6. Dotsentlik ilmiy unvonini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga hujjatlar tavsiya etish hamda kafedra dotsenti ilmiy lavozimiga tavsiya etish masalasida Ilmiy kotib N.Qurbonov axborot berdi.
Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) Obidova Gulmira Kuzibayevnaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga tayyorlagan hujjatlari mazmun-mundarijasi bilan Kengash a’zolarini tanishtirildi, talabgor 40 ta ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallif ekanligi alohida ko‘rsatib o‘tildi. Shulardan 20 tasi ilmiy maqola, 6 ta tezislar, 1 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 1 ta darslik, 1ta monografiya, 1 ta elektron lug‘atga ma’lumotnoma olingan. PhD dissertasiyasi himoyasidan keyin ta 6 ilmiy maqola 4 ta tezis va 1 ta darslik chop etilgan.
Dotsentlar O. Rayimjonova, S. Sabirov hamda I. Tojiboyevlar nomzodning ilmiy faoliyati va tadqiqot ishlari bo‘yicha ijobiy fikr bildirishib, ovoz berishga tavsiya qilish taklifini o‘rtaga tashladilar.
Kengash a’zolari ichidan takliflar asosida 3 kishidan iborat sanoq komissiyasi tarkibi tuzildi: Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri O.Rayomjonova, Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri T.Abdullayev, TATU Farg‘ona filiali Xotin-qizlar Kengashi raisi G.Jo‘rayevalardan iborat sanoq komissiyasi saylandi.
Kengash a’zolari yopiq ovoz berish yo‘li bilan talabgor Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) Obidova Gulmira Kuzibayevnaga ovoz berdilar hamda sanoq komissiyasi ovozlarni sanab chiqib, natijalarni e’lon qildi hamda ovoz berish natijalari quyidagini tashkil qildi: “HA” - 22 ta, “QARSHI” - yo‘q, “BETARAF” - yo‘q.
7. Ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlarni nashrga tavsiya etishmasalasi yuzasidan so‘zga chiqqan Kengash kotibi N.Qurbonov filial professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlanib, fakultet O‘quv-uslubiy Kengashi muhokamasidan o‘tgan ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar haqida axborot berdi.
N.Qurbonov Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) Obidova Gulmira Kuzibayevnaning “Theoretical and methodological foundations of the formation of ecological culture in educational process” nomli monografiyasining mundarijasi, maqsad va vazifasi, berilgan taqrizlar, fakultet bayonnomalaridan ko‘chirmalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, N.Qurbonov O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Tashlanova Nigora Djurayevnaning “Семантические и структурные особенности лексики светообозначения в английском, русском и узбекском языках” nomli monografiyasining mundarijasi, maqsad va vazifasi, berilgan taqrizlar, fakultet bayonnomalaridan ko‘chirmalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Kafedra mudirlari O. Rayimjonova, G. Kuchkarova va T. Abdullayevlar monografiyalarni nashr uchun tavsiya etish taklifini o‘rtaga tashladilar va taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Бундан ташқари, N.Qurbonov Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Tadjibayeva Adila Ergashevnaning “Learning English in IT specialties” nomli o‘quv qo‘llanmasining mundarijasi, maqsad va vazifasi, berilgan taqrizlar, fakultet bayonnomalaridan ko‘chirmalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Kafedra mudirlari G. Obidova, G. Kuchkarova va S. Sobirovlar o‘quv qo‘llanmani O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi Kengashga ko‘rib chiqish uchun tavsiya etish taklifini o‘rtaga tashladilar va taklif bir ovozdan ma’qullandi.