Ushbu metodika o'z mazmuniga ko'ra proektiv metodikalar qatoriga kiradi.
Uning yordamida shaxsning muayyan xususiyatlari va psixik holatlari haqida
ma'lumot to'plash mumkin. Metodika yo'naltiruvchi xarakterga ega bo'lganligi
sababli, u tadqiqot batareyasiga kiruvchi metodikalardan biri sifatida qo'llaniladi.
Metodika yordamida;
- o'z-o'ziga baho berish xususiyati; tekshiriluvchinig o'z holatidan
qoniqmasligi, atrofdagilar tomonidan yetarlicha tan olinmaslik;
- o'ziga ishonmaslik, qo'rqinch, jur'atsizlik kabi sifatlar;
- insonning faoliyatga yo'nalganligi;
- fikrlash xususiyatlari;
- egosentrizm;
- shaxsning agressivligi;
- xavotirlanish va himoya reaksiyalari;
- shaxsning ijodiy imkoniyatlari kabi jihatlari o'rganish mumkin.
Metodika universal xarakterga ega. Uni turli yoshdagi, turli rivojlanish
darajasiga ega bo'lgan sinaluvchilarda o'tkazish mumkin. Bu yerda eng muhimi
tadqiqotchi tomonidan rasm va uning detallarini to'g'ri tavsiflashdir.
Metodikani o'tkazish uchun oq yoki sarg'ish (silliq bo'lmagan) qog'oz va
o'rtacha yumshoqlikdagi qora qalam kerak bo'ladi. Rangli qalamlar, ruchka,
flomaster, o'chirgichdan foydalanish mumkin emas.
Ko'rsatma: “Mavjud bo'lmagan hayvonni o'ylab topib, uning rasmini chizing
va nom qo'ying”.
Metodikani individual tarzda o'tkazish tavsiya qilinadi. Uni o'tkazish
davomiyligi chegaralanmagan.
Rasm elementlari va ularning tavsiflanishi
Normada rasm vertikal qo'yilgan varaqning o'rtasida joylashgan bo'ladi. Agar
rasm varaqning yuqori chekkasiga yaqin holatda bo'lsa, bu o'ziga yuqori baho
berish, jamiyatda egallagan mavqeidan norozilik, atrofdagilar tomonidan yetarlicha
tan olinmaslik, lavozimga ko'tarilish va tan olinishga nisbatan e'tiroz, o'z-o'zini
tasdiqlashga intilish belgisi hisoblanadi.
Agar rasm varaqning quyi qismida joylashgan bo'lsa, buni o'ziga nisbatan
ishonchsizlik, o'ziga past baho berish, qat'iyatsizlik, tushkunlik sifatida; jamoada
biror mavqeni egallashga intilmaslik; tan olinish hamda o'z-o'zini e'tirof etish
mavjud emasligi sifatida baholash mumkin.
Dostları ilə paylaş: