Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o`zbek filologiyasi fakulteti 105-guruh talabasi Bekturdieva Barchinoyning o`zbek folklori fanidan mustaqil ishi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə4/5
tarix14.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#97851
1   2   3   4   5
Bekturdieva B

So‘nggi yillarda qo‘lga kiritilgan yutuqlardan yana biri shu bo‘ldiki, kam o‘rganilgan va yoki deyarli qo‘l urilmagan janrlar bo‘yicha ham katta-kichik tadqiqotlar yaratildi.
Jumladan, M.Qodirovning «O‘zbek xalq og‘zaki dramasi» (1963) monografiyasi xuddi shunday asarlardan bo‘lib, muallif unda o‘zbek xalq teatrining xarakteri, turlari, xalq aktyorlarining mahorati, Shuningdek, «saroy teatri»ning qiyofasi, g‘oyaviy yo‘nalishi, masxarabozlar repertuarlari va dramasi kabi dolzarb masalalarni Samarqand, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridan to‘plagan materiallari asosida chuqur tahlil qilib bera oldi.
Tadqiqotchining o‘rni-o‘rni bilan Farg‘ona va Xorazm viloyat materiallariga murojaat qilishi, xalq og‘zaki dramasini qiyosiy o‘rganishga harakat qilishi ibratlidir.
M.Qodirovning «Masxaraboz va qiziqchilar san’ati» (1971) monografiyasi ham alohida ahamiyatga ega.
Unda muallif XVIII asr oxiri, XX asr boshlaridagi Buxoro, Xorazm, Farg‘ona an’anaviy teatrining lokal farq va belgilarini yoritadi.
Folklor asarlarida hajviy yo‘nalish muhim o‘rin tutadi. Ularning bunday xarakterli tomonlarini tekshirish esa folklorning ijtimoiy mohiyatini yanada ochadi. SHu jihatdan H.Razzoqovning Farg‘ona vodiysi materiallari asosida yaratgan «O‘zbek xalq og‘zaki ijodida satira va yumor» monografiyasi xarakterlidir.

Asarda satira va yumor tushunchasi, uning folklor asarlarida o‘ziga xos namoyon bo‘lishi, komik vaziyat va holat, komik qahramon yaratish vositalari haqida e’tiborli mulohazalar ilgari surilgan.
Og‘zaki va yozma adabiyot munosabatlarini o‘rganishda muhim nuqtalardan biri folklor va yozma adabiyot zaminida yuzaga kelgan qissalar («Xalq kitoblari»ni) tadqiq etishdir. Bu muhim masala hamon tekshiruvchilar diqqatidan chetda qolmoqda.
SHu nuqtai nazardan V.Abdullaevning «O‘zbek adabiyoti tarixi» darsligidagi mulohazalari, R.Majidovning «Xurshed va Malikai Dilorom», H.Oqbo‘taevning «Tohir va Zuhra» qissalari materiallari asosidagi kuzatishlari diqqatga sazovordir.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin