Kompyuter tizimlari kafedrasining bitiruvchilar bilan o‘tkazilgan yig‘ilish natijalariga ko‘ra kunduzgi Kompyuter injiniringi (AT-servis) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining jami 42 nafar bitiruvchilarining barchasi bitiruv malakaviy ish tayyorlash istagini bildirgan.
Sirtqi Kompyuter injiniringi (AT-servis) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 68 nafar bitiruvchilarning barchasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi topshirish istagini bildirgan.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovini o‘tkazish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan, bitiruv malakaviy ish mavzulari ko‘rib chiqilib kafedraning 2022 yil 26 noyabridagi yig‘ilishida muhokama qilingan.
Axborot xavfsizligi kafedrasining bitiruvchilar bilan o‘tkazilgan yig‘ilish natijalariga ko‘ra kunduzgi Axborot xavfsizligi (Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va servis) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining jami 34 nafarbitiruvchilaridan 24 nafari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi topshirish istagini, 10 nafari esa bitiruv malakaviy ish tayyorlash istagini bildirgan.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovini o‘tkazish bo‘yicha dastur hamda bitiruv malakaviy ishni tayorlash uchun uslubiy ko‘rsatma tayorlanmoqda. Bitiruv malakaviy ish mavzulari ko‘rib chiqilib, ushbu mavzularni ekspertizadan o‘tkazish va ilmiy rahbarlar tayinlash jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasining bitiruvchilar bilan o‘tkazilgan yig‘ilish natijalariga ko‘ra kunduzgi Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining jami 66 nafar bitiruvchilaridan 43 nafari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi topshirish istagini, 23 nafari esa bitiruv malakaviy ish tayyorlash istagini bildirgan.
Sirtqi Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining jami 47 nafarbitiruvchilaridan 43 nafari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi topshirish istagini, 4 nafari esa bitiruv malakaviy ish tayyorlash istagini bildirgan.
Kafedra tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo yakuniy attestatsiya sinovini o‘tkazish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan hamda bitiruv malakaviy ishlarning mavzular banki hamda ilmiy rahbarlari shakllantirilganligi, uni ekspertizadan o‘tkazilganligi xaqida yig‘ilish o‘tkazilib muxokama qilingan.