Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


qiziqtirmaydi: "Universitet kutubxonasi yopiq edi, boshqa kutubxonada



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

qiziqtirmaydi: "Universitet kutubxonasi yopiq edi, boshqa kutubxonada 
kerakli kitob topilmadi va umuman olganda bizda ushbu haftada tayyorgarlik 
ko’rish lozim bo’lgan ikkita test va bitta kurs ishi bor edi"? 
a) "eski" institutsionalizm; 
b) "yangi" institutsional iqtisodiyot; 
v) neoinstitutsional iqtisodiyot. 
Javob: v), 
metodologik individualizm tamoyiliga ko’ra faqat talabaning 
o’zi o’z ishining tashkil etilishiga javob beradi, tashqi institutsional omillar 
esa ikkinchi darajali bo’lib, talabaning o’qishga bo’lgan munosabatini aks 
ettiradi. 
KEYSLAR 
Rasmiy va norasmiy institutlar: talabalarning ko’chirishlariga qarshi 
qanday kurashish mumkin?
Talabalarni dastur yordamida chiqarib olingan ko’chirma uchun haydashadi.
Virjiniya shtati universiteti fizika fakultetining professori Lu Blumfild 
(LowBloomfield)

talabalar o’rtasida ko’p sonli adabiy o’g’irlik holatlari haqida 
eshitib, unga kiritilgan talabalar ishlarini 50 soat ichida matnli ko’rinishlarning mos 
kelishi nuqtai nazaridan tahlil qiladigan maxsus kompyuter dasturini yozdi. Tahlil 
tugaganidan keyin dastur professorni g’azablantiradigan natijalarni berdi, — 
aniqlanishicha, talabalarning aksariyati o’z ishlari uchun katta miqdordagi tayyor 
matnlarni Internetdan hamda boshqa talabalarning ishlaridan o’zlashtirib olar ekan. 
Professorning talabiga ko’ra universitetda maxsus tekshiruv boshlanib, unda 122 
nafar talaba va bitiruvchidan iborat ro’yxat tuzildi. Talabalar endi universitetdan 
haydalishi, bitiruvchilar esa diplomdan mahrum etilishi mumkin, deb xabar beradi 
«
Associated Press». 
Universitet xodimlari ushbu ibratli jarayon hozircha qo’lga 
tushmagan talabalarga oliy ta’limning mohiyati nimadan iborat ekanligini anglab 


16 
yetishga yordam berishiga umid qilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarning e’tirof 
etishlaricha, hozirgi vaqtda kompyuter texnikasining rivojlanganligi munosabati 
bilan o’zgalar matnlarini o’zlashtirish jarayoni avvalgi o’n yillikka qaraganda g’oyat 
soddalashdi, chunki ilgari kitoblardan yoki boshqa ishlardan axborotni qo’lda 
ko’chirish yoki bosmalash lozim edi. 
V.V. Radaev bilan suxbatdan
 
Bugungi kunda ko’chirmachilik muammosi barcha o’quv korxonalarida 
mavjud. Lekin biz universitetimiz (GU VSHE) alohida, eng yaxshi bo’lishini 
xohlaymiz. SHuning uchun hozirda biz ko’chirmachilikka qarshi kurashishni 
faollashtirmoqdamiz. Biz talabani adabiy o’g’irlik, ko’chirish yoki sohtakorlik 
ustida ushlagan o’qituvchilar nima qilishi kerakligi aniq yozib qo’yilgan shunday 
hujjatni tayyorladikki, unda talabani universitdan haydashgacha keskin choralar 
nazarda tutilgan. Bunda talaba o’qituvchining hatosidan kafolatlangan bo’lishi 
kerak. O’quvchilarning huquqlarini ham himoya qilish lozim. SHuning uchun talaba 
shikoyat arizasini berishga haqli. Lekin agar uning aybi isbotlansa, jazo qat’iy 
bo’lishi kerak. O’qituvchi sifatida men barcha qoidalarni birinchi mashg’ulotning 
o’zidayoq e’lon qilaman. Ko’chirmachilikka nisbatan munosabat oddiy: aniqlangan 
holatda darhol «qoniqarsiz» baho qo’yiladi. Hukum qat’iy, shikoyatga o’rin yo’q. 
Agar qoidalar barcha oldindan ma’lum bo’lsa tortishishga na hojat. Ko’chirish 
tavakkalchiligi haqida tinimsiz ogohlantiraman. Agar kimdir yonidagidan 
ko’chirgan bo’lsa, ikkalasiga ham «qoniqarsiz» baho qo’yiladi. Ammo hamma gap 
ko’chirish va adabiy o’g’irlikda emas. Bundan tashqari, sohtakorlik ham mavjud. Bu 
bir talaba boshqasi uchun qalbaki hujjat bo’yicha zachyot yoki imtihon 
topshiradigan holat. Ana shunday holatlardan biri bizda ham aniqlandi. Biz buning 
uchun talabani universitdan haydadik. Hozircha hech kim buni takrorlashga tavakkal 
qilgani yo’q. Bunday holatlarning oldini olish choralari ko’rilmoqda. 
Ko’chirmachilikka kelsak, yana shuni takrorlaymanki, buning uchun ham ayab 
o’tirmasdan universitdan haydaymiz. Yengil-elpilik hayotda ham, o’qishda ham 
bo’lmasligi lozim.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin