BEMORLARNI OPERATIV DAVOGA TAYYORLASH
Hozirgi zamon ginekologiyasida davolashning jarrohlik usullari
keng qo‘llaniladi. Operatsiya qilish uchun tegishli sharoit yaratishda
o‘rta tibbiyot xodimlari faol qatnashadi.
Operatsiya xonasini, asboblarni tayyorlashga rahbarlik qilish,
operatsiya xonasini steril choyshablar, salfetkalar, kiyim-kechak,
bog‘lov materiallari bilan, narkoz hamda boshqa turdagi og‘riq-
sizlantirish uchun zarur narsalar bilan ta’minlash operatsiya ham-
shirasining burchidir.
Operatsiya xonasida konditsion havo bo‘lmasa, bu xona yax-
shilab shamollatilishi va devorlari vaqt-vaqtida (haftada kamida bir
marta) yuvib turilishi lozim. Operatsiya xonasining poli har bir
operatsiya kunidan keyin yuvilishi lozim. Operatsiya xonasidagi
temperatura 20—25°C atrofida bo‘lishi zarur. Operatsiyadan oldin
operatsiya stolini grelkalar bilan isitish kerak.
Asboblar maxsus sterilizatorlarda soda qo‘shib qaynatib, steril-
lanadi (asboblar zanglamasligi uchun 1 % li soda qo‘shiladi). As-
boblar kamida 20 minut qaynatilishi lozim. Sterilizatorga asboblar
suv qaynab chiqishi bilan solinadi.
Qaynatilgan asboblarni sanitarka operatsiya hamshirasi stoliga
keltirib qo‘yadi, operatsiya hamshirasi esa bu asboblarni tegishlicha
tartib bilan joylashtiradi va operatsiya boshlanguncha steril choyshab
bilan yopib qo‘yadi.
Operatsiya vaqtida asbob tushib kesa yoki shu maqsad uchun
qo‘yilgan tog‘oraga ataylab tashlansa, o‘sha asbob cho‘tka bilan
sovunlab yuvilishi va undan keyin qaynatilishi lozim. O‘tkir asbob-
lar va ignalar qaynatilganda o‘tmaslashib qolmasligi uchun dokaga
o‘rab qaynatiladi. Skalpellar qaynatilgandan keyin operatsiya vaqti-
da spirtda saqlanadi.
Operatsion hamshira qo‘l yuvishga ishlatadigan cho‘tkalar ham
qaynatilib, toza tutilishiga qarab turadi. Qo‘l Spaso-Kukoskiy usulida
yuvilsa, shu maqsad uchun ishlatiladigan tog‘oralar ham spirt yo-
qib kuydirilishi kerak.
Choyshab, kiyim-kechak, bog‘lov materiali va rezina qo‘lqoplar
avtoklavda umumiy jarrohlik qoidalariga muvofiq sterilizatsiya qilinadi.
Choklash uchun ishlatiladigan iðak va ketgut xirurgiya darslikla-
rida beriladigan maxsus retseptlarga muvofiq sterilizatsiya qilinadi.
Operatsiya hamshirasi zarur asboblar haqidagi masalani jarroh
bilan kelishib oladi. Operatsiya vaqtida hamshira operatsiyaning qan-
day borishini kuzatib turishi kerak. Tajribali hamshira operatsiya-
ning borishini kuzatib turar ekan, odatda, jarrohning aytishini
kutib turmasdan zarur asboblarni, choklash uchun ishlatiladigan uzatib turadi.
Qorin devorini kesib qilinadigan operatsiyalarda jarroh odat-
da bemorning chap tomonida turadi, birinchi assistent uning
qarshisida, ikkinchi assistent esa bemorning oyoq tomonida
turadi. Qin operatsiyalarida jarroh vintli stulda o‘tiradi, yordamchi-
lari esa ikki yon tomondan joy olishadi. Yordamchilardan biri
odatda qin ko‘zgulari va ko‘targichlarni ushlab turadi, ikkinchisi esa
jarrohning ko‘rsatmalariga muvofiq unga yordamlashadi.
Zarur asboblar, iðak va ketgutni operatsiya hamshirasi pastak
stolchaga qo‘yadi. Bu stolcha odatda operatsiya jarrohining o‘ng to-
monida turadi. Jarroh zarur asboblarni o‘ng tomondan o‘zi be-
malol olib turadi.
Dostları ilə paylaş: |