Rasmiy qoidalar – konstitutsiyalar, qonunlar, sud qarorlari, ma’muriy
hujjatlar.
Institutlar – iqtisodiy sub’ektlar xarakatini cheklovchi, ularning o’zaro
munosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlar, qoidalar xamda ushbu me’yor va
qoidalarni bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.
MAVZUGA DOIR AMALIY MASHQLAR VA KEYSLAR:
Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb o’ylama! 1–misol. Yo’l harakati qoidalari institut hisoblanadimi? a) ha;
b) yo’q.
Javob: a) , chunki ular yo’l harakati qatnashchilari o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarni tarkiblaydi. Boshqacha aytganda, yo’l harakati qoidalari –
yo’ldagi xatti-harakatni tartibga soluvchi institut.
2–misol. Yaqin do’konchadan kundalik mevalar xarid qilish iste’molchi tomonidan amalga oshirilgan maqsadga muvofiq xatti-harakatning to’liq ifodasi hisoblanadimi? a) ha;
b) yo’q.
Javob: b), chunki to’liq maqsadga muvofiqlik modeliga muvofiq harakat
qiluvchi iste’molchi har kuni umuman bozorda o’zini qiziqtiruvchi meva navining
narxi haqidagi axborotni to’plashi va ushbu mevalarni ular eng arzon bo’lgan
joyda xarid qilishi lozim.
3–misol. Institutsional nazariyaning qaysi yo’nalishi vakillari “Do’sting kimligini ayt, men esa sening kimligini aytaman” degan iborani ma’qullashgan bo’lardi? a) "eski" institutsionalizm;
b) "yangi" institutsional iqtisodiyot;
15
v) neoinstitutsional iqtisodiyot.
Javob: a), gap xolizm tamoyili haqida borayapti.
4–misol. Institutsional nazariyaning qaysi yo’nalishi vakillarini navbatdagi seminarga tayyorlanmagan talabaning quyidagi bahonasi