Bemorlarning



Yüklə 50,42 Kb.
səhifə3/5
tarix13.03.2023
ölçüsü50,42 Kb.
#87556
1   2   3   4   5
ASAB KASALLIKLARINI TEKSHIRISH

Harakat sohasi. Faol harakatlar har bir bo‘g‘imlarda alohida tekshiriladi. Sust harakatlar bilan birgalikda mushaklar tonusi, mushaklar trofikasi aniqlanadi. Mushaklarning kuchi har bir mushaklarda alohida- alohida tekshirib ko‘riladi. Ixtiyorsiz harakatlar (giperkinez, tiklar), fibrillar va fassikular qaltirashlar, mushaklarning tortishi (spazm), harakatsizlik (akineziya, amimiya), tutqanoq xurujlari, ularning turi aniqlanadi.

  • Harakat muvozanati. Romberg holatida turish, burun-barmoq sinovi va tizza-tovon sinovi, ko‘zni ochgan va yumgan holatlarda yurish, xat yozish tekshiriladi.

  • Reflekslar. Suyak usti (KR), pay (PR, BR va TR), Axill (AR), teri va shilliq qavatlardagi reflekslar, qorinning (yuqori, o‘rta, pastki) reflekslari hamda kremaster reflekslari ikki tomondan tekshiriladi. Oyoq panjasini patologik reflekslari (Babinskiy, Oppengeym, Rossolimo, Jukovskiy va boshq), tizza kosasi, qo‘l va oyoq panjasining titrashi (klonus) tekshirib ko‘riladi.

  • Sezuvchanlik. Og‘riqdan shikoyatlari so‘raladi, og‘riq qo‘l va oyoqda uvishish yoki chumoli yurgandek, og‘riq joylarini aniqlash. Tortilish belgilari (Neri, Lasseg, Vasserman) o‘ng va chap tomonda ko‘riladi. Yuzaki sezish (og‘riqni sezish, issiq-sovuqni ajrata bilish, tanaga tekkan narsani bilish). Chuqur sezgi (mushak-bo‘g‘imdagi sezgi, bosim, og‘irlik, tana qismlarini joylashish sxemasi, vibratsiya, jismlarni paypaslab bilish va boshq.).

  • Vegetativ asab tizimi. Terining rangi (oqargan yoki qizarganligi, ko‘p terlash, harorati, junlar chiqishi) ikki tomondan bir xilligi tekshirib ko‘riladi. Dermografizm (qizil, oq, aralash yoki bo‘rtib chiqqan), barmoqlar qaltirashi, siydik va axlatning tutilib qolishi yoki tuta olmaslik, jinsiy faoliyat, qontomir urishi (a.radialis va a.femoralis pasterior) bir xilligi va tirnoqlar holati.

  • Oliy asab faoliyati. Vaqtni, joyni aniqlab olish, xotirada saqlash, diqqatni jamlash, nutq, yozish, o‘qish, hisoblash, narsalarni taniy olish (gnozis) va apraksiya. Uyqu holati, kayfiyat, shifokor tekshirganda bemor o‘zini tutishi, savollarga javob berishi, psixomator qo‘zg‘alishlar.


  • Yüklə 50,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin