Men Robbimdan xafa bo`lgandim (Astag`firulloh) Birovlarga tana tugul
til bilan ham ozor bermagan banda sifatida, umrini o`yin-kulguga emas
bilim olishga sarflagan banda sifatida Robbimdan xafa bo`ldim
(Astag`firulloh) Shuncha gunohkorlari sig`ayotgan
dunyoga men
sig`maganim uchun xafa bo`ldim
. Duo qildim: “Robbim,
azoblanayotganimni ko`rib kechalari yig`lab chiqayotgan ota-
onamning ko`z yoshlariga boshqa chiday olmayman. Agar meni banda
sifatida bir bora bo`lsa ham sevgan bo`lsang, jonimni qiynamay ol.
Meni qiynamay o`ldirgin!”. Tezroq Azroil
bilan salomlashib o`lim
bilan
quchoqlashadigan onlar kelishini kuta boshladim. Biroq o`limdan
darak yo`q. Ollohim shu paytgacha biror marta duoga ochilgan
qo`llarimni noumid tushurmagandi. Bir kuni uyda yolg`iz qolgan
vaqtim og`riqlar kuchliligiga chidolmasdan o`lim tilab o`kirib yig`lay
boshladim. Birdan hamma joy sukutga kirdi. Qulog`imga
bir yosh
qizning ajib duosi eshitila boshladi: “Ollohim, Qur`onni yod olib
qo`shiq qilib aytadigan darajaga chiqmagunimcha jonimni olmagin!”.
Bu yetti yil oldin Ollohdan ilm so`rab duo qilgan bir murg`akkina
qizning ya`ni Feruzaning duosi edi. Robbim xatto o`zimning ham
esimdan chiqib ketgan duoyimni menga qayta eshittirayotgan edi.
Robbim o`sha qizning duosini qabul qilib bo`lgandi. Bildimki, o`lmoq
uchun bashariyatga shifo qilib jo`natilgan Ollohning Kalomini
yodlashdan boshqa imkonim yo`q. Shundan so`ng sal o`zimga
kelib
oyoqqa tura boshladim. Endi dorilar ma`lum muddat bo`lsada ta`sir
qila boshladi. Endi og`riqlar chidasa bo`ladigan bo`ldi. Endi kasalligim
tashqi tomondan qarasa sezilmaydigan bo`ldi. Faqat bir narsa
o`zgargan edi. Avvalgi sho`x shodon, bir gapirib o`n kuladigan, borgan
joyiga o`zi bilan baxt iforlarini eltadigan Feruzaning ruhi o`lgandi.
Dostları ilə paylaş: