1.Xotirjamlik: Mijozni maxsus tanlab olingan publistik, badiiy adabiyotlar xotirjam qilishi mumukin, bunday adabiyotlarni o‘qish mi-jozni xotirjam, bosiq qiladi.
2.Huzurlanish: Hayot muammolari ko‘p bo‘lgan odamlar dunyodan o‘z muam-molari bilan chegaralanib qolgan bo‘lib, bu dunyodan rohatlanish, ho‘zur olishdan to‘silib qoladi. YAxshi kitob o‘qish, ayniqsa, bu kitob etarli dara-jada murakkab yoki dinamik (rivojlanuvchi syujetli) bo‘lsa, mijozga zarur bo‘lgan qo‘shimcha ho‘zurni bag‘ishlaydi.
3.O‘ziga ishonch hosil qilish: O‘z imkoniyatlariga ishonch hosil qilish, mijoz biografiya, avtobiografiya, esdaliklar, buyuk insonlar xatlari va kitoblarini o‘qiganda, og‘ir taqdirli obrazlar qiyinchiliklarini engib chiqishi haqida o‘qiganda paydo bo‘ladi.
4.Ko‘pchilik adabiy janrlar yuqori darajali ruhiy faollikni paydo qilishi mumkin, u normal, himoyaviy ruhiy reaksiyalarni keltirib chiqa-radi va negativ holatni yo‘q qilib, odamni shikastlovchi hayajonni bosadi.
Biblioterapiyaning bu turi mazkur mijoz bilan ishlanayotganda boshqa uslubga qo‘shimcha sifatida foydalanishi mumkin. Odatda nospetsifik bib-lioterapiya o‘z ichiga aniqlab olingan, yaxshi tanish, oddiy, muammoni aniq tushunadigan kitoblar ro‘yxatini qamraydi.
Asarlardan badiiy adabiyot va publistik kitoblar olinib, ular ezgulik bilan yo‘g‘rilgan, sahovat, oliyjanoblik va ziyolilikni o‘z ichiga oluvchi bo‘lishi kerak.
Mijozlarga ta’sir samarali bo‘lishi uchun kitobning boblariga, butun kitobga qisqacha taqriz yozish, kitob yoki bobning mazmun mohiyatini ko‘rsa-tish tavsiya etiladi .
Mijoz muammolariga qarab, psixolog mijozga aniq kitoblar ro‘yxati-ni beradi yoki uning diqqatini adabiyotining biror sohasiga qaratadi.
Spetsifik korreksion jarayonlar maxsus tor yo‘nalishdagi, shaxs yoki aniq ruhiy jarayon, aniq hissiyot, faoliyat, o‘ylashga qaratiladi. Bu- nazo-rat, emotsional ishlov, mashq qilish, konfliktlarni hal qilish.
Nazorat. Ruhiy jarayonlar ustidan nazorat ularni qaytarish yo‘li bilan kuchaytirish, voqealarni qayta ko‘rib chiqish yoki tahlil qilib sust-lashtirish, boshqa voqealarni yodga olib, uni chetlashtirish, emotsiyalar bilan, shaxsga ta’sir etishni oddiy hayajon yoki kuchli hissiyot orqali amalga oshiriladi.
Nazoratni bir necha bosqichga bo‘lish mumkin.
-o‘z ahvolini tushunish, unga getero- va autopsixogen faktorlar yordamida ta’sir etish;
-o‘z ahvolini rivojlantirishda o‘z shaxsining rolini tushunib etish;
-hayotiy zarur muammolarga shaxsning haqiqiy munosabatini anglash.
Qahramonlari yorqin, boshqalardan farqlanuvchi insonlar haqida ki-toblar o‘qilganda, ular nostandart fojiaviy holatda bo‘lganlarida, mijoz qahramonlar his-hayajonini o‘ziniki bilan qiyoslaydi. SHaxsiyat xususiyat-larini, o‘z xatolarini tushunishi, o‘z hayotiga begona ko‘z bilan qarashi mumkin. Adabiyot mijozga hatto eng tajribali ruhshunos bera olmayigan imkoniyatlarni- chuqur, shoshmasdan, intim sharoitni bilish, tushunish, tah-lil qilishni o‘rganish, bundan kelib chiqadiki, o‘z emotsional munosabati va reaksiyasini nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Emotsional ishlov berish. Asosiy vazifasi- insonga shaxsiy emotsiya-larni yuzaga chiqarish, psixolog va korreksiya yordamida boshqa odamlar emo-siyalari bilan qiyoslashga yordam beradi. Bu esa mijozga aniq reaksiya va ha-rakat qilishga yordam beradi O‘ta kuchli, kuchsiz yoki o‘zgargan emotsional reaksiyadan halos bo‘lishga yordam beradi.
Mashqlar: Hayolan alternativ (muqobil) (asardagi qatnashuvchilarga nisbatan) dialoglarni, xulqini, o‘z xusuiyatlarini (tajriba etishmasligi, uyatchanlik va x.k.) hisobga olingan holda mijoz xayajonlanishning muqobil turlari haqida bilim oladi.
Bu holatda uni hech kim qoralamaydi, u baholash jarayonidan holi bo‘ladi.
Kelishmovchiliklarni hal qilish. Bu konkret hayotiy voqelikka ishlatiladi-gan o‘ziga xos nazorat sintezi bo‘lib, emotsional ishlovni va mashqlarni ish-ga solish bilimidir. Syujeti jihatidan mijoz hayot syujetiga mos keladi-gan kitoblarni o‘qish o‘sha holatdan chiqish yo‘llarini ko‘ra olishga va ularga emotsional ta’sir etishgayordam beradi, hamda emotsional konfliktni bar-taraf etadi.
Biblioterapiyaning bu turi o‘ta shiddatli bo‘lib, psixologning faol boshqaruvini talab qiladi. Amalda bu quyidagicha bo‘ladi: psixolog, mi-jozga mos keluvchi, uning muammolariga to‘g‘ri keladigan, maqsadi va shax-siy xusuiyatiga mutanosib bo‘lgan; qiyinchiliklarni anglab etadigan, muam-molar sababi, disgarmoniya kelib chiqishi mohiyatini anglay oladigan va x.k. adabiyotlar ro‘yxatini to‘zadi.
Mijoz kitob o‘qishdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishadi: berilgan ro‘y-xatga binoan nimalarga diqqat e’tiborni qaratish, nimalarni qoldirib ke-tish, o‘qilgandan nimalarni o‘z tajribasi bilan qiyoslashkerak va nimalar-ni amaliyotida darhol tekshirish kerak.
Mijoz kitobni o‘qib chiqqanidan keyin, suhbat o‘tkaziladi: “Nimalarni bilish, ayniqsa, qiziqarli bo‘ldi?”, “Bundan qanday foyda kelib chiqdi?”, “Nima ehtiyotkorlik va ikkilanish uyg‘otdi?”, “Alohida personajlarga munosabatingiz qanday?”.
__________________________________________________________
* Emotsiya- individning hayajonini rangdor sub’ektiv reaksiyasi, o‘z harakatlari yoki ta’sir etuvchining unga munosabati.
Dostları ilə paylaş: |