Baxtiyor. Uz o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!


 Temperamentning namoyon bo'lishini o'rganish metodikasi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/27
tarix16.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#79384
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Maktab-amaliyotchi-psixologi-uchun-sorovnomalar-toplami

13. Temperamentning namoyon bo'lishini o'rganish metodikasi 
(Ayzenk so'rovnomasi bo'yicha o'smirlar uchun)
Temperamentning namoyon bo'lishi. (o'smirlar uchun)


Ushbu metodika Ayzenk so'rovnomasi (o'smirlar uchun) bo'lib, natijalar
neyrotizm shkalasi va interversiya shkalasi bilan bog'liq tarzda o'smirlar bilan
o'zaro munosabatning asosiy yo'nalishi taktikasi va har bir tipning xususiyatlarini
verbal izohlashdan iborat.
Tadqiqotning maqsadi: O'smirlar bilan o'zaro munosabatning asosiy yo'nalishi
taktikasi va har bir tipning xususiyatlarini verbal izohlash
Tadqiqot uchun zarur jihozlar: Ayzenk savolnomasi, qog'oz, ruchka yoki
qalam.
Tadqiqotning borishi: Metodikani o'tkazish bosqichlari:
Ayzenk testini o'tkazish.
Natijalarni hisoblash.
Natijalarni tiplar jadvali bo'yicha gradasiyalash natijalari.
«YOlg'on» shkalasi bo'yicha 
natijalar 5 dan yuqori bo'lganlar tanlovi.
Ko'rsatma: Berilgan savollarga sinaluvchi o'ylab o'tirmasdan «ha» yoki
«yo'q» javobini berishlari kerak.
Ayzenk savolnomasi.
Atrofingizda shovqin va g'ala-g'ovur bo'lishini xush ko'rasizmi?
Sizni qo'llab-quvvatlab turadigan do'stlarga doim muhtojmisiz?
Sizdan biror nima haqida so'rashsa siz doim tezda javob topa olasizmi?
Siz nimadandir g'azablangan holatlar bo'lib turadimi?
Sizni kayfiyatingiz tez-tez o'zgarib turadimi?
Sizga bolalar davrasidan ko'ra kitoblar bilan bo'lish yoqimli va qulay ekanligi
to'g'rimi?
Turli fikrlar sizga tez-tez uxlash uchun xalaqit beradimi?
Siz har doim ham sizga nima deyishsa aytganidek shuni qilasizmi?
Siz kimningdir ustidan hazil qilishni yaxshi ko'rasizmi?
Siz bunga haqiqiy sabab bo'lmasada o'zingizni hech baxtsiz his qilganmisiz?
Siz o'zingizni quvnoq, jonli, kirishuvchan inson deya olasizmi?
Siz maktabda tartib-qoidalarni qoidalarni buzganmisiz?
Siz biror narsadan tez-tez g'azablanib turasizmi?
Sizga barcha ishni tez-tez bajarish yoqadimi? 
Siz xavfli tugashiga oz qolgan hodisadan tashvishlanasizmi, lekin u yaxshilik
bilan tugagan bo'lsada?
Sizga har qanday sirni ishonish mumkinmi?
Siz tengdoshlaringiz bilan bo'lgan zerikarli davralarni qiynalmay, osonlik
bilan jonlantirib yubora olasizmi?
Sizda hech qanday sababsiz (jismoniy yuklamasiz) yuragingizni tez urish
holati bo'lib turadimi? 


Siz ko'pincha kim bilandir do'stlashish uchun birinchi bo'lib qadam qo'ya
olasizmi?
Siz qachondir yolg'on gapirganmisiz?
Sizni va sizning ishingizni tanqid qilishsa tezda hafa bo'lasizmi?
Siz do'stlaringiz bilan tez-tez hazillashib va bo'lib o'tgan kulgili voqealarni
gapirib berasizmi?
Siz o'zingizni tez-tez charchagan his qilasizmi?
Siz doim avval darsingizni, keyin boshqalarini bajarasizmi?
Siz ko'pincha xursand va hammadan mamnunmisiz?
Siz tez xafa bo'lasizmi? 
Siz boshqa bolalar bilan muloqotda bo'lishni juda yaxshi ko'rasizmi?
Siz doim oilangizdagilarni xo'jalik ishlarida yordamlashish iltimoslarini
bajarasizmi? 
Sizda bosh aylanish holati bo'lib turadimi?
Sizning harakatlaringiz va hulqingiz boshqalarni noqulay ahvolga solib
qo'yadigan holat bo'lib turadimi?
Siz biror nimani joningizga tekkanini tez-tez his qilasizmi?
Siz ba'zida maqtanishni yaxshi ko'rasizmi?
Siz notanish kishilar orasiga tushib qolsangiz, ko'pincha indamay, tek
o'tirasizmi?
Siz ba'zan bir joyda o'tira olmasligingizdan xavotirlanasizmi?
Siz ko'pincha tez qaror qabul qilasizmi?
Siz sinfda hech shovqin qilmaysizmi, hatto o'qituvchi yo'q bo'lganda ham?
Siz tez-tez qo'rqinchli tushlar ko'rasizmi?
Siz do'stlaringiz davrasida quvnoq bo'lib, hissiyotlaringizga erk bera
olasizmi?
Sizni xafa qilish osonmi?
Sizni biror odam haqida yomon gapirgan holatingiz bo'lganmi?
Siz har doim ham atay o'ylab olish uchun to'xtamay, tez gapirishingiz va
harakat qilishingiz to'g'rimi?
Siz qachondir ahmoqlik holatiga tushib qolgansiz, keyin uzoq vaqt
tashvishlanasizmi?
Sizga shovqinli va quvnoq o'yinlar juda yoqadimi?
Siz doim nima berishsa shuni yeysizmi, ya'ni ovqat tanlamaysizmi?
Sizdan nimadir iltimos qilishsa «yo'q» deyishga qiynalasizmi?
Sizga tez-tez mehmonga borish yoqadimi?
Sizni hayotda yashash qiyin degan vaqtlaringiz bo'lib turadimi?
Siz qachondir ota-onangizga qo'pollik qilganmisiz?
O'rtoqlaringiz sizni quvnoq va hozirjavob inson deb hisoblashadimi?


Siz dars qilayotgan vaqtda tez-tez chalg'ib turasizmi?
Siz ko'pincha quvnoq vaziyatni yuzaga keltirish uchun faol qatnashgandan
ko'ra, o'tirib tomosha qilasizmi?
Siz ko'pincha turli fikrlar bilan uxlashga qiynalasizmi?
Sizda oldindan bajarishingiz kerak bo'lgan ishlarni bajara olishingizga to'la
ishongan paytlar bo'lib turadimi?
Siz o'zingizni yolg'iz his qilgan paytlar bo'lib turadimi?
Siz yangi uchratgan insonlarga birinchi bo'lib gapirishga uyalasizmi?
Sizda to'g'rilashingiz kech bo'lgan biror nimani o'ylab siqilish holatlari bo'lib
turadimi?
Bolalardan birortasi sizga baqirsa, siz ham javob tariqasida unga baqirasizmi?
Siz ba'zida hech qanday sababsiz o'zingizni quvnoq yoki hafa his qilasizmi?
Siz do'stingizni jonli (quvnoq) davrasida haqiqiy qoniqish olish qiyin, deb
hisoblaysizmi?
Siz tez-tez o'ylanmay qilingan biror nima uchun doim tashvishlanasizmi?
Kalit
Ekstreversiya (e)
«XA»: 1,3,9,11,14,17,19,22,25,27,30,35,38,41,43,46,49,53,57.
«Yo'q» : 6,33,51,55,59.
Neyrotizm (n)
«Ha»: 2,5,7,10,13,15,18,21,23,26,29,31,34,37,39,42,45,47,50,52,54,56,58,60
«YOlg'on»
«Ha»: 8,16,24,28,36,44
«Yo'q»: 4,12,20,32,40,48
Natijalar quyidagi jadval bo'yicha gradasiyalanadi

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin