har haftada o‘quv jarayoni bo‘yicha dars mashg‘ulotlari hamda laboratoriya mashg‘ulotlarini professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilishini qat’iy nazoratga olish, darslarga mas’uliyatsizlik bilan qarayotgan professor-o‘qituvchilarga tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish;
- laboratoriya jihozlarini laboratoriya mudirlari tomonidan soz holatda saqlanishini nazoratga olish vazifalari yuklatilsin.
2. 1. 3. Bosh hisobchi (M.Nurmatov)ga:
- filialning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 2023-yilda yangi zamonaviy 150 ta kompyuter, 10 tatelevizor, 20 ta videoproektor, 10 ta elektron doska hamda 1.100 mln. laboratoriya jihozlarini sotib olishni harajatlar smetasiga kiritish vazifasi yuklatilsin.
2. 1. 4. Ushbu qaror ijrosi nazorati I.Tojiboyev, M.Teshaboyev, M.Nurmatovlar zimmasiga yuklatilsin.
2. 2. 1. Birinchi juftlikda yo‘qlama qilish dars mashg‘ulotlari oxirida amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilsin.
2. 2. 2. Ikkinchi smenaning oxirgi juftligini 60 minut o‘tishga ruxsat berilsin.
II. 3. 1. I.Tojiboyevning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Filialdagi bo‘limlar, fakultet va kafedralarning faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhlar tegishliligi bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan tarkibda tasdiqlansin.
3. O‘rganish natijalari bo‘yicha ishchi guruh ma’lumotlarini umumlashtirish hamda filial Kengashiga umumiy-tahliliy ma’lumot taqdim qilish bo‘yicha Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Teshaboyev Muxiddinjon Marifovichni mas’ul etib belgilansin.
4. Ishchi guruhlarga:
- bir hafta muddatda tegishliligi bo‘yicha bo‘limlar, fakultetlar va kafedralarning faoliyatini o‘rganish bo‘yicha savolnoma shakllantirish;
- filial Kengashi rejasiga asosan bo‘limlar, fakultetlar va kafedralarning faoliyatini o‘rganish va mas’ulga tahliliy ma’lumotlarni taqdim qilish vazifalari yuklatilsin.
5. Ishchi guruhdagilarning xizmat vazifalari o‘zgargan taqdirda ularning o‘rniga kelganlar ishchi guruhda faoliyat olib borishi belgilab qo‘yilsin.
6. Ushbu qaror ijrosi nazorati I.Tojiboyev, B.Polvonov, A.Kadirov, M.Teshaboyevlar zimmasiga yuklatilsin.
II. 4. 1. I.Tojiboyevning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi tartibda fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi hamda bitiruv malakaviy ish tayyorlashga ruxsat berilsin:
- Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha – 44 nafari Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi, 73 nafari BMIga;
- Kompyuter injiniringi (AT-servis) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 42 nafari BMIga;
- Axborot xavfsizligi (Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va servis) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha – 24 nafari Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi, 10 nafari BMIga;
- Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha – 43 nafari Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi, 23 nafari BMIga;;
- AKT sohasida kasb ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha – 27 nafari BMIga.
3. Sirtqi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi tartibda fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi hamda bitiruv malakaviy ish tayyorlashga ruxsat berilsin:
- Kompyuter injiniringi (AT-servis) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha – 68 nafari Yakuniy davlat attestatsiyasi sinoviga;
- Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha – 43 nafari Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi, 4 nafari BMIga;;
4. Ikkinchi oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi tartibda fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi hamda bitiruv malakaviy ish tayyorlashga ruxsat berilsin:
- Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha – 10 nafari Yakuniy davlat attestatsiyasi sinoviga.
5. Mutaxassislik chiqaruvchi kafedra mudirlariga:
- bir hafta muddatda bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovini o‘tkazish bo‘yicha dastur ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish;
- bir hafta muddatda bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishni tayorlash uchun uslubiy ko‘rsatma tayorlash va tasdiqqa kiritish hamda bitiruvchilarga yetkazish;
- uya kun muddatda bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishini mavzularini Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limidan ekspertizadan o‘tkazish;
- bir hafta muddatda bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishni tayorlash istagini bildirgan talabalarga uchun bitiruv malakaviy ish mavzulari hamda rahbarlarni biriktirish bo‘yicha filialning buyruq loyihalarini tayyorlash va tasdiqqa kiritish;
- har hafta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlirini tayorlash bo‘yicha monitoring olib borish va filial Kengashiga ma’lumot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
6. Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri (T.Abdullayev) hamda Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri (O.Rayimjonova)larga:
- har haftada magistrlarning magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlanish jarayonlari bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
- magistrlik dissertatsiyalarini belgilangan talab asosida bajarmayotgan magistrlarning rahbarlarini qat’iy ogohlantirish va bu bo‘yicha filial Kengashiga ma’lumot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
7. Ushbu qaror ijrosi nazorati I.Tojiboyev, B.Polvonov, M.Teshaboyevlar zimmasiga yuklatilsin.
II. 5. 1. Filial IIvaIB direktor o‘rinbosari B.Z.Polvonovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Filialda ilmiy-tadqiqot ishlarining tijoratlashtirish samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish hamda bu boradagi Respublika qonunlari, Prezident farmoni va qarorlari ijrosini so‘zsiz ta’minlash maqsadida shu yilning 25 -dekabr kuniga qadar o‘quv yurtining barcha boshqaruv rahbar-hodimlari, soha mutasaddilari, filial Kengashining barcha a’zolari, ilmiy daraja va unvonga ega barcha hodimlarining ilmiy-loyihalar tayyorlashlari va ularni berilgan talablar asosida rasmiylashtirishga oid faoliyatlari qayta, tanqidiy o‘rganib chiqilsin.
3. II va IB direktor o‘rinbosari B.Z.Polvonovga ushbu masalalar ijrosi yuzasidan navbatdagi filial Kengashida tanqidiy-tahliliy ma’lumot tayyorlab, taqdimot o‘tkazish vazifasi yuklatilsin.
4.Yuqoridagi masalalarni amalga oshirishda loqaydlik va sustkashlikka yo‘l qo‘ygan, o‘z hizmat vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan qaragan tegishli rahbar va xodimlar ogohlantirilsin.
Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda (A.Rasulov) qoldiraman.
II. 6. 1. Kengash kotibi N. Qurbonovning Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) Obidova Gulmira Kuzibayevnaning dotsentlik ilmiy unvonini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasiga tayyorlagan hujjatlari mazmuni bo‘yicha bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6.2. Ovoz berish bo‘yicha sanoq komissiyasi axboroti ma’qullansin va Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) Obidova Gulmira Kuzibayevnaning dotsentlik ilmiy unvonini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasiga tayyorlagan hujjatlari OAKga tavsiya etish mumkin deb hisoblansin.
6. 3. Ushbu qaror tasdig‘i Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Ilmiy Kengashidan so‘ralsin.
II. 7. 1. Ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlarni nashrga tavsiya etish bo‘yicha N.Qurbonvning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. 2. Quyidagi monografiyalar nashr etish uchun tavsiya qilinsin:
- Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) Obidova Gulmira Kuzibayevnaning “Theoretical and methodological foundations of the formation of ecological culture in educational process” nomli monografiyasi;
- O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Tashlanova Nigora Djurayevnaning “Семантические и структурные особенности лексики светообозначения в английском, русском и узбекском языках” nomli monografiyasi.
7. 3. Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Tadjibayeva Adila Ergashevnaning “Learning English in IT specialties” nomli o‘quv qo‘llanmasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi Kengashga ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilinsin.
II. 8. 1. Filial direktori A. Rasulovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
8. 2. Bildirilgan takliflar ma’qullansin hamda Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri T.Abdullayev, Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri v.b. S.Zokirov, Dasturiy injiniring kafedrasi mudiri N.Ibroximov, ARM direktori G.Xusanova, Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i F.Arakulovalar filial Kеngashi a’zolari tarkibiga qo‘shilsin.