“Tasdiqlayman”
Maktab direktori vvb Sh. Botirxon qizi
Buxoro tuman 3-IDUMda ”Buyuk shoir, davlat arbobi va mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodi -ibrat maktabi " mavzusida ma'rifat soati
BAYONNOMASI
Kun tartibi:”Buyuk shoir, davlat arbobi va mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodi -ibrat maktabi "mavzusida ma’rifat soatini mazmunli o`tkazish
Qatnashdilar:maktab direktori vvb Sh.Botirxon qizi, MMIBDO’ S.Egamova ,targ’ibotchi X.Nishonova va maktabning pedagog jamoasi. (ma’ruzachi -M .Izzatullayevna )
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruzachi M .Izzatullayevna ma'ruzalarida Navoiy adabiyotshunos sifatida o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib xizmat qiladigan ko'plab ilmiy asarlar muallifidir. U yirik va hassos tilshunos olim hamdir. Shoir butun turkiy adabiyotda eng katta lirik va epik merosga ega qalamkash hisoblanadi.XVasrning yetuk adabiyotshunos olimlaridan biri boʻlgan Davlatshoh Samarqandiy "Tazkirot un-shuaro" ("Shoirlar tazkirasi")da Navoiyning otasi haqida “Navoiyning otasi Abdulqosim Boburning ishonchli kishisi Chigʻatoy ulusi ulugʻlaridan edi” deya qisqacha maʼlumot berib oʻtgan. Shu bilan birgalikda u Gʻiyosiddin Muhammadning harbiy boʻlganini ham taʼkidlagan.
Boʻlajak shoirning sheʼriyatdagi birinchi ustozlari togʻasi Mir Sayyid Qobuliy va Muhammad Ali Gʻaribiylar boʻlgan. Navoiy ular haqida “Majolis-un nafois”da, xususan, Qobuliy haqida: “Yaxshi tabʼi bor erdi, turkchada mayli koʻproq erdi…” deya, Gʻaribiy haqida esa: “Xush muxovara (xushsuhbat) va xushxulq va dardmand yigit erdi. Koʻproq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xoʻb erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi…”deya qisqacha toʻxtalib oʻtgan.
1447 yilda Shohrux Mirzo vafot etadi. Temuriy shahzodalar oʻrtasida toj-taxt uchun urush ketib, yurtda talotoʻplar boshlanganda Alisher Navoiyning oilasi ham koʻp insonlar qatori yurtni tark etadi. Yoʻlda yosh Alisher buyuk tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyni uchratadi. Tarixchi Alisher bilan tanishadi, uning ilmi va farosatini olqishlaydi, duo qiladi. 1452 yili Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur Hirot taxtiga oʻtiradi. Gʻiyosiddin Muhammad Sabzavor shahriga hokim yetib saylanadi, biroq oradan koʻp oʻtmay vafot etadi. Bu vaqtda esa Alisher endigina 12 yoshga qadam qoʻyadi. Abulqosim Bobur Alisher va uning maktabdosh doʻsti Husayn Boyqaroni oʻz qaramogʻiga oladi. 1457-1463 yillarda Navoiy Mashhad madrasalarida taʼlim oladi.
1463 yilda esa Hirotga qaytadi. Xuroson poytaxtida Sulton Abu Said oʻz
tartibini oʻrnatgan, muhim vazifalarga u bilan Movarounnahrdan kelgan kishilar tayinlangan, Alisher Navoiy ga yaqin kishilar quvgʻin qilingan, Husayn Boyqaro bilan birga ketgan togʻalari — Mirsaid va Muhammad Ali urushda halok boʻlgan, yashash uchun biron joy topish muammo edi. Alisher Navoiyning oʻsha kunlardagi ahvoli uning keyinchalik ustozi Sayyid Hasan Ardasherga Samarqanddan yozgan maktubidagi sheʼriy satrlarda nihoyatda taʼsirli va haqqoniy ifodalab berilgan.
Qaror qilindi:
1. ”Buyuk shoir, davlat arbobi va mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodi -ibrat maktabi "ma’ruza ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Ma’ruzada bildirilgan fikrlar maktab o’quvchilariga sinf soatlari davomida yetkazilsin.
3.O’quvchi yoshlarning bo’sh vaqtini sermazmun o’tkazishi, ularni maktabga,va adabiyotga Alisher Navoiy ijodiy merosiga mehr muhabbat,sadoqat ruhida tarbiyalash, ular orasida shoir g’azallari va ruboiysini mutolaasini targ’ib qilish nazorati MMIBDO’ S.Egamova zimmasiga yuklatilsin.
MMIBDO’: S.Egamova
Targ’ibotchi : X.Nishonova
Dostları ilə paylaş: |