102
2.
Bozor infratuzilmasi nafaqat axborot bilan almashish tarmoqlarini, balki tovarlar
va xizmatlarning jismoniy harakatlanishi tarmoqlarini o’z ichiga oladi.
3.
Davlat – zo’rlikni amalga oshirishda qiyosiy ustunliklarga ega bo’lgan,
chegaralari uning fuqarolarga soliq solish qobiliyati bilan belgilangan jug’rofiy
hududni qamrab oluvchi tashkilot.
4.
Davlat – nazariy jihatdan faqat soliq undiruvchi tashkilot.
5.
Davlat barcha
mulkga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
6.
Yangi institutsional maktabning hozirgi vakillari davlat interventsionalizmini
iqtisodiy asoslashni bozorning nuqsonlarida yoki nochorligida ko’rmoqda.
7.
J.Byukenen o’z asarlarida davlatning jamiyatdagi rolining ikki tomonlamaligiga
alohida e’tibor qaratadi, ya’ni davlat ham himoya qiluvchi, ham ishlab chiqaruvchi
vositadir.
8.
Davlat qoidalarni belgilaydi, nizolar yuzaga
kelganda hakamlar sudi
funktsiyasini bajaradi va mutlaq huquqlarni ta’minlaydi.
9.
Yangi institutsionalistlarning hozirgi talqinida davlatning
funktsiyasi faqat
nazorat qilishdan iboratdir.
10.
Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi faqat
talabni ragbatlantirishdan
iboratdir.
11. Davlatni fuqarolar bilan davlat apparati o’rtasidagi ijtimoiy shartnoma orqali
ta’riflash “printsipal-agent” muammosini oldingi o’ringa suradi.
12. Fuqaro davlatga ayrim funktsiyalarning bajarilishini yuklagan holda uning
tarkibini belgilaydi, ya’ni u “printsipal”, davlat esa “agent” hisoblanadi.
13. Fuqaro “agent”
rolida ishtirok etib, shartnomalar bajarilishining kafili sifatida
davlatning qarorlariga bo’ysunadi.
14. Nazariy jihatdan yakka hisob-kitoblardan hosil bo’lgan davlat shartnoma
vositasi
sifatida, murakkab almashuvga ko’maklashish va uni amalga oshirish
vositasi sifatida paydo bo’ladigan davlatdan mutlaq farq qiladi.
15. Shartnomaviy davlat bu – faqat unga fuqarolar tomonidan topshirilgan huquqlar
doirasida va ularning manfaatlari yo’lida kuch ishlatish monopoliyasidan
103
foydalanuvchi davlat, fuqarolar esa soliqlarni to’lashga majburiyat deb emas, balki
o’z zimmasiga ixtiyoriy ravishda olingan majburiyat sifatida qaraydi.
16. “Ekspluatatorlik” davlat
bu - unda davlatning ham, fuqaroning ham
opportunistik xatti-harakatiga to’siq mavjud bo’lmagan davlat faoliyatini yoritadi.
17. Korruptsiya – bu faqat rivojlangan mamlakatlarning muammosi.
18. Budjet taqchilligini qoplashning asosiy usullaridan biri bu soliqqa tortish
stavkalarini pasaytirish va majburiy yig’imlarni joriy etish.
19. Davlat mulkini o’sishi natijasida davlat boshqaruvi pasayib boradi.
20. Qonunning to’g’ridan-to’g’ri buzilishi va mulkchilikning qonuniy huquqlariga
tajovuz qilish bilan bog’liq iqtisodiy faoliyat kriminal iqtisodiyotdir.
Dostları ilə paylaş: