Dasturiy injiniringi kafedrasining bitiruvchilar bilan o‘tkazilgan yig‘ilish natijalariga ko‘ra kunduzgi Dasturiy injiniring bakalavriat ta’lim yo‘nalishining jami 96 nafar bitiruvchilar bilan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi topshirish yoki bitiruv malakaviy ish tayyorlash bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda. Kafedra tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovini o‘tkazish bo‘yicha dastur ishlab chiqilmoqda hamda bitiruv malakaviy ishlarning mavzular banki hamda ilmiy rahbarlari shakllantirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasining bitiruvchilar bilan o‘tkazilgan yig‘ilish natijalariga ko‘ra kunduzgi AKT soxasida kasb ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining jami 27 nafar bitiruvchilarining barchasi bitiruv malakaviy ish tayyorlash istagini bildirgan. Kafedra tomonidan bitiruv malakaviy ishlarning mavzular banki hamda ilmiy rahbarlari shakllantirilgani yo‘q, ekspertizadan o‘tkazish jarayonlari muxokama qilinmagan. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”) mutaxassislikning 54 nafar,Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi tomonidan Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish) mutaxassislikning 11 nafar magistrantlarning magistrlik dissertatsiyalarini tashyorlanish jarayonlari nazoratga olinib, kafedralarda magistrantlarning hisobotlari qabul qilinib kelinmoqda.
Ushbu masala yuzasidan kafedra mudirlari N.Ibroximov, T.Abdullayev va O.Rayimjova, fakultet dekanlari O.Otaqulov va F.Muxtarovlar fikr-mulohaza bildirdilar.
5. Filialda ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish holati haqidaB.Polvonovning axboroti eshitildi.
Xozirgi kunda dolzarb va ustivor vazifalardan xisoblangan, oliy ta’limda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyani rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha qator Qonunlar, Prezident va Hukamat farmon va qarorlari mavjud. Jumladan, 2019 yil 29 oktyabrdagi 576 -son “Ilmiy faoliyat” xaqida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2020y 24-iyuldagi “Innovatsion faoliyat” xaqida O‘zbekiston Respublikasi 630-sonli Qonuni, 2021yil 1 apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish” PF-6198 sonli Prezident farmoni hamda 6-iyul 2022y kunidagi “2022-2026 yillarda innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-307-sonli Prezident qarori kabi ijrosi so‘zsiz ta’minlanishi shart bo‘lgan me’yoriy qonun xujjatlarini qabul qilingan.
Biroq, bugungi kunda filialga yuqoridagi me’yoriy xujjatlarda belgilab qo‘yilgan ustivor vazifa va topshiriqlarni ijrosi, xozirgi kunda o‘quv yurti faoliyatini baholaydigan muhim ko‘rsatgichlardan biri bo‘lgan ilmiy- tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish, loyiha grantlar, xo‘jalik shartnomalarini yuritilishi qoniqarsiz holatdaligi albatta og‘riqli va yoqimsizdir.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, dekanat va ayrim kafedralar kesimida yuqoridagi muammolarga qaratilgan muammolarni yechishga oid faoliyat yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Jumladan, xozirgi kunga qadar filial hisob raqamiga yuqoridagi faoliyat turlari bo‘yicha pul-mablag‘lari kelib tushishi past darajada. Ayniqsa, yuqori tashkilotlardan bu borada so‘ralayotgan jadval-ma’lumotlarni to‘ldirib berish juda xam noqulayliklar tug‘dirmoqda. Natijada, ularni bu borada xaqli e’tirozi xam bildirilmoqda.
Bundan tashqari, otgan oyning so‘nggi haftasida TATU dan tashrif buyurgan ishchi giruh tomonidan sohani organish jarayonlarida bugungi kundagi ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish holati maqtanarli darajada emasligi, o‘quv yurti professor-o‘qituvchilar va xodimlarining bu sohaga loqaydlik bilan yondoshayotganliklari qattiq tanqid ostiga oilnganligi hamda bu borada filial rahbariyati tomonidan keskin chora-tadbirlar ko‘rilganligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etilishi so‘ralgan.
Ushbu muammolarni xal etish maqsadida filiali Kengashining 3-yig‘ilishi bayonnomasida Filialda ilmiy-tadqiqot ishlarining tijoratlashtirish samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish hamda bu boradagi Respublika qonunlari, Prezident farmoni va qarorlari ijrosini so‘zsiz ta’minlash maqsadida shu yilning 15 noyabr kuniga qadar o‘quv yurtining barcha boshqaruv rahbar-hodimlari, soha mutasaddilari, filial Kengashining barcha a’zolari, ilmiy daraja va unvonga ega barcha hodimlarining har birlari bittadan loyihalarni tayyorlashi va ularni berilgan talablar asosida rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi lavhani (Screen shot) II va IB direktor o‘rinbosari B.Z.Polvonovga taqdim etishlari belgilab qo‘yilgan edi. Shuningdek, II va IB direktor o‘rinbosari B.Z.Polvonovga ushbu masalalar ijrosi yuzasidan navbatdagi filial Kengashida tanqidiy-tahliliy ma’lumot tayyorlab, taqdimot o‘tkazish vazifasi yuklatilganligi hamda ushbu masalalarni amalga oshirishda loqaydlik va sustkashlikka yo‘l qo‘ygan, o‘z hizmat vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan qaragan tegishli rahbar va xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan keskin intizomiy jazo choralari belgilanishi ta’kidlab o‘tilgan.
Ushbu masala yuzasidan director o‘rinbosari I.Tojiboyev, kafedra mudirlari T.Abdullayev va G.Kuchkarovalar fikr-mulohaza bildirdilar.