Baxtiyor. Uz o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!


Figuraning markaziy qismi tahlili (bosh yoki uning o'rnini bosuvchi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/27
tarix16.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#79384
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Maktab-amaliyotchi-psixologi-uchun-sorovnomalar-toplami

Figuraning markaziy qismi tahlili (bosh yoki uning o'rnini bosuvchi
qism) 
Agar bosh o'ngga qaragan bo'lsa, faoliyatga bo'lgan barqaror intilish,
harakatchanlikni bildiradi. Bunda rejalashtirilgan, o'ylangan barcha fikrlar amalga


oshiriladi yoki garchi oxirigacha yetkazilmasada uni amalga oshirishga kirishiladi.
Bosh chap tarafga qaratib chizilgan bo'lsa, refleksiya, o'zini boshqalar qanday
idrok qilishlari haqida o'ylash, fikrlashga moyillik. Bunday sinaluvchilar harakat
kishilari emas, ular o'ylaganlarining bir qisminigina amalga oshiradilar. Ba'zida bu
shaxsning faol harakat qilishdan cho'chishi, qat'iyatsizlik sifatida qaraladi (biroq
buni boshqa yo'llar orqali tekshirish lozim).
“Anfas” holati, ya'ni bosh rasm chizayotgan shaxs tomonga qarata chizilgan
bo'lsa, bu holat egosentrizm sifatida talqin etiladi.
Agar bosh qismda sezgi organlariga mos detallar aks ettirilsa, ya'ni quloq,
og'iz, ko'z – bular axborot olishga qiziquvchanlik, atrofdagilarning o'zi haqidagi
fikrlariga ahamiyat berishlik, deb qaraladi.
Qisman ochiq og'iz til bilan uyg'unlashgan holda biroq lablar aniq
chizilmagan holda tasvirlansa, kuchli nutqiy faollik (haddan ziyod ko'p gapirish)
sifatida, lablar aniq chizilsa, sezgirlik sifatida baholanadi. 
Til va lablarsiz, ayniqsa qattiq botirib chizilgan ochiq og'izqo'rqinch va
tashvish, ishonchsizlikning oson yuzaga kelishidan; tishlar bilan tasvirlangan og'iz –
verbal agressiya, ko'pchilik hollarda himoyaviy agressiya (shaxsga qaratilgan salbiy
murojatga nisbatan qo'pollik qilish, g'ijinish, so'kinish kabilar) dan darak beradi.
SHuni ta'kidlash lozimki, bolalar va o'smirlar uchun og'izni dumaloq shaklda
tasvirlash xosdir. Bu esa sinaluvchidagi qo'rqinch va xavotirlanish holatlarini
bildiradi. 
Rasmda tasvirlangan ko'zlarga alohida ahamiyat berish zarur. Agar ko'z
qorachig'i alohida urg'u bilan chizilsa – bu insonga xos bo'lgan qo'rquv
kechinmasining belgisi sanaladi. Bunda kipriklarning bor yoki yo'qligiga ham
ahamiyat berish zarur. Kipriklar – xulq-atvorning namoyishkorona – jazava usuli. 
Erkaklar rasmlarida kipriklar tasvirlansa, ularda ayollar xarakteriga xos
sifatlar mavjudligidan darakdir. SHuningdek, kipriklar sinaluvchining atrofdagilarni
o'z tashqi chiroyi, kiyinish uslubi bilan lol qoldirishga intilishi, bu jihatlarga katta
e'tibor bilan qarashini bildiradi. 
Agar rasmning bosh qismi butun figura o'lchamiga nisbatan katta bo'lsa,
sinaluvchi o'zidagi va atrofdagi kishilardagi fikrlash, erudisiyani qadrlashidan darak
beradi. 
Ba'zi hollarda boshda qo'shimcha detallar, masalan, shox tasvirlanishi
mumkin. SHoxlar - himoya va agressiya timsoli bo'lib, boshqa belgilar (tirnoq,
dag'al jun, igna) bilan birgalikda tasvirlansa, bu tajovuzkor xarakter, spontan yoki
himoyaviy agressiya ekanligini bildiradi. hayvondagi patlar - o'zini bezab ko'rsatish,
o'zini oqlash, namoyish qilishga moyillik bo'lsa, yol, jun va shunga o'xshash soch
turmaklari - hissiyot, o'z jinsini ta'kidlash, o'zining seksual roliga e'tiborni qaratish
belgisi hisoblanadi. 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin