Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o`zbek filologiyasi fakulteti 105-guruh talabasi Bekturdieva Barchinoyning o`zbek folklori fanidan mustaqil ishi


Quyidagi ijodkorlar o‘z shaxsiy ijrochiliklari tufayli jamoa dahosi bilan yaratilgan asarlarni avloddan avlodga yetkazib keldilar



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə3/5
tarix14.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#97851
1   2   3   4   5
Bekturdieva B

Quyidagi ijodkorlar o‘z shaxsiy ijrochiliklari tufayli jamoa dahosi bilan yaratilgan asarlarni avloddan avlodga yetkazib keldilar.
Tilla kampir
Sulton kampir
Jolmon baxshi
Jossoq
Jumanbulbul
Bo‘ron shoir
Xonimjon xalfa
Bibi shoira
Amin baxshi
A.A.Potebnya fikricha, folklor «xotira manbaidan», aniqrog‘i, xotiraning og‘izdan og‘izga o‘tib yurishidan tug‘iladi.
Bu mish-mish yoki og‘zaki fikr ustozdan shogirdga (otadan bolaga), urug‘dan urug‘ga, avloddan avlodga o‘tib, yangi davr ruhidan, yangi ijrochi va ijodkor salohiyatidan sayqal topib yashaydi.
Folklor asari og‘izdan og‘izga o‘tishi tufayli shaklan va mazmunan qanaqa o‘zgarishga uchramasin, bu hol uning g‘oyaviy-badiiy va ijtimoiy-estetik qimmatini tushirmaydi.
Chunki unda ijodkor xalqning voqelikka munosabati aks etgan.
Folklor asarlarining og‘izdan og‘izga o‘tib uzoq asrlar davomida yashab qolayotganining asosiy sababi shunda.
O‘zbek folkloridan ayrim namunalarni dastlab yozib oluvchi, tekshiruvchi va nashr etuvchilar XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yashagan rus orientalistlari, sayyohlari, elchilari chor ma’muriyatining rasmiy kishilari bo‘lgan.
Ularning kundaliklari va asarlarida o‘zbek xalqining maishiy turmushi, urf-odati, og‘zaki ijodi bo‘yicha muhim qaydlar mavjud: xalq o‘yinlari, masxarabozlar, qiziqchilar, sayillar haqida taassurotlari bayon qilingan, ba’zan og‘zaki dramalarning, ayrim ertaklarning tafsilotlari qayd etilgan.

Ushbu ijodkorkorlar bir nechta dostonlarni yozib olganlar:


A.A.Kushakevich
«Farhod va SHirin»
A.N.Samoylovich
«Annamurod bobo»
A.Vasilev
«Hirsitdin polvon»
M.Afzalov urush davri folklori haqida, Bekmurod baxshi, Sherobod dostonchilari to‘g‘risida maqolalarini e’lon qildi;
«Farhod va SHirin» dostonining xalq varianti» nomli tadqiqotini yaratdi.
M.Afzalovning rahbarligi va so‘z boshisi bilan nashr etilgan «O‘zbek xalq maqollari» to‘plamidan keyin bu janr namunalari B.Sarimsoqov so‘z boshisi bilan o‘zbek va rus tillarida bosilib chiqdi.
Xalq maqollarini o‘rganish, sistemalashtirish va nashr etishdagi eng katta yutuq, shubhasiz, «O‘zbek xalq maqollari» ikki jildligining yuzaga kelishidir. O‘n uch mingga yaqin maqolni o‘z ichiga olgan bu to‘plam akademik xarakterdagi jiddiy ishlardan biridir.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin