Berdaq nomidagi qoraalpoq davlat unversiteti tarix fakulteti tarix yo’nalishi



Yüklə 34,57 Kb.
səhifə5/7
tarix15.12.2022
ölçüsü34,57 Kb.
#74909
1   2   3   4   5   6   7
Abdrimov Z

Mo‘jaz rasm-miniatyuralar . X-XIX asrlardavomida qo'lyozma kitoblarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis mo'jaz rasmlar ham tarixiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Yurtimiz tarixi va moddiy ashyolar, hunarmandchilik, kiyim-kechak, me’morlik obidalari va umuman moddiy madaniyatimiz xususiyatlarini o'iganmoqchi bo'lsak, nafis mo'jaz tasviriy san’at namunalari — miniatyura rasmlar qimmatli manba rolini o'taydi. Chunki, ularda tarixiy ashyolar tasviri aynan, ba’zan badiiy ijod xususiyatlariga moslashtirilgan holda aks ettiriladi. Masalan, buyuk musawir ustod Kamoliddin Behzodning “Samarqanddagi Bibixonim masjidining qurilishi” nomli mashhur rasmini eslatish kifoya. Bu rasmda XV asrdagi mehnat qurollari, qurilish jarayoni, unda ishtirok etayotgan ustalarto‘g‘risida mukammal tasawurberiladi. Bunday rasmlardan tarixni o‘rganishda tasviriy vosita sifatida unumli foydalanish mumkin. Biz so'nggi yillarda chop etilgan manbalarda ulardan shunchaki befarq foydalanishlarini ko‘rishimiz mumkin.
Umuman, bizgacha yetib kelgan qadimgi devoriy rasmlar va qo'lyozma kitoblarga ishlangan hamda alohida muraqqa’lardagi rasmlaming tarixiy manba sifatidagi ahamiyati juda katta. Ko'rib chiqqanimizdek, manbashunoslik fani tadqiqot manbalari juda ko‘p va xilma-xil bo'lib, biz eng asosiylari to'g'risida ma’lumot berdik. Yana bosma, toshbosma kitoblar, vaqtli matbuot - jumal va gazetalar ham tarixiy manba hisoblanadi. Shu kunlarda texnika taraqqiyoti munosabati bilan yana tovushli manba, foto manba, kino-televidenie manbalari va internet materiallari ham paydo bo'lib, ular an’anaviy manbalami inkor etmaydi, balki qo'shimcha vosita bo'lib xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa kompakt disklaming yaratilishi turii yangi pedagogik vositalami qo'llash imkonini yaratadi. Manbashunoslik fani tarix ilmining fundamental yo'nalishi bo'lib, bu sohada faoliyat olib borish uchun bir necha tilni bilish va yozma manbalar to'g'risida katta bilim va tajribaga ega bo'lish talab qilinadi.

3. Manbashunoslikni o`rganishda yordamchi fanlar.
Manbashunoslik va tarix fanining yordamchi sohalari Manbashunoslik tarix fanining bir qator yordamchi sohalari - paleografiya, diplomatika, geraldika, sfragistika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va xronologiya qo'lga kiritgan yutuqlariga tayanadi.
Paleografiya (yunon. Paleo - qadimiy, grapxo - yozaman; qadimiy yozuv) qadimiy qo'lyozma asarlaming qog'ozi, muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi.
Diplomatika (yunon. Diploma — ikki buklangan qog'oz; hujjat) rasmiy hujjatlami o'rganish va tahlil qilish bilan shug'ullanadi.
Geraldika (yunon. Gerald — gerb, belgi, nishon) qadimiy gerblar, turli-tuman nishon va belgilar (masalan, qadimgi turkiy qabilalarning tamg'alari)ni o'rganadi.
Sfragistika (yunon. Spragis — muhr) qadimiy muhrlar (podshohlar, xonlar, amirlar va qozilar muhrlari) va ulaming yozuvlarini tekshiradi.
Epigrafika — (yunon. Epi - ustida, tepasida, grapxo - yozuv; biron narsa; buyum ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog'och va boshqa qattiq buyumlar ustiga o'yib yozilgan qadimgi bitiklami o'rganadi.
Numizmatika (lotin. Numis — pul) qadimiy pullami: ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi.
Metrologiya (yunon. Metron — o'lchov, logos — tushuncha, bilim; o'lchovlar haqida tushuncha) o'tmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bo'lgan og'irlik, masofa va sath o'lchovlarini o'rganadi.
Xronologiya (yunon. Xronos — vaqt, logos — tushuncha, bilim) vaqt haqida tushuncha, qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda bo‘lgan yil hisobi va taqvimni o'rganuvchi soha. Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) nomli asari turli taqvimlami o'rganishga bag'ishlangani uchun Yevropada “Xronologiya” nomi bilan mashhur. Bulardan tashqari manbashunoslik filologiyaning matnshunoslik fani bilan yaqindan hamkorlik qiladi, uning tajribasiga asoslanib tadqiqot olib boradi.
Ayrim olimlaming fikriga ko'ra, manbashunoslik hamda arxivshunoslik, muzeyshunoslik aynan bir maqsadlami ko‘zlaydi. Manbalami o'iganish jarayonida filologiyaning matnshunoslik hamda germenevtika (yunoncha - talqin etish) ham muhim o'rin tutadi.


Yüklə 34,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin