Baxtiyor. Uz o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!


Figuraning tayanch qismlari tahlili (oyoqlar, panja, ba'zida postament)



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/27
tarix16.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#79384
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Maktab-amaliyotchi-psixologi-uchun-sorovnomalar-toplami

Figuraning tayanch qismlari tahlili (oyoqlar, panja, ba'zida postament) 
Bunda asosiy e'tibor bu qismning butun figura va shakl o'lchamlari nisbatiga,
oyoq qismining tana bilan qanday birlashishiga, oyoqlar hamda panjalarning qaysi
tomonga yo'naltirilganligiga qaratilishi zarur. 
Agar oyoqlar tana bilan aniq, puxta biriktirilsa, bu qaror qabul qilishning
asosliligi, o'ylanganligi, rasionallik belgisi; agar birlashtirish pala-partish zaif bo'lsa,
yoki umuman birlashmagan bo'lsa yoki oyoq, asos umuman bo'lmasa – bu yuzaki
fikrlash, xulosa chiqarishga yengil-elpi qarash, ba'zida qaror qabul qilishning
impulsivligidan darak beradi. 
Oyoq, panja shakllarining bir xilligi va bir tomonga yo'nalganligi - qaror
qabul qilishning konformligi (mustaqil emasligi), oddiyligi, standartligi hisoblanadi.
Bu detallarning shakli va holatidagi har xillik, aksincha, fikr va ustanovkalarning
o'ziga xosligi, mustaqilligi, ba'zida ijodiylik belgisi.
Figuraning yuqorisida joylashgan qismlar tahlili
Qanotlar, qisqichlar, pat, jingalak soch, bantik kabilar - o'ziga ishonch,
qiziquvchanlik, atrofdagilarning ishlarida iloji boricha ko'proq ishtirok etish, o'z
faoliyatiga berilib ketish belgisi. Bezovchi detallar – namoyishkorlik, atrofdagilar
e'tiborini o'ziga qaratishga moyillikdan darak beradi. 
Dumlar – sinaluvchining o'z xatti-harakati, qaror va xulosalariga
munosabatini bildiradi. 
Agar dum qog'ozda o'ngga qarata chizilsa, bu sinaluvchining o'z harakati va
hulq-atvoriga munosabat, chapga qaragan bo'lsa, bu o'z fikr, qarorlari, boy berilgan
imkoniyatlariga, qat'iyatsizligiga munosabatni aks ettiradi. 
Bu munosabatning ijobiy yoki salbiy xarakteri dumning yuqoriga (ishonch va
tetiklik) yoki pastga (o'zidan qoniqmaslik, o'zining haqligidan shubhalanish, aytgan
gaplari, qilgan ishlaridan afsuslanish) qaratilishida ifodalanadi. Bunda bir necha,
ba'zan takrorlanuvchi bo'g'inlardan tashkil topuvchi, ayniqsa haddan ziyod qalin,
uzun va tarvaqaylab ketgan dumga e'tibor berish lozim. 
Figura konturlari. 
Bo'rtib chiqishlar (arqon, igna tipidagi), kontur chiziqlarining bosib, qalin
chizilishi mavjudligi yoki yo'qligiga qarab tahlil qilinadi. u atrofdagilardan
himoyalanish belgisi hisoblanadi. 
Agar bo'rtib chiqishlar o'tkir burchaklar bilan bajarilsa – tajovuzkor himoya;
agar kontur chizig'i “bo'yab”, qora qilib chizilsa - qo'rqinch va tashvishlanish; agar
qalqon qo'yilsa va chiziqlar ikkitadan bo'lsa – (xavotirlanish) cho'chish va
shubhalanish sifatida tahlil qilinadi. 
Fazoviy joylashuviga qarab bunday himoyaning yo'nalishi aniqlanadi:


figuraning yuqori konturi - o'ziga nisbatan yoshi kattalar, ota-onalar, o'qituvchilar,
boshliqlar, rahbarlar, ya'ni ta'qiq, zo'rliklarni amalga oshiruvchi shaxslarga nisbatan;
pastki kontur - o'zidan yosh jihatdan kichkinalar, qo'l ostidagilarning masharalashi,
qabul qilmaslik, ular o'rtasida obro'sining yo'qligi; yon tarafdagi konturlar – aniq
bo'lmagan xavotir, har qanday vaziyatda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli xavfga
nisbatan o'zini himoya qilishga tayyorlik deb baholanadi. 
Agar “himoya” elementlari kontur ichida joylashsa, ya'ni chizilgan hayvon
korpusida bo'lsa va ular o'ng tarafga yaqin tursa, bu real faoliyat jarayonidagi hamda
chap tarafda bo'lsa – ko'proq o'z fikr, e'tiqod didiga nisbatan himoya sifatida talqin
qilinadi.
Umumiy energiya. 
Umumiy energiyani baholash o'ylab topilgan hayvon haqida tasavvur hosil
qilish uchun ishlatilgan detallar, tana, bosh, dum, qanot miqdoriga qarab amalga
oshiriladi. 
Tarkibiy qismlar va elementlar (eng zarurlaridan tashqari) qanchalik ko'p
bo'lsa, energiya shunchalik ko'p hisoblanadi. Lekin buning aksi bo'lsa, bu energiyani
tejash, organizmning astenikligini, o'tkir somatik kasalliklardan dalolat beradi. Bu
belgilarni chiziq xarakteri – zaif - to'rsimon chiziqlar, qalamni bosmasdan, qog'oz
ustida shunchaki yurgizish orqali tasdiqlashi mumkin. 
CHiziqlar qalin va bosib chizilgan bo'lsa, bu energiya tarzida emas, balki
xavotirlanish sifatida baholanadi. Bunda ayniqsa, qattiq bosib chizilgan, hattoki
varaqning orqa tarafidan ko'rinib turgan chiziqlarga e'tibor qaratilishi lozim. 
Bu ya'ni rasm chizayotgan qo'l muskullarining yuqori tonusi – kuchli
xavotirlanishdan darak beradi. SHu bilan birga rasmdagi qaysi detal, qaysi timsol
shunday aks ettirilganligiga diqqat qilish zarur, chunki ular yordamida xavotirlanish
nima bilan bog'langanligini aniqlash mumkin. 
Mazmuni va mavzusi jihatidan hayvonlar xavf soluvchi, neytral turlarga
ajratilishi mumkin (masalan arslon, begemot, bo'ri yoki qushlar, chumoli va
olmaxon, it, mushuk kabilar) bu holda chizilgan hayvonlar rasmi – rasm
chizayotgan shaxs namoyondasi; o'zini rasmdagi hayvon bilan identifikasiyalash; o'z
shaxsi va “Men”iga munosabat, o'zining mavqei haqidagi tasavvurlar sifatida
baholanadi.
Insonga o'xshatib chizilgan ikki oyoq, odamlarga o'xshatib kiyintirish, -
hayvon yuzi odamnikiga o'xshash qilib, oyoq yoki panja qo'l sifatida tasvirlansa –
bu infantillik, emosional jihatdan yetuk emaslikdan dalolatdir. 
Agressivlik darajasi – rasmdagi burchaklar xarakteri, miqdori va joylashuvi
orqali ifodalanadi. Bunda burchaklarning tasvirdagi boshqa detallar bilan aloqasi
ahamiyatli emas. Ayniqsa – tirnoq, tish, tumshuq kabi agressiya timsollariga e'tibor
qaratish zarur. 


SHuningdek seksual belgilar, ayniqsa, insonga o'xshash figuradagi ko'krak,
yelin va shunga o'xshash elementlarga e'tibor berish lozimki, ular insonning jinsga
nisbatan munosabatini bildiradi. Aylana figurasi (ayniqsa ichi bo'sh) ichki
dunyoning sirliligi, yopiqligi, odamovilik, atrofdagilarga o'zi haqida ma'lumot
berishni istamaslikni ifodalaydi. Bunaqa rasm odatda tahlil qilish uchun yetarli
ma'lumot bera olmaydi. 
SHu bilan birga “hayvon” tanasiga mexanik qismlar o'rnatilishiga ham e'tibor
berish talab qilinadi. Masalan, hayvon oyoqlari o'rniga traktor yoki tank zanjirini
chizish, 3 ta oyoq; bosh qismiga vint, ko'z o'rniga elektr lampochkasi, tanaga turli
klavish, antennalar o'rnatish ko'proq shizofreniya bilan kasallanganlarda kuzatiladi.
Insonning ijodiy imkoniyatlari odatda figuradagi elementlarning o'ziga
xosligi, uning murakkab tuzilishga egaligi bilan belgilanadi. “Tayyor”, mavjud
hayvonlarning elementlaridan tashkil topgan rasm, masalan, qanotli mushuk, patli
baliq, panjali it – ijodiylikning mavjud emasligi sifatida talqin qilinadi. Figurani
qurishda tayyor qismlardan emas, balki turli elementlardan foydalanish originallik
ifodasidir.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin