neft tarkibidagi sikloaklanlar (naftenlar) xossalari reja
Kurs ishining qisqacha xulosasi Mening kurs ishimda ko’rsatilgan kattaliklar va keltirilgam ma’lumotlar aniq tuzilishga ega. Kurs ishi kirish qismi bilan boshlanib, unda respublikamizda gaz va neft sohasida qilinayotgan ishlar va kurs ishi mavzusiga oid ma’lumotlar keltirilib, kurs ishining dolzarbligi ko’rsatilgan.
Mavzuning keyinga qismlarida esa gidrogenlash jarayoning asosiy omillari va kimyosi, gidrotozalash, katalitik riforming jarayonlari keltirilgan bo‘lib ularda ishlatiladigan katalizatorlar haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Eng asosiysi gidrogenlash jarayonlarida uglevodorodlarni o‘zgarishi va sanoatda gidrogenlash jarayonlari, neft maxsulotlari va qoldiqlarini oltingugurtsizlantirish xaqida keng yoritilgan.
Kurs ishimning maqsadi gidrogenlash jarayoning maqsadini, undagi jarayonni va o‘lkamizda ishlab turgan zavodlarda ishlatilayotdan jarayonlarni, qo‘llaniladigan katalizatorni o‘rganish va kelgusida bulardanda samarali jarayonlar xaqida izlanishlar olib borishdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi mustakillikka erishganidan soʻng Neft sanoatini rivojlantirish masalasi muhim ishga aylandi. 1992 yil 23-dekabrda neft va gaz sanoati hamda u bilan bogʻliq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, "Oʻzbekneftgaz" milliy korporatsiyam tashkil etildi. 1993 yil Fargʻona botigʻining oʻta chuqur qatlamlaridan (Mingbuloq tuzilmasidan) neft otilib chiqdi (qidiruv burgʻilash ishlari davom etmoqda). Respublika neft sanoati xalq xoʻjaligining neftga boʻlgan talabini toʻliq qondirish imkoniyatlariga ega. Ayniqsa, Koʻkdumaloq koni jadal surʼatlar bilan ishga tushirildi. 1995 yilda Oʻzbekistonda 7 mln. t ga yaqin neft va kondensat qazib olindi. 1991—2003 yillarda Oʻzbekistonda neft va gaz kondensatini olish 2,8 marta oshdi (1990 yilda 2,81 mln. t; 1997 yilda 7,9 mln. t) va 1995 yilda neft importini tugatib, respublikaning neft mustaqilligini taʼminlashga imkon yaratdi. 2001 yilning yanvariga kelib Oʻzbekistonda 59 kondan neft olindi, 17 ta kon ishlatishga tayyorlangan va konservatsiyada. 13 ta kon qidiruv holatida.
Neft qazib olish va konlarni izlab-tekshirish boʻyicha Oʻzbekiston — Malayziya qoʻshma korxonasi (Oʻz-Maloyl) (1994) tashkil etildi. Oʻzbekiston neft mustaqilligiga erishgach, chetdan neft va neft mahsulotlari tashib keltirishga zarurat qolmadi. 2000 yilda Oʻzbekiston Neft sanoatida gaz kondensata bilan birga 7,53 mln. t neft qazib olindi.
Neft-kimyo sanoatining rivojlanishi tufayli hozirgi zamon iqtisodiyotida neftning ahamiyati ortib bormoqda. Jahonda Neft sanoati AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Eron, Quvayt, Venesuela, Xitoy va boshqa mamlakatlarda rivojlangan.