11 bob. OILA VA UY XO’JALIGI FAOLIYATINING NAZARIY ASOSLARI ASOSIY KO’RILADIGAN MASALALAR: 1. Uy xo’jaligi iqtisodiyot sub’ekti sifatida
2. Uy xo’jaligi faoliyat ko’rsatishida mutaassiblikning roli
3. Uy xo’jaligining xillari
4. Uy xo’jaligi iqtisodiyoti va oila boshqarishning kontseptual asoslari
5. Uy xo’jaliklari daromadi va xarajatlari tarkibi va ularning o’zgarish
tendentsiyasi
MAVZUGA DOIR TAYaNCH IBORALAR
Ushbular mavzu mohiyati, uning o’rganilayotgan kursdagi o’rni va ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
Esda tuting! Uy xo’jaligi – bu inson kapitalini ishlab chiqarishning umumiy vazifalari,
yashash, budjet va oila-qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhidir.
Iste’mol (consumption) – kishilarning iqtisodiy talablarini qondirish
jarayonida ijtimoiy mahsulotdan foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining
oxirgi bosqichi.
Ist’emol xarajatlari – tovarlar va xizmatlarni yakuniy iste’mol qilish
maqsadida xarid qilish uchun qilingan xarajatlar. Uy xo’jaliklari va davlatning
iste’mol xarajatlariga bo’linadi. YaIMning xarajatlariga ko’ra tarkibida eng katta
va barqaror komponent.
Iste’mol narxlar indeksi (cosumer price index) – o’rtacha oila tomonidan,
odatda, iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar narxining bazis davriga nisbatan
o’zgarishi o’rtacha darajasini aks ettiradigan ko’rsatkich, inflyatsiya ko’rsatkichi
sifatida ishlatiladi.
Iste’molga o’rtacha moyillik – iste’mol xarajatlarining daromaddagi ( yoki
shaxsiy tasarrufdagi daromad hajmidagi) hissasi.