Baxtiyor. Uz o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/27
tarix16.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#79384
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Maktab-amaliyotchi-psixologi-uchun-sorovnomalar-toplami

11.“Kaktus”
Kaktus deb nomlanadigan grafik metodika uch yoshdan katta bo'lgan
bolalarga mo'ljallangan. Metodika yordamida bolaning emosional sohasini «ko'rish»
mumkin, tajovuzkorlik mavjudligini, uni yo'nalishini, intensivligini va boshqalarni
aniqlash mumkin. 
Eslatmoqchimizki, diagnostikada grafik metodikalar klassik testlar va
psixologiyaning asosiy metodlari (kuzatish, suhbat, eksperiment va boshqalar) bilan
birgalikda komileks ravishda qo'llaniladi. 
Diagnostika usullarini birgalikda qo'llash sinaluvchini hamkorlikda ishlashga
yo'naltirish, shaxsning umumiy xarakteristikalarini olish, ehtimoli bo'lgan
muammolarni belgilash va boshqa testlar yordamida olingan natijalarni tasdiqlash
imkonini beradi.
Diagnostika o'tkazish jarayonida sinaluvchiga A 4 formatdagi oq qog'oz va
oddiy qalam beriladi. SHuningdek, Lyusher testidagi sakkiz xil rangdagi
qalamlardan ham foydalanish mumkin, bu holatda natijalarni tahlil qilishda Lyusher
testining mos ravishdagi ko'rsatkichlari hisobga olinadi.
Ko'rsatma:
«Oq qog'oz varag'ida o'zing qanday tasavvur qilsang, xuddi shunday kaktus
rasmini chiz».
Savollar berish va qo'shimcha tushuntirish mumkin emas.
Natijalarni qayta ishlash jarayonida barcha grafik metodlarga xos bo'lgan
ma'lumotlar inobatga olinadi: rasmning fazoviy joylashuvi va razmeri (hajmi),


chiziqlar xarakteristikasi, qalamni bosib yozish kuchi. 
Bundan tashqari, aynan ushbu metodikaga xos bo'lgan quyidagi ko'rsatkichlar
hisobga olinadi: «kaktus obrazi» xarakteristikasi (yovvoyi, xonaki, sodda, oddiy, har
bir detali chizilgan va boshqalar), ignachalar xarakteristikasi (kattaligi, joylashuvi,
miqdori).
Rasmda sinaluvchilarning quyidagi sifatlari namoyon bo'lishi mumkin:
Tajovuzkorlik - ignachalarning mavjudligi. Kuchli bo'rtib chiqib turgan, uzun,
bir-biriga yaqin joylashgan ignachalar yuqori darajada tajovuzkorlikni ifodalaydi.
Impulsivlik - chiziqlardagi uzilishlar, kuchli bosim bilan chizish;
Egosentrizm, liderlikka intilish - varaqning markazida joylashgan katta rasm.
O'ziga ishonchsizlik, tobelik - varakning quyi qismida joylashgan kichik
rasm.
Namoyishkorlik, ochiqlik - kaktusda bo'rtib chiqib turgan o'simtalarning
borligi, shaklning jimjimadorligi.
YOpiklik, ehtiyotkorlik - kaktus konturi bo'yicha yoki ichida zigzaglarning
joylashuvi.
Optimizm - yorqin ranglardan foydalanish (rangli qalamlar variantida),
«xursand» kaktuslarni ifodalash;
Xavotirlanish - qora ranglardan foydalanish (rangli qalamlardan foydalanish
variantida), uzuq-yuluq chiziqlar yordamidagi ichki shtrixovkalarning ko'pligi;
Ayollik xususiyatlari - bezaklarning, gullarning, yumshoq chiziq va
shakllarning borligi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin