Baʼzida eski, gʻijimlangan qogʻoz pullarni savdo shoxobchalarida qabul qilishmaydi. Bu qanchalik toʻgʻri? Naqd pullar qachon yaroqsiz hisoblanadi?


Naqd pullardan foydalanish borgan sari kamayib bormoqda. Vaqt oʻtib naqd koʻrinishdagi pullarning mutlaqo muomaladan chiqishi kutilmayaptimi?



Yüklə 155,87 Kb.
səhifə3/4
tarix21.10.2023
ölçüsü155,87 Kb.
#158519
1   2   3   4
Naqd pullarning holati

Naqd pullardan foydalanish borgan sari kamayib bormoqda. Vaqt oʻtib naqd koʻrinishdagi pullarning mutlaqo muomaladan chiqishi kutilmayaptimi?
– Oʻzbekiston misolida bu fikrga qoʻshila olmaymiz. Haqiqatdan ham, bugungi kunda naqd pulsiz, jumladan, bank kartalari hisob-kitoblar hajmi ortib bormoqda va bu naqd puldan foydalanish kamayib borayotganligini bildirmaydi.
Misol uchun, 2020-yil davomida muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 1,6 trln. soʻmga yoki 5,8 foizga koʻpaydi. Qolaversa, 2020-yilda banklar kassalariga kelib tushgan naqd pullar hajmi 179,9 trln. soʻmni tashkil etib, 2019-yilga nisbatan 26 foizga koʻpaygan boʻlsa, banklardan 180,2 trln. soʻmlik naqd pullar berildi va bu koʻrsatkich oldingi yilga nisbatan 25 foizga oshdi.
Yana bir koʻrsatkichga eʼtibor qaratsak, 2020-yilda savdo va pullik xizmatlardan banklarga tushumlar tarkibida 85,6 trln. soʻmi yoki 58,4 foizi naqd puldagi tushumlar hissasiga toʻgʻri kelib, 2019-yilga nisbatan 1,6 foizli bandga koʻpaygan.
Ushbu koʻrsatkichlarga qarab, “naqd pullardan foydalanish kamayib bormoqda” deyish qanchalik toʻgʻri boʻlmasligini anglab olish mumkin.
Darhaqiqat, 2017-yilda 50 000 soʻmlik, 2019-yilda 100 000 soʻmlik banknotlarning muomalaga chiqarilishi ortidan kichikroq qiymatdagi banknotlarning oʻrnini yirik qiymatdagi pullar egallashi hisobiga muomaladagi banknotlar soni sezilarli miqdorda kamaydi.
Mazkur holat aholiga va tadbirkorlik subyektlariga naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, ularni olib yurish, saqlash uchun qulayliklar ortib borayotganini bildiradi.
Naqd pul sohasidagi xalqaro ekspertlarning fikriga koʻra, 2020-yilda Yevropa ittifoqi mamlakatlarida ham naqd pulga boʻlgan talab sezilarli darajada oshgan. 2020-yilning 9 oyida muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi Yevropada 10,6 foizga koʻpaygan boʻlsa, bu koʻrsatkich AQSHda – 14,6 foizni, Xitoyda – 7,9 foizni, Hindistonda – 23,1 foizni tashkil etgan.
Savolning ikkinchi qismiga toʻxtalib shuni aytish lozimki, naqd pullardan voz kechib, hisob-kitoblarni naqdsiz koʻrinishda amalga oshirishga oʻtishning afzalliklari koʻp va, eng asosiysi, iqtisodiyotda pul aylanishi tezlashadi.
Bunday jarayon tabiiy ravishda hamda hukumatning qoʻllab-quvvatlashi orqali aholiga qiyinchilik tugʻdirmagan holda roʻy berishi, bosqichma-bosqich joriy etilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Masalan, dastlab kommunal toʻlovlarni faqat naqdsiz shaklda toʻlash, ayrim yirik savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan toʻlovlarni faqat bank kartalari orqali qabul qilish kabi tartiblarning joriy etishlari sekin-asta savolda qoʻyilgan jarayonga yetaklashi mumkin.
Shvetsiya davlati naqd pullardan voz kechish siyosatini 2015-yilda boshlagan boʻlib, bugungi kunda ushbu davlatda restoranlar, dorixonalar va savdo korxonalari toʻlov uchun naqd pullarni qabul qilishni rad etish huquqiga ega.
Ayrim ommaviy axborot vositalarida Nyu-York shahridagi bir qator savdo korxonalari va restoranlar toʻlovlarni faqat naqdsiz koʻrinishda qabul qilishni tajriba tariqasida qoʻllab koʻrishi baʼzi aholi vakillarining eʼtirozlariga sabab boʻlayotganligini yozishmoqda.
Endi Oʻzbekiston misolida shu jarayonni tasavvur qilib, xulosa qilib koʻring-chi, buning uchun bizda yetarli shart-sharoit mavjudmi, aholining dunyoqarashi shakllanganmi?
Oddiygina misol, mamlakatimizda oylik ish haqini va pensiya toʻlovlarini bank kartalari orqali toʻlanishiga eʼtiroz bildiruvchi fuqarolar koʻplab topiladi.

Yüklə 155,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin