Beshinchi bo'lim bilish jarayonlari


Muskul-harakat sezgilari va statik sezgilar



Yüklə 204,5 Kb.
səhifə6/6
tarix06.01.2022
ölçüsü204,5 Kb.
#51057
1   2   3   4   5   6
1362921192 41939

Muskul-harakat sezgilari va statik sezgilar

Muskul-harakat sezgilari motor sezgilari, goho kines-tetik sezgilar deb nomlanib, ularga og`irlikni, qarshihkni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari — gavda muskullari, paylar, bo`g`imlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo`lib, ularning ta`sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi.

Muskul-harakat sezgilarining fizik sababi muskulfarga ta`sir etuvchi narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.

Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilaridir.

Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibular apparat retseptor vazifasini bajaradi. Vestibular apparat quloq dahlizi va yarimdoira kanallardan tashkil topgan bo`ladi. Sezuvchi nerv tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda muvozanatini saqlashda otolitlar alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallaridan tashkil topgandir.

Odatda, organizm avtomatik ravishda refleks yo`li bilan muvozanat saqlaydi.

Organik sezgilar

Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda: qizilo`ngach, me`da, ichak, qon tomirlari, o`pka va shu kabilarda joylashgan bo`ladi.

Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgi retseptorlarining qo`zg`atuvchilaridirlar. Ular quyidagilardan iboratdir:

  1. og`riq sezgilari;

  2. xush tuyg`ular;

  3. noxush tuyg`ular.

Yüklə 204,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin