyatini
rag'batlantirish. Bu tipdagi o'smir doimiy e'tibor va individual o'zaro munosabatlarni
talab etadi. 
№ 16 tip.
E: 4-8; N: 20-24;
X.N.B. YUksak hissiyotli tip, ishonmaydigan, yashirin-ehtirosli, kamgap,
odamovi-arazchi. Mustaqil, o'zini sevadigan, tanqidiy aqlga ega. Pessimist.
Umumlashtiruvchi tafakkurga layoqatli. Tez-tez o'ziga ishonmay qoladi.
K.Q.Y. O'zini ehtiyot qiladigan tartib va samimiylik, hurmat qilish sifatlarini
guruh oldida rag'batlantirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Haqqoniy tanqidiy
muhokamani qo'llab-quvvatlash bunda nasihatgo'ylik va tanqidbozlikka yo'l
qo'ymaslik zarur.
№ 17 tip.
E: 16-20; N: 4-8;
X.N.B. Juda ham emosional. Zavqli. Hushchaqchaq, muloqotga


kirishuvchan, sevuvchan (tez oshiq bo'ladigan). Munosabatda- farqlamadigan,
hammga nisbatan do'stona. O'zgaruvchan, sodda, bolalarcha feol-atvorli muloyim.
Atrofdagilarning yoqtirishidan foydalandi. Xayolparast. Peshqadamlikka intilmaydi.
CHunki yashirin do'stona bog'likni afzal ko'radi.
K.Q.Y. Ijobiy kayfiyatni qo'llab-quvvatlab, estetik moyillikni rivojlantirish
mumkin, ishtiyoqini qo'llab-quvvatlash. Irodaviy sifatlarni rivojlantirishga e'tiborni
qaratish kerak, 
№ 18 tip.
E: 4-8; 
N: 16-20;
X.N.B. Birovdan namuna oladi. Juda ham rahmdil, ko'ngilchan, kuchsizlarni
qo'llab-quvvatlashga moyil, yashirin-do'stona bog'liqlikni afzal ko'radi. Kayfiyati
ko'p xollarda tinch. Kamsuqum, uyatchan. O'ziga ishonchsiz, kuzatuvchi,
xayolchan. Noqulay sharoitda tez hushyor va gumonsiraydigan bo'lib qoladi.
K.Q.Y. Ehtiyot qilib rivojlantirish yo'lga solish tavsiya etiladi. Asta-sekin
nazorat qilmoq va osoyishta-samimiy munosabatda bo'lish. Maqsadga erishish, faol
holatni shakllantirish, munosabatlarni to'g'ri yo'lga solish kabi, qiyin vaziyatlarda
yordam berish. Salbiy baholashda namoyishkorona muhokamaga yo'l qo'ymaslik
kerak. 
№ 19 tip.
E: 4-8; 
N: 4-8;
X.N.B. Osoyishta tip. Indamas, mulohazali. Sekin-faoliyatli, juda ham izchil,
mustaqil, sinchkov. Beg'araz, kamsuqum, past-emosional. Ba'zida reallikdan uzoq.
K.Q.Y. Bu tipdagi o'smirda o'z-o'ziga baho berishni oshirish, intilish tizimini
rivojlantirish, qobiliyat va moyilliklarini ochish kerak. Nimagadir qiziqtirish yuqori
darajada shaxsiy maxsulotni talab etadigan ishni topshirish mumkin. 
Bunda kishilar bilan emas qog'ozlar bilan bog'liq ishlarni topshirish
maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu tipdagi o'smir turli muammolar bo'yicha maslahatga
muhtoj bo'ladi, lekin nazokat, odob, xushmuomilalik bilan ifodalanadi.
№ 20 tip.
E: 16-20; N: 16-20;
X.N.B. U juda ham namoyishkorona, hamdardlik ko'rsata olmaydi. Emosional
kambag'al. O'zini jamoaga taqqoslashni yoqtiradi. O'zi uchun qadr-qimmatga ega
yutuqlarga erishishda juda ham g'ayratli. Obro'-e'tibor talab. Ikki yuzlamachi.
Amaliyotchi.
K.Q.Y. Salbiy xislatlarni kuchaytirmaslik uchun o'zaro munosabatlarda
yumshoq, sabrli bo'lish kerak. O'smirni g'ayratini ijobiy tomonga yo'naltirish uchun


sport va texnika mashg'ulotlarini qiziqtirish kerak, ehtiyojini esa birinchi bo'lishga.
Estetik tarbiyalash mumkin. Kuchli peshqadamga ega ijobiy ijtimoiy guruhlarga
qo'shish zarur.
№ 21 tip.
E: 12-16; N: 8-12;
X.N.B. Juda ham g'ayratli, hushchaqchaq. Tomoshabinlarning sevimligi. Bu
tipdagi o'smirlar baxtli hisoblanadilar. Haqiqatdan ham ular ko'pincha juda
iqtidorli , oson o'rganadilar, artistona, tez charchashmaydi.. Ba'zan bu sifatlar salbiy
natajalarni beradi. 
O'smirlar yoshligidan ularga nima oson bo'lsa o'zini shunga jalb etadi.
Natijada Muvaffaqiyatga erishish maqsadini jiddiy o'rganishmaydi. Hamma narsani
tashlashlari oson, tez-tez do'stlikni uzib qo'yishadi. YUzaki. Past darajada ijtimoiy
intelektga ega. 
K.Q.Y. Samimiy. Talabchan munosabat talab etiladi. Jamoada peshqadam
vazifasiga tayinlamagan ma'qul. Topshiriqlarni bajarishni qat'iy talab etish kerak.
O'smir bilan biror faoliyatga maqsad topish kerak, bajarish vaqtini belgilash,
bajarilishini nazorat qilish kerak. 
Bu bir tomondan oldiga qo'yilgan maqsadga erishishga yordam bersa,
ikkinchi tomondan tartibli ishlashga o'rgatadi.
№ 22 tip.
E: 8-12; N: 8-12;
X.N.B. Juda passiv-befarq. O'ziga ishongan. Atrofdagilar bilan munosabatda
qat'iy-talabchan. Kekchi. Tez-tez passiv o'jarlik namoyon bo'ladi. Juda rasmiyatchi,
pastkash. Mulahazali, sovuqqon. Boshqalarning fikriga nisbatan befarq. Rigid,
odatiy ishlarni va maishiy bir xillikni afzal ko'radi. Nutq ohangi ifodalananligi pasti.
Estetik darajasi past.
K.Q.Y. O'smirni tarbiyalash uchun qiziqarli ekanligini his qilishni yuzaga
keltirish. Maishiy sohaning ikir-chikirlariga qiziqtirish kerak. Ijtimoiy topishirqlarni
tanlashda tartibli saranjom-sarishtalikni talab etadigan ishlarni bajarishni tanlash
ma'qul. Ishning bajarilishini rag'batlantirish. Mashg'ulotlar tanlashda yordam berish.
№ 23 tip.
X.N.B. Muloqotga kirishuvchan, faol. Tashabbuskor, ishqivoz. Bunda o'zini
boshqara oladi. Mo'ljallangan maqsadga erishishni biladi. Izzattalab.
Peshqadamlikni yoqtirmaydi va tashabbuskor bo'la oladi. Atrofdagilarning ishonchi
va samimiy hurmatlaridan foydalanadi. Xarakteri yengil, estetik, kayfiyati chog'.
K.Q.Y. Peshqadamlikka imkon yaratish. Guruhiy va yakka masalalarni


yechishda yordam berish. 
№ 24 tip.
E: 12-16; N: 4-8;
X.N.B. Faol, muvozanatlashgan tip. G'ayratli. Muloqotga kirishuvchanligi
o'rtacha. Ko'p sonli do'stlarga bog'langan. Tartibli. O'z olidiga muammolarni qo'ya
oladi va ularni yechimini topishga erishadi. Raqobatga moyil emas. Ba'zida arazchi.
K.Q.Y. Atrofdagilarning osoyishta ishonchli munosabatlarini afzal ko'radi.
Aniq ishga aloqador bog'lanishlarni to'g'rilash maqsadga muvofiq. 
№ 25 tip.
E: 8-12; 
N:4-8;
X.N.B. Faol, ba'zida portlovchi, ba'zida beparvo-quvnoq. Tez-tez osoyishta-
befarq. Tashabbuskorlik deyarlik namoyon bo'lmaydi, ko'rsatma asosida harakat
qiladi. Ijtimoiy munosabatlarda passiv. CHuqur emosional kechinmalarga
beriluvchan emas. Sinchkovlik talab etiladigan, bir xilligi o'zgarmas ishlarga moyil.
K.Q.Y. Osoyishta-ish yuzasidan munosabat maqsadga muvofiq bo'lardi.
YAkka mashg'ulotlarni topish va tavsiya etish kerak. Administrativ ishlarni yaxshi
amalga oshiradi. 
№ 26 tip.
E: 12-16; N: 8-12;
X.N.B. Sokin, muvozanatlashgan, sabr-toqatli, rasmiyatchi. Izzattalab. Aniq
maqsadli. Qattiq prinsipga, qoidaga ega. Vaqti-vaqti bilan arazchi.
K.Q.Y. Uni osoyishta templi, ishonchli ishlarni yoqtirishini hisobga oling.
Betakalluflikka moyil emas. Guruh olida tartibligi, bajaruvchiligini rag'batlantirish
mumkin. O'z kuchiga ishonchni oshirish ustida ishlash kerak.
№ 27 tip.
E: 4-8; N: 12-16;
X.N.B. Muvozanatlashgan, melanxoliklarcha nozik hissiyotli. Tez ko'ngil
qo'yadigan; ishonchli-yashirin munosabatlarni qadrlaydi. Sokin. Hazilni qadrlaydi.
Optimist. Ba'zida sarosimaga tushadi, ba'zida depressiyaga. Ko'p hollarda
osoyishta-uyatchan.
K.Q.Y. Faol-osoyishta faoliyatini yuzaga keltirish. Qat'iy vaqtni belgilashdan
qochgan ma'qul. Estetik va adabiy mashg'ulotlar tavsiya etiladi. 
№ 28 tip.
E: 8-12; N: 16-20;


X.N.B. Melanxoliklarga xoslik, haqiqatgo'y, jiddiy bir so'zli. Ba'zida g'amgin-
xavotirli kayfiyatga moyil. Davradagi ko'p sonli kishilar bilan do'stlashadi. Arazchi
emas, lekin ba'zida shubhalanuvchan. Qat'iy savollarga mustaqil yechim topa oladi,
lekin bu emosional hayotdagi yaqinlariga bog'liq.
K.Q.Y. O'z-o'ziga baho berishni oshirish, o'ziga ishonchni mustahkamlashga
yo'naltirish tavsiya etiladi. 
№ 29 tip.
E: 12-16; N: 16-20;
X.N.B. Atrofdagilarga qatpiy talabchan; o'jar, mag'rur, juda ham izzattalab,
g'ayratli, muloqotga kirishuvchan. Kayfiyati ko'p hollarda jangovor.
Omadsizliklarini yashiradi. Ko'zga yaqin bo'lishni yoqtiradi. Sovuqqon.
K.Q.Y. O'zaro munosabatlarni yuqori talabchanlik hurmat asosiga qurish.
Agar o'smir balandparvoz (manman) bo'lsa ayblaridan kulish mumkin. 
№ 30 tip.
E: 16-20; N: 12-16;
X.N.B. Mag'rur, birinchilikka intiladi. Kekchi. Hamma sohada peshqadam.
Bo'lishga intiladi. G'ayratli, bir so'zli, qatpiyatli. Osoyishta, tejamkor Xaf-
hatarlarni yoqtiradi, muvaffaqiyatga erishishda chekinmaydi. Quruq sovuq bo'lsa
ham artistlikdan mahrum emas.
K.Q.Y. Gerdayishga yo'l qo'ymaslik. Ijobiy tomonlarga kuchaytirgan holda
ushlash. Peshqadamlikda yordam berish, Munosabatlarda bo'yruqbozlikka yo'l
qo'ymaslik. Darg'azablikni neytrallashtirish. Ijtimoiy intellektni rivojlantirish
№ 31 tip.
X.N.B. Uyatchan, hasadgo'y emas. Mustaqillikka intiladi, tez-tez ko'ngil
qo'yadigan samimiy. yaqinlari davrasida kuzatuvchanlik, hazilkashlik namoyon
bo'ladi. CHuqur ishonchli munosabatlarga moyil. Xavf-xatarli vaziyatlardan
qochadi. 
Tez tempga toqati yo'q. Ba'zida muammoni tez yechimini topishga layoqatli.
O'z ishlaridan tez-tez afsuslanib turadi. Muvaffaqqiyatsizliklarda faqat o'zini
ayblaydi. 
K.Q.Y. Osoyishta, samimiy holat bilan ta'minlash. Ish yuzasidan faol yechim
topish ishlariga jalb qilish. Ijtimoiy faollikni rag'batlantirish qandaydir tadbirda
ishtirok etishga jalb etish zarur. 
№ 32 tip.
E: 12-16; N: 12-16;


X.N.B. SHuhratparast, muvaffaqqiyatsizliklar o'ziga bo'lgan ishonchni
yo'qotmaydi. Kekchi. Takabbur (manman) G'ayratli Qat'iyatli. Aniq maqsadli.
Kelishmovchiliklarga moyil. Nohaq bo'lganda ham yon bermaydi. Vijdonini ishga
solmaydi. 
Muloqotda hamdardlik, qayg'udosh bo'lishga moyil emas. Ma'lumotlar berib
turilishini qadrlaydi. Emosional jihatdan chegaralangan tip.
(500 kishi orasida
)
Tasvir ko'rinishi G.Rid
bo'yicha
Psixologik tip K.YUng
bo'yicha
Tasvirlararo
miqdoriy
farqlar
Sanab o'tuvchi
Fikriy ekstrovert
2,4
Organik
Fikriy introvert
30,3
Emfatik
Sezuvchi ekstrovert
3,2
Gaptik
Sezuvchi introvert
2,2
Dekorativ
Hissiy ekstrovert
8,8
Imajitar
Hissiy introvert
13,2
Ritmik
Intuitiv ekstrovert
20,8
Strukturali
Intuitiv introvert
19,1

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin