Iste’molga (jamg’arishga) chegaralangan moyillik – iste’mol
xarajatlaridagi (jamg’arish hajmigi) o’zgarishning bu o’zgarishni keltirib chiqargan
daromadlarning (SHTDdagi) o’zgarish miqdoridagi ulushi.
Inson (mehnat) resurslarini rivojlantirish (Human resources) Ish bilan
bandlik va ishsizlik, daromad bilan ta’minlanish, ta’lim va o’qitish hamda sog’liqni
saqlash bilan bog’liq bo’lgan dasturlar va yondoshuvlardir. Ushbu sohalarning
hammasi birgalikda «ijtimoiy sektor» deb ataladi.
Inson salohiyati (Human capital) Insonda mujassamlashgan ko’nikma va
belgilar bo’lib, u qisman insonning ta’lim ma’lumot natijasi hisoblanadi.
Oila nafaqasi (Bola uchun nafaqa) (Family allowance) Ushbu nafaqa turi har
oy to’lanib, odatda u soliqqa tortilmaydi va daromadlarning miqdoriga kiritilmaydi.
Ushbu nafaqa turi bola ma’lum bir yoshga to’lguncha to’lanadi.
Mehnat bozori – bu ish kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini bildiradi. Bu
yerda tovar bozoridan farqli o’laroq, insonning o’zi emas, balki uning mehnat qilish
qobiliyati, oldi-sotdi tuzish asosida, ma’lum muddatga sotiladi. Ish kuchi avval
iste’mol etilib, sungra uning xaqi to’lanadi.
Mehnat unumdorligi – tirik mehnat xarajatlari va natijalarining vaqt
birligidagi munosabati.
Mehnat resurslarini rejalashtirish – bu korxonaning faoliyati tizimini
rejalashtirishning asosiy qismidir. Kadrlarni rejalashtirish qo’yidagi 3 bosqichdan
iborat:
A) mavjud mehnat resurslarni baholash:
B) kadrlarga bo’lgan talabni baholash:
V) mehnat resurslarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.
MAVZUGA DOIR AMALIY MISOLLAR VA KEYSLAR:
Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb o’ylama!