Bir qarashda eʼtibor qilinishi lozim boʻlgan himoya elementlarini sanab oʻtadigan boʻlsak, ular dunyodagi deyarli barcha banknotlarda mavjud elementlar hisoblanadi. Bularga: - himoya ipi. Misol uchun, 1000 soʻmlik banknotda qogʻoz qatlamida boʻlsa, 5000 soʻmlikda qogʻoz qatlami sirtiga chiqib, ichkariga botuvchi, 10 000, 50 000, 100 000 soʻmliklarda ham shu shakldagi “3D” effektli himoya ipi oʻtkazilgan;
- suv belgisi. Oʻzbekiston banknotlarida Gerb, banknot nominali, 100 000soʻmlik banknotda Mirzo Ulugʻbek portreti koʻrinishda tayyorlangan;
- barmoq uchlari bilan ushlab (siypalab) koʻrilganda seziladigan boʻrtib turuvchi tasvirlar;
- maʼlum qiyalik burchagi ostida qaralganda, rangini oʻzgartiruvchi tasvirlarni(naqsh yoki raqam koʻrinishida) aytib oʻtish lozim.
Demak, pullarning haqiqiyligini ushbu himoya elementlariga eʼtibor qaratish orqali bilish mumkin. Himoya elementlari har bir nominaldagi banknot muomalaga chiqarilishidan oldin banknotning tavsifi ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Markaziy bankning veb-saytida (cbu.uz) ham eʼlon qilingan.
– Soxta kupyuralar qoʻliga kelib tushganda fuqaro kimga murojaat qilishi zarur? – “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunda pul belgilarini qalbakilashtirish va qonunga xilof ravishda tayyorlash qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi belgilangan.
Fuqaro qoʻliga shubhali (jumladan, soxta) boʻlgan pullar kelib tushganda ularni haqiqatda qalbaki ekanligini aniqlash hamda kelgusida ularga qonuniy baho berish maqsadida tijorat banklariga topshirishi tavsiya etiladi.
Shuningdek, ushbu banknot qanday qilib, qaysi holat yoki jarayonda, kim orqali ushbu fuqaroning qoʻliga kelib tushganligini bayon etish maqsadga muvofiq.
Bankning kassa xodimlari tomonidan pullar haqiqatda qalbaki ekanligi aniqlansa, ushbu pullar fuqaroning qoʻliga kelib qolishining bayoni bilan birga tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ekspertiza, surishtiruv, tergov harakatlarini olib borish uchun taqdim etiladi (Adliya vazirligida 2018-yil 29-iyunda 3028-son bilan roʻyxatga olingan “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnoma”da belgilangan tartibga koʻra).
Zero, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan faqatgina Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega.
–