Baxtni tasvirlab ber



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#167929
1   2   3   4   5   6
Yuragim sezyapti Feruza Eshnazarova

BY loyihasiga kelish 
Mendagi tushkunlikka davo topisholmay oila a`zolarim qayg`ura 
boshlashdi. Chunki ruh o`lsa tananing mavjudligi hech narsani 
anglatmaydi. Bir kuni singlim menga kitob o`qitadigan ajoyib loyiha 
topganini va nomimdan ro`yxatdan ham o`tib qo`yganini aytdi. Singlim 
juda donoda. Meni chalg`itish uchun loyihaga a`zo qilibdi. Chunki men 
kitob o`qishni judayam yaxshi ko`rardim. Uyda o`zimning 200ta 


kitobdan iborat kutubxonam ham bor edi. Bundan tashqari singlim 
mas`uliyatliligim uchun biror narsa boshlasam doim oxirigacha 
yetqazishimni yaxshi bilardi. Birorta yangi narsa bilan shug`ullanish 
tushunlikka davo edi. Bu ham Ollohdan deb rozi bo`ldim. Guruhim 
189. Omadli raqam…
BY dagi muhit 
Guruhda barchamiz o`zimiz haqimizda ma`lumot berib tanisha 
boshladik. Hammasi mendan yosh. Hammasi singlimdan ham yosh. 
Yoshimni aytishga uyaldim. Shuning uchun haqiqiy yoshimni 
aytmadim 
18 yoshdaman dedim (Xudoyim kechirsin) Yoshligim 
esimga tushdi. Ichimdagi shaddod bir qizcha qayta uyg`onday bo`ldi. 
Bilimdon yoshlardan iborat ajoyib muhit. Azaldan o`zimdagi 
muammoni atrofimdagilarga ko`rsatishni yoqtirmasdim. Shuning 
uchun guruhdosh qizlarim kabi yosh, quvnoq va g`amsiz bo`lishga 
harakat qila boshladim. Guruhdagi barcha qizlar kitobsevar qizlar 
bo`lgani meni quvontirdi. Ular menday tutab turgan shamni yoqish 
uchun kelgan olov edilar go`yo. Loyiha tashkilotchilari har hafta uchun 
ma`lum tartibdagi reja ishlab chiqishgan va bu rangsiz o`tayotgan 
kunlarimni turfa ranglar bilan bezay boshladi: 
-
ajoyib bilim egalari bilan suhbat
-
hamma uchun bitta belgilangan kitobni o`qish; 
-
o`qigan kitoblarimiz bo`yicha quiz; 
-
aqlni charxlash uchun mini-zakovat o`yinlari; 
-
o`qigan kitob bo`yicha kitob tahlili va taqriz; 
-
chel tillarini ko`nikmamizni mustahkamlash uchun faqat chet 
tilda gaplashadigan kun; 
Endi Feruzani siqilib yig`lagani vaqti qolmadi. Biz birgalikda yuksalish 
uchun chin dildan bel bog`ladik. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin