Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Yarim o‘tkazgichlar. Yarim o‘tkazgichlarning elektr xususiyatlari



Yüklə 244,04 Kb.
səhifə3/10
tarix14.05.2022
ölçüsü244,04 Kb.
#57928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 5310186174797584045

Yarim o‘tkazgichlar. Yarim o‘tkazgichlarning elektr xususiyatlari.

Solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha metallar va dielektriklar orasidagi holatida bo‘lgan moddalar yarim o‘tkazgichlarga kiradi. Ularning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 10-8 dan 105 sm/m gacha bo‘ladi va metallarga qaraganda xarorat ko‘tarilgan sari uning miqdori oshib boradi.

Yarim o‘tkazgichlar ko‘p sonli moddalar guruxini tashkil etadi. Ularga quyidagi kimyoviy elementlari kiradi: germaniy, kremniy, bor, uglerod, fosfor, oltingugurt, margimush selen, kul rangli qalay, tellur, yod, ba’zi kimyo birlashmalar va ko‘p sonli organik moddalar. [1]

Elektronikada yarim o‘tkazgichli materiallarning cheklangan soni qo‘llaniladi. Bu birinchi navbatda kremniy va galliy arsenididir. Margimush, bor, fosfor kabi qator moddalar qorishma (aralashmalar) sifatida ishlatiladi. Elektronikada qo‘llaniladigan yarim o‘tkazgichlar ancha va takomillashgan kristallik tuzulishga ega, ularning atomlari fazoda bir-birovidan o‘zgarmas masofalarda aniq davrli ketma-ketlikda joylashgan bo‘lib, kristallik panjarani tashkil qiladi. Yarim o‘tkazgichlar elektronikasida eng ko’p tarqalgangermaniy va kremniy – panjaralari olmos turidagi tuzilishga ega. Bunday panjarada moddaning har bir atomi huddi shunday to‘rt atom bilan o‘ralgan bo‘lib, to‘g‘ri tetraedrning cho‘qqisida joylashgan. [1]

Kristallik panjarada joylashgan har bir atom elektrik neytraldir. Panjara tugunlarida atomlarni ushlab turuvchi kuchlar kvantomexanik harakterga ega; ular o‘zaro xarakatlanuvchi atomlarning valentli elektronlarini almashuvi hisobiga paydo bo‘ladi. Atomlarning shunday aloqasi kovalentli aloqa deb nomlanadi, uning yaratilishi uchun bir juft elektronlar kerak bo‘ladi. To’rt valentli element bo’lgan germaniy va kremniyni tashqi qatlamida uning yaqin atrofidagi to’rt atomlari bilan to’rt kovalentli aloqalar mavjud.


Yüklə 244,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin