T A V S I F N O M A
20_____ yilning _____________ kuni tug‘ilgan maktabning -sinf o‘quvchisi _______________________________________ 20- -20- o‘quv yilida maktabning ____-sinfiga qabul qilindi.
U boshlang‘ich sinflarda maktabning ichki tartib-qoidalariga rioya qilib, darslarga o‘z vaqtida qatnashar, o‘qituvchi va tengdoshlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lar edi.
Ammo yuqori sinflarga o‘tgan sari uning hulqida muammolar yuzaga kelib, tengdoshlariga nisbatan jizzaki bo‘lib qola boshladi. Xususan, -sinfda dars mashg‘ulotlarini ham sababsiz qoldirib, bugungi kunda bir necha fanlarni o‘zlashtirmagan. O‘quvchi ________________ maktabning jamoat ishlarida ham to’liq qatnashmaydi.
Sinf rahbari : __________ ____________________
Mirzacho‘l tumani MMTB ga qarashli
6-umumta’lim maktabi direktorining
BUYRUG‘I ___
8-sinf o‘quvchisi Inomova So’g’diyonani ichki ro‘yxatga olish to‘g‘risida
|
Ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini yanada oshirish, voyaga etmaganlarni sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash, ular orasida huquqbuzarlik, jinoyatlar hamda boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni oldini olish, voyaga etmaganlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 18-dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy jihatdan xavfli axvolda bo‘lgan voyaga etmaganlar bilan yakka tartibda shug‘ullanishni tashkil etish va nazorat kilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riknomani tasdiqlash haqida”gi 308-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1.Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Kozibayevning o‘quvchini maktabning ichki ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi murojaati qanoatlantirilsin.
2.Maktabning 8-sinf o‘quvchisi Inomova So’g’diyonani 2023 yil _______________ muassasaning ichki ro‘yxatiga olinsin va unga alohida nazorat daftari yuritilsin.
3.Ichki ro‘yxatga olingan Inomova So’g’diyonaning sinf rahbari Primova Baxriniso tarbiyachi-pedagog etib tayinlansin.
4.O‘quvchiga biriktirilgan tarbiyachi-pedagog sinf rahbari, psixolog, bo‘lim boshlig‘iga:
o‘quvchining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ta’lim muassasasidagi qiziqishi bo‘yicha, sport va fan to‘garaklari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va jamoat ishlariga jalb etish choralari ko‘rilsin;
O‘quvchining davomati, uning ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari va muassasa Ustavida belgilangan kiyinish madaniyatiga rioya etishini, tegishli o‘quv-qurollari bilan ta’lim muassasasiga kelishi hamda muassasaga ta’qiqlangan buyumlar olib kelmasligi alohida nazoratga olinsin;
o‘quvchi va uning ota-onasi bilan (belgilangan muddatlarda) yakka tartibda profilaktik suhbat olib borilsin va suhbat natijalari o‘quvchining nazorat daftariga qayd etib borilsin.
O‘zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonuni talablariga muvofiq mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda uning oilaviy sharoiti, oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit o‘rganilsin va tegishli profilaktik tadbirlar amalga oshirilsin;
o‘quvchini ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan madaniy, ma’rifiy va ommaviy tadbirlar va jamoatchilik ishlariga keng jalb etish choralari ko‘rilsin.
5.Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Kozibayevga:
O‘quvchi bilan profilaktik tadbirlar tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 18-dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy jihatdan xavfli axvolda bo‘lgan voyaga etmaganlar bilan yakka tartibda shug‘ullanishni tashkil etish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 308-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilishi nazoratga olinsin.
O‘quvchi bilan amalga oshirilgan profilaktik ishlar natijasi yuzasidan doimiy monitoring olib borilsin.
Monitoring natijalariga ko‘ra har chorakda rahbariyatga taklif kiritish vazifalari yuklatilsin.
6.Ushbu buyruqning ijro nazorati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Kozibayev zimmasiga yuklatilsin.
Dostları ilə paylaş: |