Kasbiy ishlab chiqarishga oid jurnallar mutaxassis amali- yotchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, shu kasb doirasidagi materiallar haqida axborot beradi. „O‘zbekiston matbuoti“, „Kitob
dunyosi“, „Ibn Sino“, „Biblioteka“, „Áèáëèîòåkîâåäåíèå“,
„Bibliografiya“, „Klub“, „KPR“ kabi jurnallar maxsus jurnal- lardir.
„Inson va qonun“ — O‘zbekiston respublikasining huquqiy, ijtimoiy ommabop jurnali Adliya vazirligi tomonidan 1996- yil yanvardan boshlab nashr etiladi. Avval oyda bir marta, 1998- yil yanvaridan mustaqil haftalik gazeta sifatida nashr etilgan. Asosiy vazifasi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, aholini O‘zbekiston va jahon qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirib, tushuntirib, sharhlab borish, jinoyatchilik ildizlarini ochish va bu ishga keng jamoatchilikni jalb etishdan iborat.
„O‘zbekiston matbuoti“ — O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston jurna- listlari ijodiy uyushmasi ta’sis etgan 2 oyda bir marta chiqadigan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-siyosiy jurnal. Dastlab „Turkiston matbaachisi“ („Òóðkåñòaíñkèé ïå÷aòíèk“, 1918 — 24- y.) nomi bilan o‘zbek va rus tillarida yaxlit holda oyda 2 marta, 1928 — 38-yillarda uning o‘rniga o‘zbek tilida „Muxbirlar yo‘ldoshi“, 1939 —1941- yillarda „Bolshevistik matbuot“, 1924 — 25- yillarda rus tilida „Íaø ðaákîð“, 1927-28- yillarda
„Òðèáóía ðaákîða“, 1952 — 1964- yillarda o‘zbek va rus tillarida
„Mahalliy matbuot xodimlariga yordam“ („Â ïîìîùü ðaáîòíèkaì ìåñòíîé ïå÷aòè“), 1965 — 68- yillarda
„O‘zbekiston matbuoti“ („Ïå÷aòü Óçáåkèñòaía“), 1969 — 1990- yillarda „Muxbir“ („Êîððåñïîíäåíò“), 1991- yildan boshlab yana „O‘zbekiston matbuoti“ nomi bilan chiqa boshladi. Jurnalda respublika ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari, nashriyotlar, bosmaxonalar, kitob savdosi, ijodiy uyushmalar faoliyati haqida materiallar beriladi.
„O‘zbekiston tibbiyot jurnali“ — O‘zbekiston va Qoraqal- pog‘iston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar bo‘limlari, Òoshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqar- masi bir yilda 6 marta o‘zbek va rus tillarida nashr qiladigan ilmiy-amaliy jurnal. 1922- yildan „Turkiston tibbiyot jurnali“,
„O‘rta Osiyo tibbiyot jurnali“, 1926- yildan „O‘zbekiston tib- biyot jurnali“ nomi bilan chiqqan. 1941 — 53- yillarda vaqtincha nashr etilmagan. Jurnalning vazifasi O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni, ilmiy-amaliy yutuqlarni targ‘ib qilish, epidemiologiya, sanitariya, ekologiya, dorishunoslik
masalalari va sog‘lom turmush tarzini yoritib, targ‘ib qilish
„O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi“ning 1- soni 1922- yil „Yangi qishloq“ nomi bilan Òurkiston Maorif xalq komissarligining organi sifatida nashr etilgan. 1925 — 71- yillarda „Dehqon“,
„Qishloq xo‘jaligi turmushi“, „Paxta uchun kurash“, „O‘zbe- kiston sotsialistik qishloq xo‘jaligi“, „O‘zbekiston kolxoz-sov- xozlar ishlab chiqarishi“ nomi bilan o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan. 1971- yildan hozirgi nomda nashr etiladi. Unda qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlari, fermer xo‘jaliklari faoliyati, qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnologiyalar bilan takomil- lashtirish, qishloq turmush tarziga oid materiallar berib boriladi. 1991- yildan O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘ja- ligining agrar-iqtisodiy, ilmiy-ommabop jurnali hisoblanadi.
„O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar“ („Îáùåñòâåííûå íaókè â Óç- áåkèñòaíå“) — O‘zFAning ijtimoiy-gumanitar fanlar masa- lalarini yorituvchi ilmiy jurnali. Bir yilda 6 marta o‘zbek va rus tillarida yaxlit holda nashr etiladi. 1957 — 60- yillar „O‘zbe- kiston FA axboroti. Ijtimoiy fanlar seriyasi“, 1960- yil okta- bridan hozirgi nomda nashr etiladi. Unda iqtisodiyot, falsafa, huquq, sharqshunoslik va tarix fanlari bo‘yicha materiallar e’lon qilinadi. „Ilmiy axborot“, „Fan yangiliklari“, „Tarix sahifalari“,
„Tarixnavislik“, „Manbashunoslik“ rukni ostida ilmiy maqo- lalar berib boradi. Yilning eng oxirgi sonida yil davomida nashr etilgan maqolalarning mavzular va sohalar bo‘yicha ro‘yxati beriladi.
Adabiy-badiiy, adabiy-ijtimoiy jurnallar turli-tuman mavzu- larga oid materiallardan tashkil topadi va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallanadi. Ular kitobxonlarni mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar mualliflarining eng yangi asarlari, tarjima asarlari bilan tanishtiradi. „Sharq yulduzi“, „Guliston“,
„Teatr“, „Sanam“, „Saodat“, „Jahon adabiyoti“ kabi jurnallar shular jumlasidandir.
„Muloqot“ jurnali — O‘zXDP Markaziy kengashiga qarashli milliy, ijtimoiy-siyosiy va tarixiy-badiiy jurnal. 1991- yil yanvardan nashr etiladi. Jurnal sahifalarida ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-madaniy, iqtisodiy-ma’naviy-ma’rifiy hayot yoritiladi.
„Sharq yulduzi“ — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy-badiiy va ijtimoiy jurnali. 1932- yil iyun-iyul oyida
„O‘zbekiston sho‘ro adabiyoti“, 1935- yil yanvardan „Sovet adabiyoti“, „O‘zbekiston adabiyoti va san’ati“ nomi bilan
chiqqan. Ikkinchi jahon urushi yillarida moddiy imkoniyat bo‘l- maganligi sababli nashr etish to‘xtatilgan. 1946- yildan boshlab
„Sharq yulduzi“ nomi bilan chiqa boshlagan. Unda o‘zbek, qar- dosh xalqlar, xorijiy adabiyot namunalari, adabiyotshunoslikka oid materiallar nashr etiladi. Jurnalga Oybek, A. Qah- hor, Uyg‘un, A. Muxtor, H. G‘ulom, Mirmuhsin, O‘. Hoshi- mov, O. Muxtorlar muharrirlik qilganlar. 2005- yildan Minho- jiddin Mirzo muharrirlik qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |