Biblioterapiya psixologik muloqotga qiynalganlar uchun Reja



Yüklə 112 Kb.
səhifə2/4
tarix25.01.2023
ölçüsü112 Kb.
#80800
1   2   3   4
Biblioterapiya psixologik muloqotga qiynalganlar uchun 3

3. Ro‘yxat tuzish.
Keyingi bosqichda adabiyotlar ro‘yxati tuziladi: katta va kichik ro‘yxatlar. Biblioterapiya uslubi qo‘shimcha uslub sifatida qo‘llansa ham, bunday ro‘yxatlarning mavjudligi boshqa ta’sir uslublarini yo‘naltirish imkoniyatini beradi.
4.O‘qish tizimini ishlab chiqish.
Kitoblar miqdori, ustuvor yo‘nalishlar va janrlar aniqlanadi. Mijozga biblioterapiya maqsadida kitob tavsiya qilinganida A.M.Millerning ko‘rsatishi bo‘yicha uchta quyidagi prinsipni hisobga olish kerak:

  • bayon etilayotgan asarning tushunarliligi (taklif qilingan kitob murakkabligi darajasi);

  • kitob qahramoni mijozga mos(tushunarli) bo‘lishi;

  • kitobning mazmun holati mijozning hozirgi holatiga maksimal o‘xshashligi.

Oxirgi prinsipni hisobga olish shaxsiy va odamlararo psixologik qarama- qarshiliklar mavjudligida zarur.
Biblioterapiya jarayonida mijoz o‘quvchilik kundaligini yozib bora-di. Kundalikdagi yozuvlarni tahlil qilish, ko‘pincha badiiy asarning sub’-ektiv qabul qilinish jarayonini ochib beradi, bu aktiv bir tomonlama faoliyatni qabul qilinishi va samarali korreksiya jarayoniga baho berish va tashhis qo‘yishga ishlatilishi mumkin.
Biblioterapiyani asosiy uslub sifatida ishlatilsa, o‘qish ma’lum ketma-ketlikda,mavzuda, o‘qib chiqilganlar tahlil etilib boriladi. Ko‘p-roq diqqat va e’tibor biografik, dunyoqarashlar va maxsus adabiyotga qara-tiladi.
Biblioterapiya yordamchi uslub sifatida ishlatilishi mumkin u kor-reksionitadbirlarda kichikroq vazifanibajarib, tor yo‘nalishdagi vazi-fani bajaradi: bola va ota-ona munosabatlari va undagi emotsional stress holatlarni bartaraf etish uchun.
Biblioterapiyaning yutug‘i shundaki, ta’sir vositalarining xilma-xilligi va boyligidadir, ta’sir kuchi, o‘zoq davomiyligi,qaytariluvchan-ligi, intimligi va x.k.
Biblioterapiya bolalar va kattalarga shaxsiy va emotsional tasnif-larda tavsiya etiladi, hamda individual va guruhlarda ishlatilishi mum-kin. Biblioterapiyaning guruh ko‘rinishdagisida psixokorreksiya guruh-ning talablridan tashqari guruh a’zolari o‘quvchilik qiziqishlari va ko‘p o‘qiganligi hisobga olinadi.
5-8 mijozdan iborat guruh yig‘iladi. Hajmi katta bo‘lmagan asarlar tanlanadi va guruh mashg‘ulotlari paytida o‘qiladi. So‘ng mutoolalar o‘tqa-zilib guruhda o‘zaro munosabatlar strukturasi aniqlanadi, guruh a’zolari-ning badiiy adabiyot o‘qilishiga munosabati aniqlanadi. Kam kitob o‘qiydi-ganlarda o‘qishga qiziqish uyg‘onadi. Odamlar personajlarga o‘z munosabat-larini bildirib, qator muammolarga o‘z fikrini bildiradilar. Bu esa ularga o‘z muammolari haqida vosita yordamida gapirish imkonini beradi.
Biblioterapiyaning yana bir imkoniyati bahslar uchun qo‘shimcha mate-rial berishi mumkin. Biblioterapiya qo‘shimcha yordamchi tashhis qo‘yish uslubi ham bo‘lishi mumkin.
Biblioterapiyada psixokorreksion jarayonlarni shartli ravishda spetsifik va nospetsifikka bo‘lish mumkin. Nospetsifik jarayonlar o‘zi-ning butun shaxs va konkret o‘zgarishlarga shaxs orqali ta’sir etish uni-versal uslubiyotini, ya’ni keng qamrovligi bilan xarakterlanadi. Bu xo-tirjam bo‘lish; ho‘zurlanish, xursand bo‘lish; o‘ziga ishonch hosil qilish, o‘z imkoniyatlariga ishonish, o‘zidan qanoatlanish; etarli darajada umumiy psixologik (ruhiy faollik).

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin