Bayonnomasi 2022-yil 6-dekabr Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kеngash a’zolaridan 23 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – prof. A. Rasulov. Kuntartibid a



Yüklə 42,83 Kb.
səhifə6/15
tarix24.09.2023
ölçüsü42,83 Kb.
#147824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
4-jigilish-bayonnomasi-2022

Axborot ta’lim texnologiyalari kafedrasining umumiy yuklamasi hajmi - 6712 soat, mavjud fanlar soni - 16 ta, shundan, laboratoriya mashg‘ulotlari mavjud fanlar soni 1 ta (LaTeXga kirish fanidan). Ushbu laboratoriya mashg‘ulotlari Dasturiy injiniring kafedrasining 202-A va 205-A xonalarida o‘tkaziladi.
ATT kafedrasiga tegishli 215-A xonadagi kompyuterlar ma’naviy jihatdan eski hisoblanadi. Hozirda buxgalteriya bilan hisobdan chiqarish masalasi ko‘rilmoqda. ATT kafedrasiga zamonaviy 2 ta kompyuter sinfi zarur.
Dasturiy injiniringi kafedrasining umumiy yuklamasi – 16290 soat, mavjud fanlar – 21 ta, shundan, laboratoriya mashg‘ulotlari mavjud fanlar soni 4 ta (Dasturiy ta’minot tizimini loyixalash, Dasturlash uslublari va paradigmalar, Mobil ilovalarini ishlab chiqish, Web dasturlashga kirish (2-mutaxassislik yo‘nalishlari uchun)).
Kafedrada laboratoriya xonalari mavjud emas. Laboratoriya mashg‘ulotlari kompyuter sinflarida olib boriladi. Hozirgi kunda Dasturiy injiniring kafedrasiga qarashli A204, A205 xonalarga proektor yoki televizor, monitor zarur.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha laboratoriya mashg‘ulotlari mavjud fanlardan laboratoriya ishlarini olib borish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida mavjud o‘quv laboratoriyalar va ularga qo‘shimcha ehtiyoj o‘rganib chiqildi (ma’lumot ilova qilinadi).
Ushbu masala yuzasidan kafedra mudirlari N.Ibroximov, T.Abdullayev va O.Rayimjova, fakultet dekanlari O.Otaqulov va F.Muxtarovlar fikr-mulohaza bildirdilar.


Bundan tashqari, I. Tojiboyev dars mashg‘ulotlarining vaqtini qisqartirish to‘g‘risida ham axborot berdi.
Qish fasli kirib kelganilig va kunlarning qisqarganligi sababli talabalarning dars mashg‘ulotlariga yetib kelishlarida muammolar yuzaga kelayotganligi hamda talabalarning darsdan so‘ng uyga va yotoqxonaga qaytishlari sutkaning qorong‘u vaqtiga to‘g‘ri kelayotganligi, yo‘l-transport vositalari mavjud gaz va yoqilg‘I taqchilligi sababli qiynalayotganlilari turli e’tirozlarni keltirib chiqarmoqda.
Mavjud muammo va e’tirozlarni inobatga olgan holda birinchi juflikda yo‘qlamani o‘qituvchi dars oxirida qilishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, 6-juflik sutkaning qorong‘u vaqtiga to‘g‘ri kelayotganligi, transport vositalarining hozirda nisbatan kamligi hamda havoning sovuqligini inobatga olgan holda ikkinchi smenaning oxirgi jufligi, ya’ni oltinchi parani 20 minut oldinroq tugatishga ruxsat berilsa, ya’ni 60 minut o‘tilsa, talabalarga qulay bo‘ladi.
Kengash a’zolari tomonidan ushbu taklif taklif bir ovozdan ma’qullandi.



Yüklə 42,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin