Baxtiyor. Uz o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!


SHaxs yo'nalganligini aniqlash metodikasining savolnomasi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/27
tarix16.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#79384
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Maktab-amaliyotchi-psixologi-uchun-sorovnomalar-toplami

15. SHaxs yo'nalganligini aniqlash metodikasining savolnomasi.
(V.Smekal va M.Kuchera)
Ushbu test 27 savoldan iborat bo'lib, ularning xar biriga uch variantda javob
berishingiz mumkin. (A,V,S tarzida).
Savolni diqqat bilan o'qing. Javoblar orasida Sizning ichki dunyoingizga eng
yaqin bo'lgan javobni tanlang (faraz qilamiz – “V”). Endi javob varaqasining
tegishli satridan “V” xarfini topib, uning chap yoniga (“to'g'ri keladi” degan so'zlar
ostiga) belgi (“+”) qo'ying.
O'sha savolni yana bir marta o'qing. Endi qolgan ikki javob varianti (“A” va
“S”) orasidan Sizning nazaringizga eng kam to'g'ri keladiganini yoki Siz uchun


qimmati past bo'lganini tanlang. (faraz qilamiz – “A”) .so'ngra javob varaqasining
yana o'sha satridan “A” xarfini topib, uning o'ng yoniga (“to'g'ri kelmaydi” so'zlari
ostiga) belgi (“+”) qo'ying. Uchinchi javob varianti esa (bizning misolda – “S”)
xech qaerda belgilanmaydi. 
Demak, xar bir satrga satrga ikkitadan “+” belgisini qo'yishingiz kerak
bo'ladi: birinchisi – A, V yoki S variantlaridan birining “to'g'ri keladi” ustunidagi
katakchasiga, ikkinchisi shu variantlarning “to'g'ri kelmaydi” katakchasiga. Birorta
savolni javobsiz qoldirmang. 
Savollar ustida uzoq o'ylanib o'tirmang. Ba'zan bir vaqtning o'zida ikkala yoki
uchchala variant javoblari tengdek tuyulishi mumkin: diqqat qiling va esda saqlang,
eng to'g'ri javob xayolga birinchi kelgan javobdir.
Bu metodika yordamida quyidagi shaxs yo'nalganliklari aniqlanadi:
O'ziga yo'nalganlik (Men)- introverlik, xavotir, qo'zg'aluvchanlik, raqobatga
moyillik, hukmronlik, statusga intilishdagi agressivlik, har sohada shaxsning o'ziga
yo'nalganligidir.
Muloqotga yo'nalganlik (Muloqat)-har qanday sharoitdan qat'iy nazar insonlar
bilan munosabatlarni saqlab qolishga intilish,o'zaro hamkorlikka yo'nalganlik,
ijtimoiy ma'qullanganlikka yo'nalganlik, insonlarga yordam berishga intilish, guruh
bilan tez chiqishib ketish, insonlar bilan emosional munosabatlarga va o'zaro
hamfikrlilikka ehtiyoj sezish. 
Faoliyatga yo'nalganlik (Faoliyat)- faoliyat muammolarini hal qilishga
qiziqishning kuchliligi, yuklatilgan vazifalarni a'lo darajada bajarishga intilish,
faoliyatda hamkorlik qilishga yo'nalganlik, faoliyatni tashkil qilishda jamoa uchun
samarali bo'lgan g'oyalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishda tashabbus
ko'rsatishga moyillikning kuchliligi kuzatiladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin