Referatning tuzilishi. Unda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: Agar sarlavha aniq berilmagan bo‘lsa, mavzusi, ishningmaqsadi ko‘rsatiladi.

Ishni o‘tkazishning usuli va metodologiyasi.
Ishning natijasi (aniq va axborotlashgan ma’lumot beriladi,yangi natijalar, uning ahamiyati, muhim kashfiyotlar va ixtirolar beriladi).
Natijalardan foydalanish sohasi.
Xulosalar.
Qo‘shimcha axborot (tashkilot nomi, birinchidarajali hujjatmuallifi, muallif haqida ma’lumotlar, avval nashr qilingan asarlariga yo‘llanma) beriladi.
Referatlash quyidagi bosqichlardan iborat: Òrganish uchun o‘qib chiqish, hujjatning dastlabki tahlili.

Diqqat bilan o‘qish, chuqur tahlil.
Referat turini aniqlash.
Referat tuzilishini aniqlash.
Axborotni sintez qilish.
Referatni belgilangan qoidaga ko‘ra rasmiylashtirish.
Referatlash metodikasi o‘ziga xos, unda markerlar—hujjat mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi so‘zlar, so‘z birikmalari, indikatorlar —hujjatda muallif fikrining rivojlanishini, ketmaketligini ko‘rsatuvchi keng qo‘llaniladigan so‘z birikmalari, hujjatni bosqichma-bosqich tahlil qilishning reja-maketi, har qanday bilim sohasiga oid adabiyotlarni referatlash uchun zarur universal va hujjatning ixtisoslashgan xususiyatiga asoslangan referatlash va hujjat mazmunini sharhlashning o‘ziga xos usulidan foydalaniladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir axborot-kutubxona resursi haqida iste’molchilarga, talabgorlarga axborot berish vazifasini bajarayotgan bibliograf har bir bibliografik elementlarni mukammal bilishi, uni o‘z o‘rnida ishlata olishi zarur.