Yomon gumon hatto Robbimiz ham qilmagan ish edi ”. Sekin
-astalik bilan qalbimdagi yomon gumonlarni
quvib chiqara boshladim. Yaratgan Egam qilmagan ishni nega men
qilishim kerak? Qalbimni titratgan misralardan biri Zakariyo
payg`ambarni
ng duolari bo`ldi: “
Robbim! O`zingga duo qilishdan baxtsiz bo`lmaganman ”. Birgina kasallik sabab Ollohga qilgan noo`rin
isyonim uchun pushaymon bo`ldim. Darhaqiqat, hali hech birimiz
Ollohga duo qilib baxtsiz bo`lmadik. Ollohga duo qilib umidsizlik
ummonida cho`kmadik. Faqat Olloh bizni qo`lladi. Shunday ekan nega
biz o`zimizni Unga loyiq tutmasligimiz, bizga berilgan behisob
imkoniyatlar va cheksiz baxtiyorlik uchun shukronalar keltirmasligimiz
kerak? Tilim Ollohimning zikriga tushdi. Ichimda Robbisiga zikr
qilishdan to`xtamagan Maryam tug`ilganday bo`ldi. Va biroz
muddatdan so`ng Iso payg`ambar o`liklarni tiriltirgani kabi ruhim
tirildi.
“Savdogarlar ustozi” asarini ko`rganimda menga muvaffaqiyat
nimaga kerak dedim. Chunki hayolim sog`lig`im bilan shunchalar band
ediki, pul topishga bo`lgan xohshim nolga teng bo`lgan vaziyat. Lekin
Abdulloh ibn Muborakning: “Maqsadingiz sultonlarni shoshirib
qo`yishi va butun insoniyatga foyda keltirishi kerak”,
-degan so`zlari
o`zimni taftish qilishga majbur qildi. Chunki men orzu qilmay
qo`ygandim. Olloh ilmni zararli qilib yaratmagan. Demak, menga
berilgan buncha marhamatning sababi bor. Qo`limga bir vaqtlar
yozgan “Orzular daftarim” tushib qoldi. 500 ta orzu. Qo`rqmasdan
shuncha orzu yozgan qizdagi jo`shqinlik daryosi qalbimga quyila
boshladi. Ichida amalga oshirishim kerak bo`lgan 485 ta orzuyim
qolgandi. Shunday ekan butun insoniyatga foydasi tegadigan ishlar
qilishim shart degan xulosaga keldim.
“Iymon va huzun” asarini o`qiganimda esa yozuvchi bergan
tasallilar va oxir
i albatta yaxshi bo`lishi haqidagi xushxabarlar “Bu ham
o`tadi” uzugi misol barmoqlarimga qattiq o`rnashdi. Endi bu uzukni
hech qachon yechmaslikka qaror qildim. Turli tuman olimlarning
tushkunlik haqida aytgan fikrlariga quloq tutdim va o`zimdagi
kamchiliklarni to`g`irlashni boshladim. Chunki olimlar Payg`ambarimiz
(s.a.v)ning vorislaridir. Ularning so`zlaridan hosil bo`lgan hikmat
chashmasida qorayib ketgan mitti qalbimni yuvib tozaladim.
Qalbimdagi ozorlar, xafaliklar, isyonlar ketdi. Yozuvchining: “Duny
oda
ikkita beg`am bor, biri hali tug`ilmagan, ikkinchisi esa o`lgan”,
-degan
hazilomuz so`zlaridagi haqiqat og`riqlar tumani bosqan miyamni yarq
etib ochib yubordi. Chunki dunyoda g`am chekayotgan faqat men
emas edim.
“Peshonamdagi
nur”
asaridagi
Saljuqbekn
ing
taqdirini
o`qiganimda o`zim haqidagi hikoyani mutolaa qilganday bo`ldim.
Asarning har betida ko`zyoshlarimning izi bor. Qolganlar uchun bu
oddiy asar bo`lishi mumkin. Lekin men uchun bu asar emas haqiqiy
dardkash, siqilganda boshimni silab “hammasi yaxshi bo`ladi”, “har
neda hikmat bor” deguvchi mehribon qo`l, Ollohga bo`lgan ishonch va
umidni unutmaslikka chorlovchi ustoz va iymon darajamni taroziga
torib tekshiruvchi adolatparvar nazoratchi bo`ldi: “Yagona Robbimiz
bizga yetmaydimi?”.
Har bir asarni o`qiganimda o`zim bilan o`zim gaplashdim. Har
birini o`qiganimda Robbim yuzimga oyna tutib: “Qara haqiqiy
iymoningning ojizligini”,
-deganday bo`ldi. Men kim bilan gaplashdim
o`zi? Yozuvchilar bilanmi, asardagi obrazlar bilanmi, o`zim bilanmi yoki
Koinot Ijodkori yagona Olloh bilanmi?! Anig`ini bilmayman. Bilganim
shuki, ruhim tuzalyotgandi. Peshonam sajdaning hidini ko`proq
xohlayotgan edi. Axir sajda Yaratganning hadyasi qarshisida
yaratilmishning mamnuniyatga g`arq bo`lishi edida. Axir Robbim
deguvchi ruh uyg`ongan edi. Bundan ortiq lazzat bormi?