137
1–misol.
Faraz qilaylik, Siz – shaharning turli qismlarida do’konlar
tarmog’ining egasisiz. Ularda ishlash uchun Siz, asosan qishloq joylaridan,
sotuvchilarni yollaysiz, bunda mehnat bozorida ularning muqobil ish haqi past.
Sotuvchilarni tovar aylanmasini oshirishga motivatsiyalashni qanday qilib amalga
oshirgan ma’qul – kioskalar egasi sifatida Sizning manfaatlaringiz aynan ana
shundan iborat?
a) sotuvchilarning halolligini nazorat qilish maqsadida savdo nuqtalariga tez-
tez borib turish;
b) sotuvchilarning mehnat haqini savdo tushumi bilan bog’lash;
v) do’konlarni sotuvchilarga ijaraga berish;
g) faqat eng katta tovar aylanmasini ta’minlagan sotuvchilarni mukofotlash;
d) sotuvchilarni sheriklarga aylantirish (savdo korxonasiga birgalikda egalik
qilish).
Javob: g),
sotuvchilar uchun rag’batlantirishning optimal sxemasini tanlashda
quyidagi omillarni hisobga olish lozim. Birinchidan, savdo nuqtalarining jug’rofiy
tarqoqligi tufayli bevosita nazorat qilish xarajatlari katta bo’ladi. Ikkinchidan, oilali
ayollarning tavakkalchilikka moyilligi darajasi ancha past, deb faraz qilish
maqsadga muvofiq, bu esa Sizga "agentlar"ning tavakkalchilikka yuqori darajada
moyilligini nazarda tutuvchi sxemalarni (b), v) va d)) tanlash imkonini bermaydi.
Bundan tashqari, "agentlar" tasarrufidagi resurslarning cheklanganligi tufayli v) va
d) variantlarni tanlash ehtimoli kam (past darajadagi muqobil ish haqi). Va nihoyat,
qat’iy belgilangan mukofot bilan "agentlar" musobaqasining yakunlariga ko’ra
mukofotni o’zida birlashtiruvchi g) variant "agentlar"ning o’ziga xos xususiyati
bilan "printsipal" manfaatlari o’rtasidagi yaxshi murosaga keltiruvchi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: