2. Filialda o‘quv jarayoni, jumladan, laboratoriya mashg‘ulotlarining olib borilishi holati yuzasidan I. Tojiboyev axborot berdi.
2022/2023-o‘quv yili kuzgi semestri tasdiqlangan o‘quv jarayoni grafigiga asosan amalga oshirilib kelinmoqda. Hozirgi kunda filialdagi mavjud kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarida o‘quv jarayoni davom etmoqda. O‘quv jarayoni to‘lig‘icha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining HEMIS – Axborot tizimida nazoratga olinib kelinmoqda. Kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kuzgi semestrdagi o‘quv jarayoni 24-dekabrga qadar olib boriladi, yakuniy nazoratlar esa 2023-yil yanvar oyiga rejalashtirilgan.
Mavjud sirtqi ta’lim yo‘nalishlarining 3-, 4- va 5-kurslarida kuzgi o‘quv jarayoni yakunlandi. Hozirgi kunda 1-kurslarda dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda. 2-kurslar hamda ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar 2023-yil yanvar oyiga, attestatsiyalari esa fevral oyining birinchi va ikkinchi haftalariga belgilangan.
Masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha ham kuzgi semestrdagi o‘quv jarayoni 2023-yil 28-yanvarga qadar olib boriladi, yakuniy nazoratlar esa fevral oyiga rejalashtirilgan.
Barcha fanlardan nazoratlar HEMIS – Axborot tizimida olib borilmoqda.
Axborot texnologiyalari kafedrasining 2022-2023-o‘quv yilida jami 23249 soat miqdorida o‘quv yuklama mavjud. Kafedrada bakalavriat ta’lim yo‘nalishida hammasi bo‘lib 17 ta va magistratura mutaxassisligida 10 ta fan mavjud bo‘lib shulardan kuidagi 6 ta fanlarda laboratoriya mashg‘ulotlari boriladi (Windows Server boshqaruvi; Mobil ilovalarini ishlab chiqish; Mobil ilovalarni yaratish; IT/MTF 3 (Real vaqt tizimlari); O‘rnatilgan tizimlar; Linux server boshqaruvi)
Laboratoiya mashg‘ulotlari mavjud barcha fanlardan o‘quv-uslubiy ta’minoti yaratilgan va tasdiqlanib ro‘yhatdan o‘tkazilgan. Kafedrasida 1 ta 213-xonada “Robototexnika va avtomatlashtirish” nomli laboratoriya tashkil etilgan. Laboratoriya jihozlari soz holatda.