Baxtiyor. Uz o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/27
tarix16.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#79384
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Maktab-amaliyotchi-psixologi-uchun-sorovnomalar-toplami



BAXTIYOR.UZ - o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!
 “Zina” testi.
Testning maqsadi: boladagi o'ziga bo'lgan ishonchni aniqlash.
YOsh: 1- 4 sinf.
O'quvchilarga quyidagi vazifa beriladi:
“Bolalar, qo'lingizdagi qog'ozga 10 ta zinani chizing (psixolog bu zinalarni
doskaga chizib ko'rsatadi). 
Eng pastki zinaga chiqa oladigan o'quvchilar past bahoga o'qishar ekan.
Ikkinchi zinaga o'rtacha o'quvchilar, uchinchisida undan yaxshiroqlari va eng baland
zinaga eng kuchli o'quvchilar chiqa olishar ekan. O'zingizga baho bergan holda
qaysi zinaga chiqa olishingizni chizib bering. O'qituvchingiz sizni qaysi zinaga
chiqaradi, deb o'ylaysiz? Ota-onangiz sizni qaysi zinagacha chiqa oladi, deb
o'ylashadi? 
Testni baholash:
1-3 zina – o'ziga past baho berish;
4-7 zina – o'ziga adekvat baho berish;
8-10 zina –o'ziga yuqori baho berish.
Zina metodi maktabgacha bo'lgan bolalarda va birinchidan to'rtinchi
sinfgacha bo'lgan bolalarda o'ziga bo'lgan ishonchni aniqlash testidir. 
Bu test orqali bola o'zidagi imkoniyatlarni, hozirgi ahvolini anglab yetadi.
Real “Men” bilan, maqsad qo'yganidagi paydo bo'lgan “Men”iga o'zini solishtiradi.
Real ichki “Men”i bilan orzusidagi “Men”ining mos kelishi bolaning ruhiyatidagi
kuchni ifodalaydi. 
Bolaning o'ziga ishonchi o'z resurslarini to'g'ri baholay olishi orqali
shakllanadi. Resurslariga katta baho berish ota-ona tomonidan ortiqcha maqtovlar
sababli paydo bo'layotgan bo'lishi mumkin. Resurslariga past baho berish esa, ota-
ona tomonidan bolaga past nazar bilan qarash orqali bo'lishi mumkin. O'qituvchiga
ikkala holat ham noqulaylik tug'diradi. 
O'ziga real “Men”idan yuqori baho berayotgan bola va ota-ona o'qituvchini
past baho qo'yishda ayblaydi. O'ziga ishonch tuyg'usini paydo qilish uchun real
“Men”i past bolaga biroz baland baho qo'yishi, uni maqtashi ota-ona tomonidan


“bolaga qattiqqo'l bo'lavering” degan talabga ham olib kelishi mumkin. 
Bolaning o'ziga yaxshi berishi o'ziga ishonch, atrofdagilarning mehriga,
hurmatiga sazovor ekanligidan dalolat beradi. O'ziga past baho berish esa, o'zini
ayblash, yomon ko'rish, atrofdagilaridan qo'llab-quvvatlashga sazovor bo'lmaslik
tuyg'ularini ifodalaydi. 
Boladagi o'ziga ishonchni korreksiya qilish uchun “Zina” testining ikkinchi
qismini o'tkazish zarur. Buning uchun bolaga yettita zina chizishni va yetti zinaning
o'rtasi kattaroq maydon ekanligini tushuntiriladi. 
Instruksiya: Agar, barcha bolalarni mana shu maydondagi o'rta zinaga
o'tqazsak, tepa zinaga o'tish judayam oson va pastki zinaga sakrab tushish ham
judayam osonlashadi. 
Siz tepaga sakrab chiqa olarmidingiz? Pastga sakrab tushish sizga nima uchun
kerak? Siz pastki zinaga sakrab tushdingizmi? Endi o'zingizni qaysi zinada tasavvur
qilayapsiz? 
Baribir o'zini pastki zinaga tushirgan bola bilan psixolog individual ishlashiga
to'g'ri keladi. 
Hurmatli ota-ona! Siz farzandingizni qaysi zinada tasavvur qildingiz?
Farzandingizning o'qituvchisi bolangizni qaysi zinada ekanligini baholamoqda?
Farzandingizning o'ziga bergan bahosi o'ziga bo'lgan ishonch darajasini ifodalaydi. 
Farzandingizning o'ziga bo'lgan ishonchini faqat va faqat ota-ona jamiyat
(maktab, bog'cha, o'rtoqlari, mahalla) yordamida shakllantiradi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin